1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Хоразмшохлар давлати - Ануштагенлар сулоласи даврида



Download 1,79 Mb.
bet29/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124
Bog'liq
тарих янги

45. Хоразмшохлар давлати - Ануштагенлар сулоласи даврида.
1017 йилда Махмуд Газнавий томонидан забт этилиб, уз мустакиллигидан махрум булган Хоразм куп вакт утмай (1044) Салжукийлар давлатига карам булиб колади. Салжукийлар хукмдори Маликшох уз маъмурларидан Ануштакин вафотидан сунг Хоразмда унинг вориси Кутбиддин Мухаммад (1097-1127) ноиблик килади. Гарчи у "хоразмшох" унвонини тиклаб, бундай жарангдор ном билан улугланса – да, аммо Султон Санжарнинг садокатли ноиблигича колган эди./Хоразм мустакиллиги учун кураш XII асрнинг иккинчи чорагидан бошланади. У Кутбиддин Мухаммаднинг угли Отсиз (1127-1156) номи билан богликдир. Мохир дипломат, гайратли лашкарбоши Отсиз ва унинг ворислари Хоразмни салжукийлар тасарруфидан ажратиб олиб, бу давлатнинг мустакиллиги йулида Мовароуннахр ва Эронда содир булган хар кандай кулай сиёсий вазиятдан фойдаланадилар. Даставвал, отсиз туркман ва кипчокларни узига буйсундиради. Хоразм билан иктисодий жихатдан боглик булган Сирдарё этаклари ва Мангишлок ярим оролини эгаллайди. Кангли ва туркманлардан кучли ёлланма кушин ташкил этиб, бир неча бор Султон Санжарга карши исён кутаради. Шундай килиб, Отсиз каспий денгизи сохилларидан то Сирдарёнинг урта окимигача булган сохиллардан то Сирдарёнинг урта окимигача булган ерларни кейинчалик буюк давлат сифатида шухрат топган Хоразмшохлар давлатининг пойдеворини барпо этади. Отсизнинг сиёсатини унинг ворислари Эларслон (1156-1172) ва Алоуддин такаш (1172-1200) давом эттирадилар. Хоразм давлати Такаш даврида жуда кенгаяди. 1194 йилда Такаш Эронни Хоразмга каратади. Урта асрларнинг истеъдодли давлат арбобларидан хисобланган Такаш Олд ва Урта Осиёда Хоразмшохлар давлатидек йирик ва кудратли феодал хокимлигини барпо этади. Унинг замонида Хоразм давлатининг худудлари икки баробар кенгаяди. Мовароуннахрда хукмронлик килаётган корахитой гурхонларига карши юришга бахона излаб турган Хоразмшох Мухаммад Бухородаги вокеалардан хабар топгач, фурсатдан фойдаланиб, тезда кузголончилар устига аскар тортади ва Бухорони Хоразмшохларга каратади. Шундай килиб, Хоразмшохлар давлати жуда кенг майдонни эгаллаган буюк давлатга айланган эди. Унинг шимолий-гарбий ва гарбий чегараси Орол ва Каспий денгизи сохилларидан жануби-гарбда ирокка кадар борар эди, жануби-шаркий худудлари Газна вилоятидан, шимоли-шаркий чегараси эса Еттисув ва Дашти Кипчокдан утар эди.
Xorazmda anushteginlar sulolasining mustahkamlanishi, o’lkaning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishida Qutbiddin Muhammad garchi muhim rol o’ynagan bo’lsa-da, biroq uning butun hukmronlik davri saljuqiylar ta’siri doirasida o’tdi. Shuning uchun ham Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o’rni va mavqyei ko’proq uning o’g’li Otsiz (1127-1156) hamda anushteginiylarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156-1172), Takash (1172-1200) va Alavuddin Muhammad (1200-1220) davrlarida har jihatdan ko’zga tashlandi. So’nggi hukmdorlar Takash va Muhammad Xorazmshohlar davriga kelib, Xorazm davlati o’rta asrlar davridagi eng qudratli saltanatga aylanadi.
Saljuqiy sultoni Malikshoh (1072-1092) o’z tashtdori Anushteginni 1076 yilda Xorazm hokimi etib tayinlaydi. Saljuqiylar davlati dastlab IX asrning ikkinchi yarmi va X asr o’rtalarida Orolbo’yi va Kaspiybo’yi hududlarida yashagan o’g’uzlar ittifoqi negizida shakllangan edi. Uning dastlab poytaxti Sirdaryo etaklaridagi Yangikent edi. O’g’uzlar aslida 22-24 qabiladan iborat bo’lgan. Unga chovdir, chandir, sireli, ichdir yazir, salir, qoradoshli, bayot, koyi kabi qabilalar kirgan.
46.Ўрта Осиёнинг мўғуллар томонидан истило қилиниши ва унинг оқибатлари.
«O’tror voqeasi» va Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bug’roning o’ldirilishi Chingizxonning Movarounnahrga bostirib kirishi uchun bohona bo’ldi. Chingizxonning Xorazm ustiga yurish qilishining yana bir sababi Shayx Najmiddin Kubroning muruti shayx Majiddin Bog’dodiyning Xorazmshoxning onasi tomonidan qastdan o’ldirilishi bo’ldi4[4][1]. Bu hujum shunchaki tartibsiz bosqin bo’lmay, avvaldan rejalashtirilgan vaxshiyona hujum edi. Unga Chingizxon katta ahamiyat berib puxta tayyorgarlik ko’rgan edi. Urush boshlanishida Xorazmshox qo’shinlari Mo’ng’ullardikiga nisbatan ko’p sonli edi. Ammo armiyani bir joyda to’plashdan qo’rqqan Sulton Muhammad uni tarqoq holda jangga tayyorladi, jang boshlanganda esa mudofaa taktikasini qo’llaydi. Bu Muhammadning jangdagi eng katta xatosi edi. U xatto sarkarda Shohobudin Xivakiyning «dushmanni o’zini o’nglab olmasdan to’satdan zarba berish kerak» - degan fikrini ham inobatga olmadi. Oqibatda 615(1218 y) mung’ul jahongiri o’z o’g’illari Chig’atoy, O’qtoy va Jo’ji bilan birga 200 000 qo’shin bilan Xorazmshox ustiga yurish boshladi5[5][2]. Bu yurishda unga Uyg’ur xoni Edikut va Olmaliq hukumdori Sig’noq ham xamroh bo’ldi. Ular Farg’onadan o’tib O’tror ustiga yurish boshlaydi. Shu yerda Chingizxon armiyani to’rt qismga bo’ladi: 1. Chig’atoy va O’qtoy rahbarligidagi armiya O’trorni qamal qilib turish uchun qoldiriladi. 2. Jo’ji boshchiliq armiya Sirdaryo etagiga yuborilib Sig’noq, O’zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olish buyuriladi. 3. Besh ming kishilik armiyaga Oloqno’yon va Sintubuqa nomlarida sarkardalar Sirdaryoning o’ng sohili va Binkentni bosib olish uchun yuborildi. 4. Chingizxonning o’zi muntazam askarlari bilan O’rta Osiyoning markazi – Buxoroga qarshi harakat boshlaydi. O’tror chegara qal’a bo’lib, uning noibi Inalxon qo’lida 50000 otliq qo’shin bor edi. Qal’ani mudofa qilish uchun Qoracha Hojib qo’mondonligida yana 10000 kishilik qo’shin keladi. Juvoyning ma’lumotlariga qaraganda shahardagi musulmonlar Mo’ng’ullar xujumidan sarosimaga tushadi. Shahar 5 oy davomida mudofaada bo’ladi. Ammo kuchlar nisbatan teng bo’lmaganligi sababli shahar taslim bo’ladi, Inalxon asir tushadi, O’qtoy uning quloqlariga kumush eritilib qo’yib Samarqanddagi Ko’ksaroy maydonida o’ldiriladi. Chingizxon o’zining asosiy kuchlarini Buxoroga tashlaydi. Ular Sirdaryoning janubida joylashgan Zarinuq va Nur qal’asini jangsiz ishg’ol qiladi. Shu sababli mo’ng’ullar bu shaharga «Qutlug’ baliq» deb nom beradi.
1220 yil fevralida Chingizxon Buxoroga yetib keladi. Shaharda 20000 kishilik qo’shin bo’lib, unga Sevinchxon, Qo’shlixon va Ko’kxon boshchilik qilardi. Ikki o’rtada qonli jang bo’lib o’tdi. Buxoro ahli taslim bo’lishga majbur bo’ldi, Shahar yondirildi, 16 fevralda egallandi. Shahardan 30000 kishi mo’ng’ullar tomonidan o’ldirildi. Ilm va ma’rifat egalari, shayxlar qul qilib sotildi. Qozilar eshak va xachir boqishga majbur qilindi. Buxorodan keyin navbat Samarqandga keldi. Bu ulug’ shaharni mudofaa qilish uchun 110000 qo’shin bor edi. Ularning 60000 turk va 50000 tojik edi. Ular qo’l ostida 20ta fil ham bor edi6[6][3].
Bu vaqtda shahar noibi To’g’ayxon edi. Ammo jangchilar o’rtasida birdamlik yo’q edi. Samarqandni bosib olish uchun Chingizxon O’trordan olib kelingan asirlardan foydalandi. Jang 3 kun davom etdi. Natijada To’g’ayxonning barcha qo’shinlari qirib tashlandi. Mo’ng’ullar Samarqandni suv bilan ta’minlovchi «Qo’rg’oshinnova»ni buzib tashladi,

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish