Yurakni bilvosita (yopiq) massaj qilish. Bu usulda yurak to‘sh suyagi bilan umurtqa pog‘onasi o‘rtasida bosiladi, natijada qon yurakdan kichik va katta qon aylanish doiralari tomirlariga o‘tadi, yurak bo‘sh qo‘yilgandan keyin devorlari yozilib, bo‘shliqlariga qon qaytadan to‘planadi. Shu usulda sun’iy yo‘l bilan qon aylanishini vujudga keltirib, organizmning hayoti uchun muhim organlarning ishini tiklash mumkin bo‘ladi. Natijada yurak muskullari qon bilan ta’minlanadi va yurak muskullari mustaqil qisqarishi mumkin.
Harakat ketma-ketligi:
–– bemor qattiq, tekis yerga, chalqancha yotqiziladi;
–– to‘sh suyagining uchidan 2 barmoq yuqoriga (to‘sh suya gining pastki qismiga) bir qo‘l kafti, barmoqlar uchi bemor badaniga tegmaydigan qilib qo‘yiladi;
–– ikkinchi kaft birinchisining ustiga qo‘yiladi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak;
–– yordam ko‘rsatayotgan odam to‘shni turtkisimon bosib, uni umurtqa pog‘onasi yo‘nalishi bo‘yicha 3–5 sm ga siljitadi;
–– qo‘l zarb bilan ko‘krakka bosilgandan so‘ng ko‘krakdan ajratmasdan tez bo‘shashtiriladi;
–– turtkilar soni daqiqasiga 70–80, yosh bolalarda 100–120 marta bo‘lishi kerak;
–– yurak to‘g‘ri va o‘z vaqtida massaj qilinsa, to‘shni har gal bosishda uyqu va son arteriyalarida puls paydo bo‘ladi, bemorning ko‘z qorachig‘i torayadi va terisi qizaradi;
–– yurak 10–15 daqiqa davomida massaj qilinib, sun’iy nafas oldirib ko‘rilganidan keyin yurak faoliyati tiklanmasa (ko‘z qorachig‘i kengligicha qolsa, yorug‘likka reaksiya bermasa), biologik o‘lim sodir bo‘lganligini ko‘rsatadi va muolaja to‘xtatiladi.
ESLATMA: ko‘krakni qisish vaqtida bosimni ko‘paytirish uchun gavda og‘irligini qo‘lga solish kerak. 10–12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yurakning tashqi massajini faqat bir qo‘l bilan, chaqaloq bolalarda esa 2 ta barmoq uchi bilan o‘tkazish kerak.
Defibrillatsiya
Defibrillatsiya shifokor tomonidan hamshira yordamida amalga oshiriladi. Rejali defibrillatsiya narkoz ostida o‘tkaziladi, shoshilinch defibrillatsiya esa (bemor hushsiz holatda, hayotiy ko‘rsatmalarga asoslangan holda) narkozsiz o‘tkaziladi.
Ko‘rsatmalar: qorinchalar fibrillatsiyasi, qorinchalar paroksiz mal taxikardiyasi, mersal aritmiya.
Jihozlar:
–– defibrillator elektrodlari bilan;
–– elektr o‘tkazuvchi pasta yoki fiziologik eritma;
–– dokali salfetkalar.
Bemor tekis va qattiq joyga yotqiziladi. Apparatni ishlatishdan avval uni 220 yoki 127 volt elektr tarmog‘iga ulash, uning
avval uni 220 yoki 127 volt elektr tarmog‘iga ulash, uning
bemorga boruvchi elektrodlaridan tok o‘tishini tekshirib ko‘rish kerak.
Defibrillatsiya qilishning 2 usuli bor:
to‘g‘ridan to‘g‘ri yurakning o‘ziga.
Bu usullarni o‘tkazishda apparatning elektrodlari ko‘krak qafasiga mustahkam yopishib turishi kerak (10 kg og‘irlikda), aks holda qarshilik ko‘payib, tok kuchi kamayib ketadi. Ko‘krak qafasi orqali qilinadigan defibrillatsiyada elektrodlar quyidagicha joylashtiriladi: ikkala elektrodni ham ko‘krak qafasining oldingi sathiga, ya’ni birinchisi o‘ng tomonda II qovurg‘a oralig‘iga, ikkinchisi esa chap tomonda yurak uchi sohasiga qo‘yiladi.
Elektrodlarning impulsi yaxshi o‘tishi va bemor terisidagi qarshilikni kamaytirish maqsadida teriga maxsus pasta surtiladi yoki elektrolit (osh tuzining izotonik eritmasi yoki oddiy suv bilan) ho‘llangan doka bilan elektrodlar o‘raladi. Dastlabki muolaja kichik kuchlanishli tok bilan o‘tkaziladi va natija yaxshi bo‘lmasa, kuchlanishni 0,5–1 KV miqdorda oshirib, muolaja takrorlanadi. Katta odamda muolaja qilish uchun 5,000–5,500 V gacha tok
№ 4 Mavzu:Shok holatlarida reanimatsiya va intensive terapiya
Shok – kuchli endogen va ekzogen ta’sirlarga organizmning himoya va javob reaksiyasi hisoblanadi. Shok holatlarining umumiy klinikasi:
–– teri rangining oqish sianotik tusga kirishi va sovuq yopish qoq ter bilan qoplanishi;
–– hushning xiralashuvi; –– dispnoe;
–– oliguriya; –– taxikardiya;
–– arterial va puls bosimining pasayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |