,
«
hadis ilmi
»
nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-
axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al
-
Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” («Ishonarli
to’plam»), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-SHamoil
an-nabaviya” asarlari nashr etildi. “Hadis” yoki “Sunna” so’zlari bir ma’noni anglatib, Rasulullohning hayoti va
faoliyati hamda diniy va axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Muhammad alayhissalomning ibratli
ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-axloqiy xislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi
bilan bog’liq hadislarda mujassamlangan.
3. D. Ushinskiy pedagogika fani va tarbiyaning ahamiyati to’grisida
K.D.Ushinskiy 1824 yil 19 fevralda Tula shahrida tug'ildi. Ushinskiy bolalik va o'smirlik davrlarini Chernigov
gubernasiga qarashli Novgorod-Seversk shahri yaqinida bo'lgan ota-onasining katta bo'lmagan erida o'tqazadi.
22 yoshdan boshlab Ushinskiy Yaroslovldagi
adliya liseyida ensiklopediya
, qonun-shunoslik, davlat huquqi va moliya
fanlari kafedrasida professorlik vazifasida ishlay boshladi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchilik va professorlik faoliyati davrida hamma bilimini tаlаbаlarga berishga, ularda ilm-fanlarni
qunt bilan, jiddiy suratda o’qish havasini to’g’dirishga,
ularda xalqqa muhabbat
, unga xizmat qilish uchun tayyor turishi
hissasini tarbiyalashga intiladi. Ushinskiyning taraqqiyparvarlik faoliyatini ko’rolmagan reaksion kayfiyatdagi
professorlar, lisey rahbarlari, ichki ishlar vazirligining xodimlari uning ustidan hukumatga chaqiq xati yozdilar,
K.D.Ushinskiyning fikri mavjud tuzumga noto’g'ri, buzuq, xavfli kishi deb tuhmat toshi otilgan.
4. O’z-o’zini tarbiyalash va o’z ustida ishlash pedagogik mahoratning asosiy sharti sifatida
K.D Ushinskiy o’z-o’zini tarbiyalash orqali quyidagilarga erishilishini ta’kidlab o’tgan: 1)
xotirjamlik
; 2) so’zda
ishonch va tug’rilikka; 3) xatti-harakatga mulohaza bilan yondashish; 4) qat’iylik; 5) o’zi haqida sababsiz biror
og’iz
gapirmaslik
; 6) lozim narsalardangina foydalanish; 7) har kuni kechasi o’ziga o’zi hisobot berish. 8) biror
marotaba maqtanmaslik. O’z-o’zini tarbiyalash uo’z faoliyatini tahlil qilishdan va o’z shaxsini takomillashtirishdan
boshlanadi. O’qituvchi o’z
ustida ishlashi
, o’z-o’zini tarbiyalashda quyidagi usullardan foydalanadi:
O‘z–o‘zini
bilish
jarayoni o‘qituvchining pedagogik mahorati doirasida ma’lumotlarni qayd qilish darajasida kechadi, bunda
refleksiyaning passiv shakli ustuvorlik qiladi. O‘qituvchi pedagogik faoliyatida yuzaga kelayotgan turli qiyinchiliklar
va
muammolarning sabablarini
, erishilayotgan yutuqlar va natijalarni shunchaki qayd qilib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |