1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası



Download 119,99 Kb.
bet36/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Davolash. Shokda birinchi yordam ko‘rsatish va davolash unga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish quyidagi tartibda bajariladi:

–– nafas yo‘llarini tozalash va o‘tkazuvchanligini tiklash, intubatsiya va o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish;


–– tashqi qon oqishini to‘xtatish, jarohatga aseptik bog‘lam qo‘yish;


–– og‘riqsizlantirish;


–– immobilizatsiya qilish;


–– vena ichiga qon va qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuborish va gemoglobinning 100 g/l dan past bo‘lmasligini kuzatish;


–– bemorni shikastlangan joydan ehtiyotlik bilan olib chiqish va tezlik bilan shifoxonaga olib borish.

Shikastlanish shokida reanimatsiya tadbirlarining turi hayot uchun zarur organlar faoliyatining buzilishini tiklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shokni davolash markaziy asab sistemasi faoliyatini normallashtirish, og‘riqqa qarshi kurash, sirkulat­ siyadagi qon hajmini to‘ldirish, tomirlar tonusini ko‘tarish, gaz almashinuvi, buyrak, jigar faoliyatlarini va boshqa holatlarininormallashtirish kabi maqsadlarni nazarda tutgan holda amalga oshiriladi.


Shikastlanishning og‘ir belgilarini yo‘qotish va kamaytirish bilan birga bemorni ruhan tinchlantirish kerak. Bu maqsadda singan suyak sohasi novokain eritmasi bilan infiltrativ, g‘ilofli anesteziya, qovirg‘alararo blokada qilish kabi og‘riqsizlantiriladi yoki umumiy narkoz usullari qo‘llaniladi. Shu bilan birga reopoliglukin 500 ml sutkasiga 2 marta yuborish, analgetiklar 2 ml, 50% analgin 1–2 ml, baralgin 5 ml tomir ichiga yuboriladi, omnopon, pantopon 1 % – 1 ml va 1–2 ml l % li promedol teri ostiga yuboriladi. Og‘riqsizlantirish uchun azot oksidi bilan yengil narkoz berish ham yaxshi natija beradi. Kalla, ko‘krak shikastlarida vagosimpatik novokainli blokada, qorin va chanoq shikastlarida paranefral blokadalari qilingandan keyin ular 5–6 daqiqa o‘tgach ta’sir qiladi va og‘riqsizlantirish 5–6 soatgacha davom etadi.


Bemorga transport immobilizatsiyasi qilinadi.


Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklashni kuzatib borish zarur, chunki nafas o‘lishning buzilishi o‘tkir nafas yetishmovchiligiga olib keladi.


Tashqi va ichki qon oqishi tufayli vujudga kelgan shokda sirkulatsiyadagi qon hajmini (SQH) to‘ldirish zarur. Davom etayotgan qon oqish paytida qon hajmini to‘ldirish mumkin emas. Shuning uchun ham avval oqayotgan qon to‘xtatilib, so‘ngra uning o‘rnini to‘ldirmoq zarur. Buning uchun turli xil kolloid eritmalar vena orqali yuboriladi.


Sintetik kolloid eritmalar poliglukin, reopoliglukin, jelatinol quyiladi.


Tuzli eritmalar – ringer, laktosol, natriy xloridning izotonik eritmasi asesol, disol, trisol kabilar quyiladi.


Sirkulatsiyadagi qon hajmi tiklanganligini arterial va mar­ kaziy venalardagi bosimning ko‘tarilishi bilan aniqlanadi.


Shokning hamma bosqichlarida, qon tomirga albatta antigistamin preparatlar (dimedrol, suprastin, pipolfen) inyeksiya qilinadi.


Shok paytida har doim nafas buzilishi kuzatiladi. Ko‘krak, umurtqa pog‘onasi va orqa miya shikastlarida va elektr shi­ kastlarida nafas olishning buzilishi ko‘proq namoyon bo‘ladi. Bunday holatda kislorod ingolatsiyasi qilinishi kerak. Yengil shikastlarda kislorod burun orqali qo‘yilgan kateter bilan beriladi. Og‘ir shokda esa, bemor o‘pkasi apparat orqali uzoq muddat sun’iy ventilatsiya qilinadi va gipoksiya bartaraf qilinadi.

Modda almashinuvi buzilishining oldini olish va normal­ lashtirish uchun 4% li natriy gidrokarbonat (200–300 ml), natriy laktat (200 ml) vena ichiga, 10–15 ml 5% li askorbin kislota, 1–2 ml vitamin B1, B6, B12 eritmalari yuboriladi.


Gipokalsemiya rivojlangan taqdirda 10% kalsiy xlor, glukoza insulin bilan prednizolon 30–60 mg vena ichiga yuboriladi. Vena ichiga plazma, oqsil gidrolizati, albumin (10–20), 200 ml yuborish bilan organizmdagi oqsillar yetishmovchiligi (gipoprotenemiya) bartaraf qilinadi.


Tromboemboliyaning oldini olish uchun 5.000 birlikdan ge­ parin har 6 soatda inyeksiya qilib turiladi.


Kontrikal 40–60 birlikda yuboriladi.


O‘tkir buyrak yetishmovchiligida esa diuretiklar – peritoneal yoki ekstrokorporal dializ qilinadi.


Bemorlar zarur bo‘lsa zond orqali ovqatlantiriladi va umumiy gigiyenik choralar amalga oshiriladi.





Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish