1.“Avesto” kitobi – Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba. “Avesto”


Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligi



Download 0,7 Mb.
bet70/267
Sana21.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#687549
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   267
Bog'liq
4587 - копия

81.Mang’itlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligi.

Mang‘itlar sulolasi hukmronligi davrida (1756 – 1920 yillar) tumanda hayot avvalgidek bir maromda davom etdi. Bu davrdagi tarixiy hodisalar mahalliy tarixchi olimlar Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Bo‘stoniy, Mirza Salimbek, Sadr Ziyo, Sadriddin Ayniy, Fitrat va boshqalarning asarlarida muayyan darajada tasvirlangan. Bu o‘rinda biz ushbu tarixchilardan ba’zilarining hayoti va faoliyati hamda ularning asarlarida Komi Abu Muslim tumani haqidagi fikrlarga qisqacha to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ahmad Donish (1827 Buxoro – 1897) Buxorodagi ma’rifatparvarlik harakatining yirik namoyandasi, mashhur tarixchi olim, davlat arbobi, munajjim va musavvir hisoblanadi. U Buxoro shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Nosir Maxdum Shofirkon tumanining Sug‘ut (Sug‘d) qishlog‘idan bo‘lib, Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan.Ahmad Donish Buxoroda madrasa tahsilini olgach, mang‘it amirlaridan Nasrullohxon (1806 – 1860), Muzaffarxon (1819 – 1885), Abdulahadxon (1859 – 1910) davrlarida saroyda turli lavozimlarda ishlagan. Rossiyaga yuborilgan elchilar tarkibida 3 marta (1857 – 1858, 1869, 1873 – 1874 yillarda) Sankt-Peterburg va Moskvada bo‘lgan. Rossiya safari Ahmad Donishning ilmiy faoliyatida muhim o‘rin tutib, uning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarini tubdan o‘zgartirib yuborgan. U Donish taxallusidan tashqari Muhandis, Mir Ahmad, Mirzo Ahmad O‘roq taxalluslari bilan ham ijod qilgan. Xalq o‘rtasida Ahmad Kalla nomi bilan ko‘proq mashhur bo‘lgan.Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoye’” (“Nodir voqealar”), “Risolai muxtasari az tarixi xonadoni mang‘itiya” (“Mang‘itlar xonadoni saltanati tarixi haqida qisqacha risola”; bu asar “Tarixiy risola” nomi bilan ham mashhur) kabi asarlarida Buxoroda hukmronlik qilgan mang‘itlar sulolasi tarixining qariyb 150 yillik davrini tasvirlaydi. Xususan, “Mang‘itlar xonadoni saltanati tarixi…” risolasida Buxoroda 1756 – 1910 yillarda hukmronlik qilgan mang‘it amirlari Muhammad Rahimxon, Amir


Muhammad Doniyolbiy, Amir Shohmurod, Amir Haydar, Amir Husayn, Amir Umarxon, Amir Nasrullohxon, Amir Muzaffarxon, Amir Abdulahadxon faoliyati va shaxsiyati to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni keltiradi.Amir Haydarning o‘g‘li Amir Nasrullohxon o‘z hukmronligi davrida (1827 – 1860 yillar) islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilgan. Nasrullohxon jasur va dovyurak kishi bo‘lganligi bois unga bahodurxon va boturxon unvonlari berilgan. Amir Nasrulloh Buxoro taxtiga o‘tirgan 1827 yili dunyoga kelgan mashhur tarixchi va davlat arbobi Ahmad Donishning keyinchalik ushbu asarida yozishicha, “Amir Nasrulloh vazmin va qo‘rqmas, qattiqqo‘l va zukko hukmdor edi. U o‘z hukmronligi davrida el va ulusda fitna chiqarishda nom qozongan, markaziy hokimiyatga qarshi urug‘ va qabilalarning turli isyonlarida qatnashgan yoki ilgarigi amirlarga nisbatan ko‘rnamaklik qilganlarning barchasini jazoladi va yo‘q qildi. O‘z tarafdorlariga esa ko‘p yaxshiliklar qildi va mehribonlik ko‘rsatdi… Uning mulklari kengaygan. Qo‘qondan Kesh (Shahrisabz)gacha bo‘lgan butun mamlakatlar unga bo‘ysungan”.O‘z davrida ayrim mang‘it amirlarining kaltabin siyosatini keskin tanqid qilgan, mang‘itlar sulolasi to‘g‘risidagi tarixiy risolasida Amir Doniyol (Muhammad Doniyolbiy otaliq)dan boshlab to Amir Abdulahadgacha bo‘lgan sakkizta mang‘it amirlari to‘g‘risida batafsil so‘z yuritgan, rost so‘z va haqiqatni har qanday sharoitda har qanday shaxsga nisbatan ayta olgan, adolatparvarlik g‘oyalari va xolislik tamoyiliga o‘z tarixiy asarlarida ham qat’iy rioya qilgan Ahmad Donishning Amir Nasrulloh haqidagi ushbu fikrlari va mulohazalari bizni chuqur o‘yga toldiradi va tafakkur ummoniga g‘arq qiladi. Zeroki, Ahmad Donishning bu so‘zlari ko‘pchilik tomonidan “qonxo‘r va shafqatsiz” deb baholangan va hanuz baholanayotgan, unga yopishtirilgan turli epitetlar va sifatlashlar hamda tavqi la’natdan hamon qutulolmayotgan Amir Nasrulloh shaxsiyatini o‘rganish va tushunishda o‘ziga xos ochqich vazifasini o‘taydi. Ahmad Donishning mulohazalari Amir Nasrullohdek ziddiyatli va fojiali shaxs xarakterini tushunish va anglashni ancha osonlashtiradi.Bu davrda yashab o‘tgan boshqa bir buxorolik mashhur tarixchi olim va davlat arbobi, shoir va diplomat Mirza Salimbek (1850-1930) asarlarida ham Vang‘ozi tumani va Qiziltepa haqida muhim ma’lumotlar mavjud.Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim Buxoro shahrida zodagon oilasida tug‘ilgan. Yaxshi ma’lumot olgach, u dastlab Ziyovuddin viloyati (bekligi) hokimi huzurida kotib (mirza) lavozimida ishlagan. U fors va arab tillaridan tashqari rus tilini ham yaxshi bilgan. Buxoro amirligida Rossiya imperiyasining protektorati o‘rnatilgach, Mirza Salimbek Toshkentda amirlikning savdo vakili sifatida 12 yil yashagan va amirning maxfiy buyruqlarini bajargan (1873-1885). Buxoroga qaytgach, Xutfor va Samjon tumanlarida amlokdor lavozimida ishlagan va miroxur darajasi (rutbasi, chini)ni olgan.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish