1.“Avesto” kitobi – Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba. “Avesto”


Amir Temur davlatining ma’muriy va harbiy tuzilishi



Download 0,7 Mb.
bet15/267
Sana21.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#687549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   267
Bog'liq
4587 - копия

19.Amir Temur davlatining ma’muriy va harbiy tuzilishi.


Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo`g`uliston xonlari Chig`atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermas di. Ikkinchi tomondan, Oltin O`rda va Oq O`rdaga bo`linib ketgan Jo`ji ulusi xonlari ham shimol va Xorazm tomondan xavf solib turardi. Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O'rda va Oltin O`rda edi. Endilikda Amir Temur Oltin O`rdaga zarba berib, uni kuchsizlantirishga jiddiy harakat qiladi. Lekin u Jo`ji ulusini o'z davlatiga qo`shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O'rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o`z ta'siri ostiga ilish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o`tadigan karvon yo`ini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko`zlaydi. Amir Temur o`z maqsadini amalga oshirish uchun Jo`ji ulusidagi o'zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O`rdada oj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba'zi hingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To`xtamish Oq O`rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur inga izzat-hurmat ko`rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O`rda taxtini egalladi. Amir Temur va To`xtamish. Keyinchalik To`xtamish xoinlik yo`liga kiradi. U Amir Temurga qarshi ochiqdan ochiq kurashga o`tadi. Natijada Amir Temur To`xtamishga qarshi uch marta qo`shin tortishga majbur bo`ladi. So`nggi shiddatli jang 1395-yilning 15-aprelida Shimoliy Kavkazda farak (Terek) daryosi bo`yida sodir bo`ldi. Shiddatli muhoraba uch :un davom etdi. Bu safar Amir Temur qo`shini dushmanga qarshi )tdan tushib, uni kamondan o`qqa tutish usulini qo`lladi. o`q va qilich :arbiga chiday olmagan To`xtamish qo`shinining safi buzilib, orqaga ;hekindi va tarqalib ketdi. To`xtamishxon sanoqligina askari bilan qochib ;hangalzorga kirdi va ta'qib etib kelayotgan g`oliblardan bekindi. Rossiya tarixchilari B. D. Grekov va A. Yu. Yakubovskiylarning ta'kidlashicha, Amir Temurning To`xtamish ustidan qozongan g`alabasi faqat O`rta Osiyo uchun emas, balki butun Sharqiy Yevropa, shuningdek, Rus knyazliklarining birlashishlari uchun ham buyuk ahamiyat kasb etgan edi. Eron, Iroq, Shom, Hindistonga yurish. Amir Temur o`z saltanatining janubiy chegaralarini mustahkamlash va kengaytirish maqsadida Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya) ustiga uch marta askar tortadi. Bu yurishlar tarixda uch yillik, besh yillik va yetti yillik urushlar deb nom olgan. Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors), Janubiy Ozarbayjon, Iroqning Shimoliy qismi, Gurjiston va Armanistondagi (Van ko`li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir Temur o`z ixtiyori bilan taslim bo`lib, moli omon to`lagan shaharlarga tegmagan, qo`shinlami bunday shaharlarga kiritmagan. Erondagi Muzaffariylar, Jaloyiriylar sulolasi vakillarining ayirmachilik harakatlari, Mozandaron, Janubiy Eronda ko`tarilgan qo`zg`olonlar Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh yillik (1392-1396) urush davomida G`arbiy Eron, Iroqi Ajam va Kavkaz egallanadi. 1399-1404-yillarda Hindistonga bir necha yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush nomi bilan kirgan. Keng ko`lamli harbiy yurishlar natijasida sohibqiron Amir Temur saltanatining chegarasi Usmonli turklar davlati chegarasiga borib taqaldi. Amir Temur Usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim bilan munosabatni yaxshilash tarafdori bo`lgan. Ziddiyatlarni diplomatik yo`l bilan hal qilish maqsadida ikki tomon o`rtasida 4 marta xat almashish tashabbuskori bo`lgan. Sulton Boyazid esa har safar qaysarlik, manmanlik qilgani, hatto Amir Temur nomiga nomaqbul so`zlarni ham yozganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Boyazid qoraqo`yunlilar, muzaffariylar, jaloyiriylarning Amir Temurga qarshi harakatlarini qo`llab- quvvatlagan. Shu omillar tufayli bu ikki davlat o`rtasida to`qnashuv bo`lishi muqarrar bo`lib qoldi. Anqara jangi. Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo`shinlari o`rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida sodir bo`ladi. Bu jang tarixda "Anqarajangi" deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo`lib 360 ming nafar, shu jumladan Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonlilar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo`shinning markaziy qismiga Amir Temurning o`zi qo`mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari turk qo`shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o`g`li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va o`rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salibchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o`z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to`lanadigan bo`ldi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish