Aerozol bilan davolash. Buning uchun balg‘amni suyultiruv- chilar, ko‘pgina mahalliy ta’sir etuvchi preparatlar (natiriy gid- rokarbonat, fermentlar va boshqalar), bronxolitik, adrenalin, efedrin, izadrin, eufillin kabilar ishlatiladi. So‘nggi paytlarda ultratovush bilan davolash ham qo‘llanilmoqda.
Nafas yetishmovchiligining og‘ir holatlarida va nafas to‘x- taganida o‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish yaxshi natija beradi. O‘pkasi sun’iy ventilatsiya qilingan bemorlar har doim tibbiyot xodimlarining diqqat markazida turishi kerak. Bunday bemorlar faqat ko‘z bilangina emas, balki asbob yordamida ham kuzatib boriladi. O‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish infuziya va transfuziya bilan birga olib borilganda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bemorlarni kuzatish davomida nafas yo‘llarini balg‘am va shilliqlardan tez- tez tozalab turishni unutmaslik kerak.
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini ta’minlash
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligining buzilish sabablari:
–– koma holatida mushaklar bo‘shashganligi sababli nafas yo‘llarining til ildizi yoki hiqildoq qopqog‘i bilan bekilib qolishi;
–– nafas yo‘llariga qusuq massalari yoki qon laxtalari tiqilib qolishi;
–– laringospazm; –– bronxospazm;
–– bronxlar shilliq qavatining shishishi; –– yod jismlar tiqilib qolishi.
Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash.
Safar usuli (boshni orqaga egish, og‘izni ochish, pastki jag‘ni oldinga surish):
–– o‘ng qo‘l peshonaga qo‘yiladi;
–– chap qo‘l bilan pastki jag‘dan ushlab og‘izni ochiladi; –– pastki jag‘ni oldinga suriladi.
Nafas yo‘llaridan yod jismlarni olib tashlash
Nafas yo‘llarini suyuq moddalardan tozalash:
–– bir yoki ikki barmoqqa salfetka o‘rab og‘izga kiritiladi va tozalanadi;
–– noksimon balloncha yoki elektroso‘rg‘ich yordamida so‘rib
olish.
Buning uchun bemorni yonboshlatib yotqizish qulayroq, agar umurtqaning bo‘yin sohasi shikastiga gumon bo‘lsa, uni o‘girishda bosh, bo‘yin va ko‘krak qafasini bir tekislikda saqlash lozim (orqa miyani shikastlab qo‘ymaslik uchun).
Qattiq jismlardan tozalash:
–– ko‘rsatkich barmoqni ilgak ko‘rinishida bukib og‘izdan yod jism olinadi;
–– ikkinchi va uchinchi barmoqlarni pinset ko‘rinishida kiritib olinadi;
–– anesteziologik qisqich yoki Lyuerning darrachali qisqichi
yordamida olinadi.
Quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Agar jabrlangan hushida bo‘lsa:
–– jabrlangandan yo‘talishni so‘raladi;
–– reanimator jabrlangan boshini mumkin qadar pastga en gashtirib, orqasiga kuraklar orasiga 3–5 marta uradi;
–– jabrlangan orqasidan quchoqlab bir mushtumini kindikdan sal yuqoriroqqa ikkinchi qo‘lini birinchisi ustidan ushlab bir necha bor siqadi – Geimlih usuli.
Agar jabrlangan behush bo‘lsa:
–– bemor yonboshiga o‘giriladi, kuragi orasiga orqasidan kaft bilan 3–5 marta uriladi;
–– bemorni chalqancha yotqizib kindikdan sal yuqoriroqqa bir-birini ustiga qo‘yilgan kaftlar bilan bosiladi, bunda reanimator bemor yonida tizzalab turadi yoki bemorning ustiga minib oladi.Nafas yo‘liga havo o‘tkazgichni kiritish.
Ko‘rsatmalar: til bilan nafas yo‘li bekilib qolishining oldini olish.
Jihozlar:
–– havo o‘tkazgich; –– shpatel;
–– rezina qo‘lqop;
–– dezinfeksiyalovchi eritmali idish.
Do'stlaringiz bilan baham: |