1Mavzu: Reanimatsiya va intensiv terapiya haqida tushuncha. Terminal holatlar. Elementar ópka – yurak reanimatsiyası


Intensiv terapiya vaqtida kuzatish (monitoring)



Download 119,99 Kb.
bet13/53
Sana15.06.2022
Hajmi119,99 Kb.
#673969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53
Bog'liq
Xirurgiya lekciya

Intensiv terapiya vaqtida kuzatish (monitoring)

Bemorni kuzatish uchun mo‘ljallangan tibbiy uskuna organizm ahvoli to‘g‘risida uzluksiz ma’lumotnoma olish uchun kerak. Uskunalarning ko‘pchiligida, o‘lchash bilan bir qatorda, avvaldan belgilangan ma’lumotlar bilan ko‘rsatkichlarning


nomuvofiqligida tovushli signalni berish funksiyasi o‘rnatilgan. Shu sababli davolashning borishini kuzatish patologiyalarni erta bosqichda aniqlash mumkin.

Tibbiy uskunalardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:


Elektr xavfsizlik: elektroshoklarning oldini olish uchun yerga ulanishni ta’minlash zarur.


Texnik xavfsizlik: sensorning teri bilan davomli kontakti joyini kuzatish zarur. Shuningdek, to‘qima bosilishi tufayli shi­ kastlanishning oldini olish uchun mahkamlash joyini vaqti-vaqti bilan almashtirib turish lozim.


Elektr magnit nosozliklarning oldini olish: tibbiy moslama yoki maishiy moslama o‘rtasida elektr magnit to‘lqinlarning o‘zaro interferensiyasi sababli nosozliklar va shovqin yuzaga kelishi ehtimoli bor. Asbob-uskunalarni bir-biridan iloji boricha uzoqroq joylashtirish yoki filtr bilan jihozlangan uskunalardan foydalanish lozim.




Apparat va moslamalar yordamida kuzatish. Intensiv terapiyani o‘tayotgan bemorlar organizmini kuzatish monitorlar yordamida olib boriladi. Monitorlarda o‘lchanadigan hayot faoliyatining ko‘rsatkichlari: puls tezligi, arterial bosim, nafas olish tezligi va tana harorati. Bemor tanasiga yopishtirilgan sensorlar yordamida olinadigan ma’lumotlar monitorlarda raqam­ lar va to‘lqinlar ko‘rinishida ifodalanadi.
Nazorat savollari



  • Intensiv terapiya deganda nimani tushunasiz?

  • Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi qanday tuzilishga ega?

  • Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi nimalar bilan jihozlanadi?

  • Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida davolanish uchun ko‘rsatmalarni ayting.




  • Intensiv terapiya o‘tayotgan bemorlarda hamshira parvarishi vazi­ falari nimalardan iborat ?




  • Terminal holat deganda nimani tushunasiz?

  • Terminal holatning qanday bosqichlari farqlanadi?

  • Klinik o‘limning qanday belgilari bor?

  • Elementar o‘pka-yurak reanimatsiyasi qanday o‘tkaziladi?

2 Mavzu: Ótkir nafas etishmovchiligida reanimatsiya va intensiv terapiya.
Organizmdagi a’zolarning hayot faoliyati uchun kislorod juda zarur, buning uchun tashqi muhitdagi havo tarkibidagi kislorod tashqi nafas yo‘llari orqali kirib, o‘pka alveolalarini to‘ldiradi va alveola devori orqali o‘pkadagi kapillar qon tomiriga o‘tib, to‘- qimalarga tarqaladi. O‘pka alveolalari orqali karbonat angidrid gazining kislorod bilan almashinishiga tashqi nafas olish deyiladi. Shunga ko‘ra organizm O2 bilan ta’minlanib, tashqi muhit bilan alveola o‘rtasida doimiy bog‘liqlik bo‘ladi.
O‘tkir nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha. Tashqi nafas olish bilan organizmning oksigenga nisbatan ehtiyojini qondira olmagan holati, keng ma’noda aytganda, o‘pkalarning nafasga aloqador bo‘lmagan va nafasga aloqador funksiyalari buzilishi natijasida ve- noz qonning arterial qonga aylantirish qobiliyatining izdan chiqishi o‘tkir nafas yetishmovchiligi (O‘NY) deb tushuniladi. Natijada or- ganizmda chuqur va og‘ir gaz almashinuvi buzilishi kuzatiladi.
O‘NY kelib chiqish sabablaridan qat’i nazar, organizmdagi qon va to‘qimalardagi kislorod miqdorining kamayishi gipoksiya holatiga olib keladi. O‘NY quyidagi sabablarga ko‘ra rivojlanadi:

  • nafas a’zolarining shikastlanishi, jumladan, ko‘krak qafa- sining, traxeyaning jarohatlanishi, infeksiya, intoksikatsiyalar va boshqalar natijasida;

  • kalla va bosh miyaning shikastlari, dori-darmonlar ta’siri, gipoksiya, operatsiya tufayli nafas markazi ishining pasayishi va boshqalar natijasida;

  • bemor nafas yo‘llarining bekilib qolishi yoki obturatsiya tufayli;

  • gemoglobin miqdorining kamayishi, anemiya, is gazidan zaharlanish;

  • umumiy aylanib yuruvchi qon miqdorining kamayishi yoki venalarda qon dimlanishi natijasida kislorod miqdorining kamayishi.


Download 119,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish