2. O’qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat.
Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning
turlari. SHaxsning muayyan faoliyatini muvaffakkiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning
shartlari xisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo’lib, uni muayyan
faoliyat turiga layokatli kiluvchi omil kishining o’z xususiyatidir. Ishdagi muvaffakkiyat ko’p jixatdan uning qobiliyati
bilan belgilanadi. Demak, qobiliyat -- shaxsning muayyan faoliyat turini yukori darajada bajarishga bo’lgan layokat
darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual xususiyatlar yigindisi xisoblanadi. Masalan,
qobiliyatli o’qituvchi bir xil ish sharoitlarida o’z hamkasblariga karaganda yaxshirok natijaga erishadi. Biz ko’pincha,
falon o’qituvchining xali tajribasi kam, lekin u shubxasiz, qobiliyatli o’qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu usha
o’qituvchining xali kam tajribasi bo’lishiga karamasdan o’qituvchilik ishini muvaffakkiyatli olib borishga yordam
beradigan bir kancha pedagogik qobiliyatlar (ko’zatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak
beradi. O’qituvchilik faoliyatida muvaffakkiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi -- pedagogik mahoratga ega bo’lishi
zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mexnat sarf kilib, katta natijaga erishadi, o’z ishining natijasi bilan yangiliklar
yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamroxi bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyik bo’ladi va
pedagogik mahoratga erishadi.
3. D.Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida.
K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula
shahrida tug’ildi. Ushinskiy bolalik va o’smirlik davrlarini Chernigov gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri
yaqinida bo’lgan ota-onasining katta bo’lmagan erida o’tqazadi.
22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi adliya liseyida ensiklopediya, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya
fanlari kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini talabalarga berishga, ularda ilm-fanlarni
qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga, ularda xalqqa muhabbat, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi
hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi
professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar,
K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g’ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |