1.“Avesto” kitobi – Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba. “Avesto”


yildan yurtimizda yillarni ma’lum bir nom bilan nomlashning mazmuni va mohiyati



Download 0,7 Mb.
bet12/267
Sana21.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#687549
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   267
Bog'liq
4587 - копия

15.1996 yildan yurtimizda yillarni ma’lum bir nom bilan nomlashning mazmuni va mohiyati.
Ma'lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, yurtboshimiz tomonidan har bir yilga o'ziga xos nom berish an'anasiga asos solindi. Bu tadbir 1997-yildan boshlab alohida ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturi bilan to'ldirila boshlangani ham sir emas. O'quvchilarga O'zbekistonning eng yangi tarixini o'qitishda o'tgan 25 yillik tarix solnomasidan o'rin olgan nomlarni ham yodga olib o'tish muhim sanaladi. Quyidagi ro'yxatda 1991-2016-yillarda O'zbekistonda yillarga berilgan nomlar keltirib o'tilgan:
1991-Alisher Navoiy yili 1992-Hamshiralar yili 1993-Ahmad Yassaviy yili 1994-Mirzo Ulug'bek yili 1995-Ibn Sino yili 1996-Amir Temur yili 1997-Inson manfaatlari yili 1998-Oila yili 1999-Ayollar yili 2000-Sog'lom avlod yili 2001-Onalar va bolalar yili 2002-Qariyalarni qadrlash yili 2003-Obod mahalla yili 2004-Mehr-muruvvat yili 2005-Sihat-salomatlik yili 2006-Homiylar va shifokorlar yili 2007-Ijtimoiy himoya yili 2008-Yoshlar yili 2009-Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili 2010-Barkamol avlod yili 2011-Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik yili 2012-Mustahkam oila yili 2013-Obod turmush yili 2014-Sog'lom bola yili 2015-Keksalarni e'zozlash yili 2016-Sog'lom bola-sog'lom ona yili


16. 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uningzamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusida o’tkazilgan xalqaro anjumanning mazmun-mohiyati.
Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand shahri betakror sharqona ruhi va qiyofasi, boy tarixi, bu yerda saqlanib qolgan noyob, har qanday odamni hayratga soladigan obidalari bilan sayyoramizning turli o‘lkalarida afsonaviy shahar sifatida ma’lumu mashhurdir. Moviy gumbazlari millionlab sayyohlarni o‘ziga maftun etadigan Samarqandning Rim bilan bir qatorda “abadiy shahar” degan nom bilan butun dunyoda shuhrat qozongani bejiz emas, albatta. Mana shu shaharda tug‘ilib-o‘sgan, voyaga yetgan inson sifatida menga bu shaharda yashayotgan barcha-barcha insonlar nomidan sizlarga o‘z samimiy mehmondo‘stligimizni izhor etish va “Azim Samarqandga xush kelibsiz!” deb qutlash katta mamnuniyat yetkazadi.

Qadrli do‘stlar! Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat.


Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib berishning ahamiyati ham shunchalik muhim deb hisoblayman. O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.


Men bu fikrga alohida urg‘u berib aytmoqchiman. Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, ta’limtarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan va ishonchim komilki, bugun bu mavzuda gapirishning o‘zi ortiqcha.


Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish