9. “Temur Tuzuklari” va uning ahamiyati.
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag`ishlangan maxsus asar yaratilib, u "Temur tuzuklari" nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi (yo nahshi) va vazifalari, vazir va qo`shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Tuzuklarda mamlakatni idora etish tartibi, davlat arboblari va qo`shin boshliqlarining burchi va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toju taxt oldida ko rsatgan alohida xizmatlarim taqdirlash tartibi va boshqalar xususida bayon etiladi. Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltira oladigan har qanaqa bilimni, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan har bir masalani hal etishda Amir Temur shu sohaning bilimdonlari va ulamolar bilan maslahatlashardi. Amir Temurning "... davlat ishlarining to`qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", "Kuch - adolatdadur" degan so`zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi. Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o`ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.
10.“Turkiston muxtoriyati”ning tashkil etilishi va unga sovet hokimiyatining munosabati.
1917 yil oktabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo‘qonda yuz bergan voqealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Qo‘qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo‘lib ishtirok etdilar. Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilash xususidagi irodasini namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”.28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo‘ldi. Butunrossiya Ta’sis syezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to‘la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo‘lida bo‘lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo‘ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo‘ldilar:Muhammadjon Tinishboyev – Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo‘l muhandisi.Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) – Bosh vazir o‘rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.Mustafo Cho‘qay – tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o‘lka Musulmonlar SHo‘rosining raisi, huquqshunos.Ubaydulla Xo‘jayev (Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev) – harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo‘mitasining a’zosi, huquqshunos.Hidoyatbek Yurg‘uli (Yurali) Agayev – yer va suv boyliklari vaziri, agronom.Obidjon Mahmudov – oziq-ovqat vaziri, Qo‘qon shahri dumasining rais o‘rinbosari, jamoat arbobiAbdurahmon O‘rozayev – ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, huquqshunos.Solomon Abramovich Gersfeld – moliya vaziri, huquqshunos.Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo‘lgan qolgan 4 o‘rin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko‘rsatilishi uchun ularga ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |