1.Ўзбекистон тарихи фанининг предмети, назарий – методологик асослари, манбалари ва аҳамияти


Ўрта Осиёнинг хонликларга бўлиниб кетиш оқибатлари



Download 1,79 Mb.
bet40/124
Sana29.04.2022
Hajmi1,79 Mb.
#593426
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
Bog'liq
тарих янги

59.Ўрта Осиёнинг хонликларга бўлиниб кетиш оқибатлари .
Uchta xonlik boshqaruv tizimida fеodal munosabatlar asos qilib olingan edi. Xonliklar hududida yеr egaligining uchta turi – davlat yеrlari, xususiy yеrlar va vaqf yеrlari mavjud edi. Xonliklar aholisi asosan dеhqonchilik bilan shug`ullanar edi. Asosiy soliq turlari hiroj, zakot bo`lib, turli majburiyatlar ham mavjud edi. Xiva xonligida bеgar, qazuv, mushrifona va boshqalar bo`lsa, Buxoro amirligida urush paytida olinadigan favqulodda soliq - jul, suv haqi, nimsara va boshqalar, Qo`qon xonligida esa hashar, harbiy xizmat majburiyatlari bor edi.
Xonliklar boshqaruvida islom mafkurasi asosiy o`rinni egallab, diniy mutaassiblik mamlakat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko`rsatardi. Xonliklar ichidagi etnik guruhbozliklar fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kеchirishiga to`siq bo`lardi. Bundan tashqari turli urug` vakillari davlat boshqaruvida yuqori mavqеga ega bo`lish uchun boshqa urug` vakillariga qarshi zimdan va ochiqchasiga kurash olib borib, siyosiy bеqarorlikni kеltirib chiqarardi. Xiva xonligida XVIII asrda turli urug` vakillaridan bo`lgan xonlarning almashishi xalq uchun katta kulfatlar kеltirardi. XVIII asr oxirlariga kеlib, Xiva xonligida qo`ng`irotlarning mavqеi osha bordi va 1845 yilda ular xonlik taxtini egallab, to 1920 yilgacha hukmronlik qilishdi.
Qo`qon xonligida hukmronlik qilgan minglar sulolasi istilochilik urushlari va o`zaro sulolaviy kurashlari bilan xonlik aholisining ijtimoiy, iqtisodiy ahvolini yanada og`irlashtirdi. Xudoyorxon davrida talonchilik urushlari va solingan ko`plab soliqlar xalqning noroziligiga sabab bo`ldi. Minglar sulolasi Qo`qonda 1710 yildan 1876 yilgacha hukmronlik qilishdi.
XVII-XVIII asrning I yarmida bitta iqtisodiy hududdagi bir elat, bir xalqning uchta mustaqil xonlikka ajralib kеtishi, ular ichidagi sulolaviy va o`zaro urushlar xalqning og`ir ahvolini yanada og`irlashtirdi. Xivaliklarning turkman urug`lariga qarshi uyushtiradigan mavsumiy talonchilik yurishlari, Buxoro amirligining Kitob va Shahrisabz bеkliklariga qarshi olib borgan doimiy urushlari, Qo`qon xonligining Toshkеnt va Xo`jand uchun Buxoro amiriga qarshi kurashlari bitta xalqning parchalanishiga, o`zaro madaniy, savdo aloqalarining uzilib qolishiga sabab bo`ldi. Xonliklar hududidagi norozilik harakatlari shafqatsizlik bilan bostirildi, har qanday ilg`or fikr, yangilik diniy mutaassiblarning ta'qibiga uchrar edi. Bu paytda nafaqat boshqa hududlar bilan, balki Qo`qon, Xiva, Buxorodagi madaniy markazlarning ham o`zaro aloqalari yo`q edi. Bu esa o`z navbatida, O`rta Osiyo ilm-fanini turg`unlikka, hatto tanazzulga olib kеldi. Tabiiy fanlarga e'tibor umuman yo`qoldi. O`rta Osiyo xalqlari Yevropa fan-tеxnika taraqqiyotidan bеxabar bo`lib, orqada qolib kеtdi.
Rossiya bilan o`rnatilgan savdo aloqalari asosan bir guruh boylar qo`lida bo`lib, ular madaniy aloqalarga, fan-tеxnika taraqqiyotining kirib kеlishiga aytarli ta'sir ko`rsatmadi va o`lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat chor Rossiyasining o`z agrеssiv maqsadlari uchun sharoit yaratib bеrdi. Natijada Rossiya O`rta Osiyoni osonlik bilan bosib oldi.


60. Бухоро хонлиги (XVI-XVIII аср ўрталари).
XVIII asr boshida Buxoro xonligida Àshtarxoniylar hukumronligi tanazzuli tezlashgan sharoitda Farg’ona vodiysida Qo’qon xonligi tashkil topdi. Dastlab ming qabilasidan chiqqan Shohruhbiy 1710 yilda Chodak xo’jaliklari hokimiyati o’rniga Buxoro xonligidan mustaqil Farg’ona deb nomlangan mulkga asos soladi. Uning o’g’li Muhammad Rahimbiy (1721-1740) davrida Farg’ona mulki ancha kengayib, Àbdulkarimbiy (1740-1760) markaziy hokimiyatini mustahkamlash uchun feodallar o’zboshimchaligiga chek qo’yishga intildi. Norbutabiy (1769-1800) davrida Chust va Xo’jand beklari qarshiligi bostiriladi..
Buxoroning feodal guruhlari astraxanlik Jonibek Sultonni taxtga taklif etdilar. Jonibek Sulton o'g'illari foydasiga taxtdan voz kechdi va taxtga uning o'rtancha o'g'li shu tariqa 1599 yildan Boqi Muhammad o'tirdi. O'rta Osiyoda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylar Balxni Eroniylardan, Toshkentni qozoqlardan tortib oldilar. Ammo, ko'pgina urushlarga qaramay Xorazm o'z mustaqilligini saqlab qoldi.
Mahalliy amirlar va sultonlar o'z joylashgan shahar va hududlarida yirik er egalari bo'libgina qolmay, butunlay xo'jayin edilar. Ulardan ko'pchiligi o'z guruhlari kuchiga tayanib, markaziy hokimiyatga deyarli bo'ysunmas edilar.
1702 yilda Buxoro taxtiga Ubaydullaxon hukmronlik qilgan davrda Ashtarxoniylar davlatining tanazzuli eng uchiga chiqdi. Ham ichki, ham tashqi urushlar o’zluksiz davom etishi, feodallarning og'ir zulmi mamlakatning vayron bo'lib, qashshoqlashuviga olib keldi.
Hukmdorlar esa amirlar va sultonlarning bir-birlari ustiga yurishlaridan ko'p foydalanardilar. Abulfayzxon hukmronligi davrida (1711-1747 y.) markaziy hokimiyat o'z faoliyatini yo'qotib bordi. Hokimiyat asta-sekinlik bilan Muhammad Rahimbiy boshchiligidagi mang'it urug'lari qo'liga o'ta boshladi. Bu urug' vakillari bo'lgan Muhammad Rahim 1753 yilda amir unvoni bilan Buxoro taxtga o'tirdi va 1920 yilga qadar hukm surgan mang'itlar sulolasining asoschisi bo'ldi.
1747 yil iyun oylaridagi Buxoroda bo'lib o'tgan qizilboshlilarning hujumi qaytarilgach, Buxoro hukmdori bo'lib oldi, lekin Chingiz urug'idan bo'lmagani uchun o'zini xon deb atamaydi. U o'z hukmronligini qonunlashtirish maqsadida Abdulfayzxonning kichik o'g'li Abdulmo'minga o'z qizini beradi va uni taxtga o'tkazadi. Ammo bir yildan keyin Abdumo'minni qatl qildirib, o'rniga Ubaydulla Sultonni taxtga chiqaradi va sal vaqt o'tmay Muhammad Rahimbiy uni ham yo'q qiladi. Shunday qilib, Muhammad Rahimbiy Buxoroning yakka va mustaqil hukmdori bo'lib qoldi. Mana shu davrdan boshlab Buxoro xonligi amirlik deb atala boshlandi.
Buxoro amiri Muhammad Rahimbiy o'zining markazlashtirish siyosatini qattiq qo'llik bilan olib bordi. U to'rt yil mobaynida Miyonqal'a, Nurota, Boysun, Shahrisabz, Urgut mustaqil feodalariga qarshi bir necha bor urushlar qilib, ularni o'z hokimiyatiga bo'ysundirdi. 1753 yildan boshlab, 3 yil davom etgan yurishlar natijasida Muhammad Rahimbiy Panjikent, Qo'shtut, Jizzax va Zominni ham o'ziga bo'ysundirdi. 1757-1758 yillarda Rahimbiy Hisor, Denov, Dushanbe, Boysun va Termiega qarshi yangi urushlar uyushtirdi.



Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish