1bob. XVII-XVIII asr koreys adabiyotiy


Ayting, do'stlar, bu dunyoda qanday yashayin



Download 15,76 Kb.
bet4/4
Sana06.07.2022
Hajmi15,76 Kb.
#744018
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi

Ayting, do'stlar, bu dunyoda qanday yashayin,
Axir hammayoqda qonho'rlar bosib yotibdi-ku?
Yirik bitlar - kattaligi arpa donidek,
Mayday bitlar - kattaligi tariq donidek,
Jajji bitlar — ularni ko'z ham ko'rmaydi,
Yangi qonga to'ygan burgalar,
Va qonsiz ozib qolgan burgalar,
Komungoga o'xshash taxtakanalar,
Chivinlar va so'nalar, kanalar va arilar,
Son-sanoqsiz suvaraklar – qora, sariq, qizg'ish,
Har xil qo'ng'izlar, qo'ng'izchalar, zuluklar,
Va uzunoyoq iskabtoparlar,
Kaltaoyoq mayday chivinlar va moskitlar va moskitlar galalari,
Ayrimlari - qonga to'ygan, ayrimlari - och!
Ular bir lahza tin olmaydi,
Kechasiyu kunduzi qiynaydi va qiynaydi!
Biri chaqadi, biri nish sanchadi, biri qon so'radi
Va har biri inson qoniga tashna!
Su bilan bir vaqtda she'riyatda inson tiplarining rang barangligini tavsiflashga intilish ham paydo bo'ladi:
Ayollar naqadar bir-biriga o'xshamaydi!
Biri lochinni eslatadi,
Boshqa biri- tomda qaldirg'och kabi o'tiradi, Biri-gullar va giyohlar orasidagi turna,
Boshqa biri- lojuvard to'lqinda suzayotgan o'rdak, Biri-osmonda charx urayotgan burgut,
Boshqa biri - chirigan to’nka ustida o'tirgan boyo'g'li kabi.
Har birining o'z sevikli yori bor,
Ularning har biri kim uchundir go'zal.
Shu vaqtgacha koreys she'riyatida ayol go'zalligi asosan xitoy adabiyotidan o'zlashtirilgan "nefrit qiyofa", "oppoq yuz", "podsholiklarni maxv etuvchi go'zallik" kabi she'riy obzarlar yordamida tasvirlanar edi. Individual go'zallik to'g'risidagi masala umuman ko'tarilmagan edi. Keltirilgan she'rda esa deyarli har bir ayol uchun o'z-o'zicha shartli bo'lgan an'anaviy adabiy o'xshatish topilgan. Ammo ularni solishtirish ayollar chindan ham bir-biriga XVII asrda asta-sekin kuchayib borgan xalq noroziligi va qahr g'azabi XVIII asrning boshlari va birinchi yarmida qurolli qo'zg'olonlarga aylandi. Ayniqsa 1741 yilda bo'lib o'tgan qurolli qo'zg'oloni keng ko'lam kasb etdi. Unda mamlakat turli provinsiyalarining dehqonlari va qashshoq shahar aholisi ishtirok etdi. Shu tariqa feodal tizim inqirozi yetildi. Koreyada hukmron sinflarning jabr-zulmiga qarama-qarshi o'laroq, XVII asrda yangi g'oyaviy ma'rifatchilik harakari vujudga keldi va XVIII asrda u yanada rivojlandi. Xalq ommasining noroziligini aks ettirgan bu harakat asosan feodal tizim va mafkura inqirozining mahsuli-dvoryanlar muxolifati bilan bog'liq edi. Yerlarning ekspropriatsiya qilinishi dehqonlarning yanada qashshoqlashuvigagina emas, balki mayda va o'rta dvoryanlikning kasodga uchrashiga ham olib keldi. Mazkur tabaqalarning vakillari o'rtasida norozilik kayfiyati kuchaydi va yangicha dunyoqarash ma'rifatchilik vujudga kelishiga sabab bo'ldi. XVII-XVIII asrlarda Koreyada yangi mafkura fan asoschilari, hamda taniqli va namoyondalari yanbanlarning yangi ilg'or vakillari edi. Dvoryanlar sinfiga mansubligiga qaramay, ular keng xalq ommasining, eng avvalo --dehqonlarning manfaatlarini ifoda etardilar. Koreya mafkurasi va fanidagi yangi yo'nalish "Sirxak" ("real fanlar uchun harakat") degan nom oldi.
Real fanlar uchun harakat dogmaga aylantirilgan konfutsiychilikni ham, tarkidunyochilikka asoslangan daosizmni ham rad etishni nazarda tutardi. "Rael fanlar maktabi" vakillari faoliyatsizlik va mushohadakorlikka qizg'in aqliy va amaliy faoliyatni qarshi qo'ydilar. Ular fan va mafkuraning turli sohalari – iqtisodiyot, siyosat, harbiy ish, texnika, adabiyotshunoslik, san'at va estetikada o'chmas iz qoldirdilar. Koreyada ma'rifatchilik harakati muayyan milliy-tarixiy zaminda, mamlakatda yuz bergan ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar hamda o'tgan asrlar ilg'or tafakkuri erishgan yutuqlar negizidagina emas, balki chet el-Xitoy va G'arbiy Yevropaning ilmiy-texnikaviy yutuqlari ta'sirida ham vujudga keldi. San'at, shu jumladan tasviriy san'at rivojlandi, atoqli rassomlarning asarlarida realistik tendensiyalar tinimsiz kuchayib bordi. Realizm unsurlari sichjo va kasa shakllarida yozilgan she'riy asarlarida namoyon bo'la boshladi. Realistik unsurlarning faol rivojlanishi nasriy asarlarda ham (ayniqsa sosol' janrida va real fanlar maktabi tarafdorlarining asarlarida) kuzatiladi. Koreys klassik qissasining vujudga kelishi xalq ommasi kuchlarining o'sishi, quyi ijtimoiy tabaqalarning ozodlik kurashi bilan bog'liq. U xalq va imtiyozli tabaqasi davrining ma'rifatchilik g'oyalariga yaqin bo'lgan ilg'or vakillari ijodining mahsulidir. Koreyada adabiyot rivojlanishining o'ziga xos sharoitlari tufayli xalq ijodi har doim madaniy hayotda ulkan rol o'ynagan. Feodal Koreya voqeligi tasvirlangan ayrim maishiy ertaklar diqqatga sazovor. Bu eng avvalo ijtimoiy antogonizmni aks ettiruvchi ertaklarga taalluqli. Bunga koreyslar orasida mashhur bo'lgan "Xin Bu va Nol Bu" ertagi misol bo'ladi. XVIII asrda uning negizida klassik qissa yaratildi. Koreys fol'klorida ijobiy qahramonlar-kamsitilgan va xo'rlangan oddiy odamlarning butun bir galereyasi yaratilgan. Aynan ular koreys xalqining yuksak ma'naviy fazilatlari va eng yaxshi xossalari timsoli hisoblanadi. Ularning orasida koreys xalqining ayolga bo'lgan chuqur ehtiromidan dalolat beruvchi ayollar obrazlari ham anchagina. Chunonchi, umumxalq muhabbabitini qozongan Chxun Xyan va Sim Chxon keyinchalik adabiyotdan klassik qissalarning qahramonlari sifatida o'rin olgan.

Koreya va Xitoy madaniyati qadimdan uzviy rishtalar bilan bog'langan. Koreyaning o'z yaqin qo'shnisi-o'sha davrda nisbatan ilg'orroq mamlakat hisoblangan Xitoy bilan aloqalari Koreyada ma'rifatchilik harakatining rivojlanishida, hech shubhasiz, ulkan rol o'ynadi. Ko'pchilik koreyslar Xitoyga kelib, bu yerda mazkur mamlakat fani, qashshoq xo'jalik texnikasi va hunarmandchilik yutuqlari bilan tanishganlar. Koreys ma'rifatchilari G'arbdangina emas, balki Xitoydan ham o'rganish lozimligini ta'kidlaganlar. Koreys "klassitsizmu" (xitoy adabiyotining yuksak andozalariga amal qilish koreys adabiyotshunosligida shunday deb ataladi) Qadimgi va o'rta asr Xitoy mumtoz san'atiga tayangan. Koreyada klassitsizm tamoyillariga konfutsiychi aristokrat yozuvchilargina emas, balki ilg'or adiblar ham amal qilganlar. Koreys adabiyotida klassitsizm dogmaga aylanib brogan, bu san'atda milliy va zamonaviy unsurlardan voz kechilishiga olib kelgan, konfiysiychi yozuvchilar o'z asarlarini asosan Xitoyning olis o'tmishiga bag'ishlaganlar. Ayni shu sababli XVIII asr ilg'or koreys yozuvchilari klassitsizmga qarshi kurash olib borganlar. Koreys adabiyotiga Xitoy ta'sirining boshlanishi Silla davriga to'g'ri keladi. Ammo keyingi asrlarda ham koreys shoirlari va yozuvchilari tan ustalari she'riyatini yuksak barkamollik andozasi deb hisoblaganlar.


Xitoy adabiyotida badiiy nasr janri koreys adabiyotidagidan oldinroq paydo bo'lgan. Chunonchi, XIV-XVI asrlardayoq Xitoyda mashhur tarixiy romanlar-Lo Guan-chjunning "Uch podsholigi" va Shi Nay-Anning "Daryo qo'ltiqlari" yaratilgan. Xitoy badiiy nasrining bu va boshqa asarlari XVII-XVIII asrlarda Koreyada yaxshi ma'lum bo'lgan. Shunday qilib, koreys demokratik nasrining tarixiy madaniy asoschilarini o'rganishda va unga xitoy adabiyotning ta'sirini ham hisobga olish lozim. Koreys klassik qissalariga o'ziga xos mavzular va shu bilan bir vaqtda xitoy klassik adabiyotidan olingan obraz va motivlar mavjudligi, til ba uslubdagi xitoizmlar xosdir. Bu mashhur koreys fol'kloriga adabiy ishlov berish bilan xitoy mumtoz adabiyotini yaxshi biladigan dvoryanlar tabaqasi vakillari shug'ullanganliklari bilan izohlanadi. Ammo milliy zamin xalqdan uzoqlashgan koreys va konfutsiychi yozuvchilarining adabiy oliftagarchiligi va koreys konfutsiychi yozuvchilarining adabiy oliftagarchiligi va koreys nasridagi xitoizmlar turli hodisalardir. Koreys adabiyotidan o'rin olgan xitoycha motivlar, obrazlar va poetik iboralarni koreys xalqi asta-sekin o'z adabiy tafakkuri bilan bog'liq bo'lgan qadrdon unsurlar sifatida idrok eta boshlagan. Shunday qilib, bu taqlid emas,
Download 15,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish