49. Амир Темур даврида ўзбек давлатчилиги.
Temur hukmronlik qilgan davrlarda erga egalikning xususiy mulk, vaqf erlari, jamoa erlari kabi turlari mavjud bo'lgan. Xususiy er egalaridan "tarxon" unvonini olganlar, davlatga soliqlar to'lashda ba'zi imtiyozlarga ega bo'lganlar. Vaqf erlari - diniy boshqarmalarga qarashli bo'lib, soliq to'lashdan ozod qilingan. Garchi mulkdorlar markaziy hukumat boshlig'iga itoat ztsalarda, ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ular Samarqandga hirojning bir qismini yuborib turishi, oliy hukmdorning harbiy yurishlarida o'z qo'shini bilan qatnashib turishi yoki talab qilingan askarni yuborib turishi lozim edi.
Amir Temur davlatni qattiq qo'llik bilan boshqardi. Vassallarni doimo o'z hohish va irodasiga bo'ysundirib turdi. Bo'ysunmagan hokimlarni qattiq jazoladi. Jumladan, 1376 yili jaloyirlar qabilasi boshlig'i Amir Temurga itoat ztmaganligi sababli u o'ldirilgan, qolgan jaloyirlar boshqa joylarga ko'chirilib, tarqatib yuborilgan. 1388 yilda Temurdan norozi bo'lgan amirlar qatl etilgan. Sharofiddin Ali Yaediyning yozishga, Temur hukmiga itoat ztmagan o'z avlodlarini ham ayamagan. Jumladan, o'g'li Mironshoh, nevarasi Amirzoda Pirmuhammadlar xalq orasida qattiq jazolangan.
Amir Temur davrida dehqon va hunarmandlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolida ijobiy o'egarishlar bo'ldi. Dasht erlarni o'zlashtirganlar bir yil soliqdan ozod etilgan. Xiroj er solig'i - asosiy soliq bo'lib, yilda ikki marotaba yig'ib olingan. Dehqonlar g'allani yig'ib olmasdan oldin, soliq to'plash qat'iy man etilgan. Olingan hosilga qarab mahsulot yoki pul holida qat'iy belgilangan miqdor hajmida soliq to'plash talab etilgan.
Mo'g'ullar davridan to XV asrgacha saqlanib qolgan jon solig'i ham asosiy soliq sifatida mavjud edi. Urushlar davrida qo'shimcha soliqlar solingan.
Amir Temur davridagi soliq siyosatining ijobiy tomoni, shunda ediki, joriy etilgan qonunlarga qat'iy rioya etilgan, hukmdorlarning o'zboshimchaligiga yo'l qo'yilmagan. Bu tadbirlar dehqonlarning boyib ketishiga yo'l bermasada, har qalay ularni xonavayron bo'lishdan asrar edi.
Mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlarning hammasi davlat boshqaruv tartibi orqali amalga oshirilardi. Asosiy bosh boshqarma Devoni Bo’zurgdan tashqari, har bir viloyatda Devon deb ataluvchi boshqarma ham bor edi. Devon barcha davlat ishlari: soliq yig'ish, tartib saqlash, jamoat binolari - bozorlar, hammomlar, yo'llar, sug'orish tarmoqlariga qarab turish va aholini xulqiy-ahloqiy harakatlarini nazorat ostiga olish kabi ishlar bilan shug'ullanar edi. Har bir devonda kirim va chiqimlarni hisobga olish daftarlari bo'lgan.
XV asrda Movarounnahrda hunarmandchilik tez rivojlanib ketdi. Samarqand bilan bir qatorda Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markaziga aylanib bordi. Hunarmandchilik bilan shug'ullanadigan mahallalar soni ortib, yangi bozor, savdo rastalari qurildi. Temur va temuriylar davrida Xitoy, Hindiston, Rossiya, Sibir kabi erlar bilan savdo aloqalari kuchaydi. Savdo erlarini kengayishi va savdo-sotiqning kuchayishi tufayli savdo karvonlarining xavfsizligi ta'minlandi. Shu davrlardan boshlab chet davlatlar bilan diplomatik aloqalar yanada mustahkam bog'landi. Temurning o'zi mohir diplomat bo'lib, chet davlatlar bilan diplomatik aloqalarni kuchaytirishga chuqur e’tibor berdi. Bunda uning o'g'li Mironshoh ham katta rol o'ynadi. Frantsiya, Angliya, Vizantiya kabi davlatlar bilan elchilarni yuborish yoki xat orqali doimo aloqada bo'lib turdi. Shohruh va Ulug'bek hukmronlik davrlarda ham Xitoy, Hindiston kabi davlatlar bilan ham aloqalar olib borildi. Shular orqali keng savdo aloqalar rivojlandi.
Amir Temur davlatida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |