1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası


Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari



Download 119,99 Kb.
bet19/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarining tuzilishi va undan foydalanish qoidalari. Sun’iy ventilatsiya apparatining tuzilishi:
Uzatmali moslama.

SO‘V apparatida ushbu moslama havo oqimini ishlab chi­ qaradi va uni o‘pkaga haydaydi. Uzatma elektromexanik (elektr kuchlanish) yoki pnevmatik (havo bosim ostida uzatiladigan)­ bo‘ladi.


Havo uzatish moslamasi.


Uzatmali moslama tomonidan ishlab chiqarilayotgan energiya porshen va maxsus mexanizm yordamida havo oqimiga aylanadi.


Havo oqimini boshqarish mexanizmi.


Ushbu moslamaning vazifasi uzatish moslamasida ishlab chiqarilgan havo bemorga faqat nafas olish vaqtida berilib nafas chiqarishda esa berilmaydi. Bu yerda elektromagnit klapanlar qo‘llaniladi.


Nafas konturi oqim regulatori va bemor orasidagi havoni haydaydi, quyidagi qismlardan iborat:


Nafas olish va chiqarish klapani: ma’lum yo‘nalishda nafas konturi bo‘ylab havo harakatlanishini havoni qaytadan yutishga yo‘l qo‘ymaydigan bir tomonlama klapan.


Havo namlovchi va nebulayzer: bemor tomonidan olinayotgan havoni namlaydi va turli dorivor vositalar (bronxlarni ken­ gaytiruvchi preparatlar, nafas yo‘llarini tozalaydigan preparatlar va boshqalar) ingalyatsiyasi uchun qo‘llanadi.


Shlang: bemorni apparat bilan bog‘laydigan nay bo‘lib, gofrirovkalangan nay deb ham ataladi.


Turli monitorlarning sensorlari: nafas konturida bosimni aniq­ laydigan, havo o‘tishi tezligini aniqlaydigan, kislorod konsent­ ratsiyasi, harorat va namlik darajasini aniqlaydigan sensorlar.
Y-simon birlashtiruvchi: shlangni endotraxeal naycha (tra­ xeostomik­ naycha)ga ulashda qo‘llaniladigan adaptor.


Foydalanish qoidalari

Sun’iy o‘pka ventilatsiyasi (SO‘V) apparatlarini ishlatishdan avval (bemorga ulashdan oldin) tekshirish:


Nafas konturi shlangi, Y-simon birlashtiruvchi va barcha turdagi monitorlar simlari butunligi (nosozliklar va yoriqlarning yo‘qligi) tekshirilgandan so‘ng buralib ketgan va bukilgan joylarni tuzatib, to‘g‘ri yig‘ish zarur.

Elektromexanik uzatmali moslama (elektr kuchlanish): elektr kabel uzilganligi, shteker, yerga ulangan simning nosozligi bor-yo‘qligi tekshirilib, moslamani maxsus (mustaqil manbalardan ta’minlanadigan) rozetkalarga ulanadi.


Pnevmatik uzatmali moslama (havo): butunligi (nosozlik va yoriqlar yo‘qligi) tekshirilgandan so‘ng birlashtiruvchi bilan shlang va shteker-adapter havoni markazlashgan ravishda uzatish sistemasining havo berish moslamasiga ulanadi, bunda birlashgan joyga havo chiqib ketishi tekshiriladi.


Gazli ballonlardan foydalangan vaqtda ballon ichida gaz miqdorini nazorat qilib turish zarur.


Isitgich, namlagich va unga tutashgan qismlar butunligi tekshiriladi, zarur miqdordagi steril suv quyiladi. Isitgich va namlagichda harorat sozlangandan so‘ng apparatning ishlashi quyida qayd qilingan bandlar bo‘yicha tekshiriladi, shuningdek, termostat ishlashi va namlik darajasi tekshiriladi.

Nafas konturidan havoning chiqib ketishi gofrirovkalangan naycha, isitgich va namlagich hamda Y-simon birlashtiruvchining birlashadigan joylarida kuzatiladi.


Uzoq o‘pka sun’iy ventilatsiyasi maxsus apparatlar yordamida intubatsion yoki traxeostomik naycha orqali o‘tkaziladi.

Reanimatsiya va intensiv terapiya hamshirasi quyidagilarni yaxshi bilishi zarur:

–– bo‘limda qo‘llaniladigan respiratorlar tuzilishini;


–– bemor va o‘pkaning sun’iy ventilatsiya apparatini ishga tayyorlash xususiyatlarini;


–– o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazish texnikasi;


–– o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini o‘tkazish vaqtida bemor ahvoli va apparat ishini, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini boshlashdan oldin respirator ishini, turli tartibda tekshirish zarur. Hamma shlang va ulagichlari steril va namlagichi distillangan suv bilan to‘ldirilgan bo‘lishi kerak. Doimo zaxiradagi ishchan o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasini apparati bo‘lishi kerak (asosiy o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati


to‘satdan ishdan chiqib qolish hollarida ulash uchun).


Bundan tashqari quyidagilar tayyorlab qo‘yilishi zarur:


–– traxeal va og‘iz kateterlari (bir martalik);


–– traxeyaga quyish uchun steril fiziologik eritma; –– 4% li natriy gidrokarbonat eritmasi;


–– 20 va 10 grammli bir martalik shprislar;


–– traxeostomik va intubatsion naychalarni parvarishlash uchun kerakli jihozlar (steril salfetkalar, sharchalar, pinset,


spirt 70% li, leykoplastr).


O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasida nafas tezligi bir daqiqada 18-20 marta. Berilayotgan aralashmadagi kislorod konsentratsiyasi quyidagilarga qarab nazorat qilinadi:


–– bemorning ahvoliga; –– sianozning darajasiga;


–– bemor arterial qonida kislorodning parsial bosimiga


(90 mm. sim. ust. past bo‘lmasligi kerak).


O‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparatidan bemorni ajratish juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Bemor mustaqil nafas olishga o‘tishida quyidagilar nazorat qilinadi:


–– puls;

–– nafas olish tezligi; –– arterial qon bosim;
–– qonning kislota-ishqor muhiti va kislorod balansi.



Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish