Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi.
Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi.
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi.
Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig xarid quvvati bildiradi.
Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ular quyidagilar hisoblanadi.
1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari;
3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Aholi nominal daromadlari- bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi kompensatsiya to’lovlari va h.k.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi:
Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar.
Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari.
9.Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni:
Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari.
Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari;
Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalarи.
10.Kishilar hayoti faoliyati uchun zarur ne‘matlar to’plamimehnat sharoiti, ta‘lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarini o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a‘zolarining aholida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Ya‘ni, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi iste‘mol hajmi va boshqalar daromad manbalari hisoblanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar: 11.Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlar miqlori.
12.Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
13.Ixtiyorida bo’lgan daromad - barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya‘ni shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumikn bo’lgan daromad.
14.Real daromad - narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid qo’vvatidir.
15.Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqoriy aniqlashni xarakterlaydi.
16.Ijtimoiy to’lovlar - kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
17.Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.