283.XX - asrning 60-80 yillarida O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi turg’unlik.
1946-1970 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli.1945-yil mayda fashizmga qarshi urush g`alaba bilan tugallandi. O`zbek xalqi urush yillari front ehtiyojlarini ta'minlashga moslashtirilgan xalq xo`jaligini qayta qurish imkoniyatiga ega bo`ldi. Urush tugadi, lekin umshning og`ir oqibatlari respublika hayotining hamma sohalarida, shuningdek, sanoatda ham sezilib turar edi. O`zbekiston sanoatini tiklash, aholini oziq-ovqat vasanoat mollari bilan ta'minlash uchun yoqilg`i, elektr energiyasi, xom ashyoga, shuningdek, malakali ishchi va muhandis-texnik xodimlarga tanqislik sezilardi. Bu murakkab vazifalami hal etish uchun O`zbekistonning geografik holati, milliy an'analari, xalq manfaatini hisobga olib turib, uning xalq xo`jaligini rivojlantirishning aniq dasturlarini ishlab chiqish zarur edi. Biroq bunday bo`lmadi. Asosan Markazning manfaatidan kelib chiqqan holda O`zbekiston iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirish rejalari tuzildi. Urushdan keyingi yillar ham davlat faoliyati partiyaning totalitar hukmronligi bilan belgilandi. U yo`l-yo`riq va farmoyish beradigan zo`ravonlik siyosatini o`tkazdi. Respublika hukumati va boshqaruv idoralarining huquqlari cheklangan edi. O`zbekiston Respublikasi oliy tashkilotlarining yuqoridan berilgan dastur va rejalarga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi fikr-mulohazalari bilan Markaz hisoblashmasdi. Markazning ulkan rejalarida O`zbekistonga faqat xom ashyo yetkazib beruvchi bir qo`shimcha manba deb qaraldi. Xuddi shu narsa O`zbekiston iqtisodiyotining aslida bir tomonlama rivojlanib borishiga olib keldi. Bunda xom ashyoni qayta ishlash korxonalari juda oz bo`lib, bu narsa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga xalal berardi, chunki shunday sharoitda O`zbekiston aholisini ish bilan ta'minlash, kishilarga munosib turmush sharoitlarini yaratib berish qiyin edi. Xalq xo`jaligi va sanoatni tiklash dasturlarida birinchi galda paxtachilikka tegishh industrial ishlab chiqarishni rivojlantirish vazifalari olg`a surildi. Bunda respubhka aholisining milliy-tarixiy xususiyatlari ham, iqtisodiy ehtiyojlari ham hisobga olinmadi. Respublika iqtisodiyoti faqat xom ashyo yetishtirishga yo`naltirildi. Xalq xo`jaligini tiklash davrida respublikamiz ishchilari faol mehnat qildilar. Bu davrda asosiy e'tibor paxta tozalash zavodlarini qayta tiklashga, ularni yangi takomillashgan uskunalar bilan jihozlashga qaratildi. Yangiyo`l paxta tozalash zavodi to`la yangilandi. Toshkent, Buxoro va boshqa paxta zavodlari to`la qayta qurildi. Shu davrda Qoraqalpog`istonda paxta tozalash, yog` va baliq sanoati tez rivojlandi. O`zbek metallurgiya zavodida 1946-yilda yangi prokat sexi ishga tushdi. Zavod sanoat korxonalarining metall chiqindilarini, temir-tersaklami qayta ishlab, oliy sifath po`lat yetkazib bera boshladi. Shu yillarda Polvontosh va Janubiy Olamushuk neft konlari ochildi va o`zlashtirildi. Farg`onada neftni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Lekin bu va respublikaning boshqa og`ir sanoat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar Markazga tashib ketilar edi. o`zbek xalqi bu mahsulotlar - paxta tolasi, po`lat, neft va boshqalardan juda kam miqdorda foydalanardi. Sanoatni qayta qurish, tinchlik iziga o`tkazish g`oyat katta qiyinchiliklar bilan amalga oshirildi. o`sha davrda O`zbekistonda ma'muriy-buyruqbozlik tizimi amal qilar, buyrug`u farmon berib, iqtisodiyot boshqarilar edi. Sanoatni boshqarishning iqtisodiy usullari inkor etildi va ishga solinmadi. Xo`jalik hisobi va o`z-o`zini mablag` bilan ta'minlash, kooperatsiya va ijara prinsiplari, xo`jalik faoliyatining tashabbus ko`rsatishni, ishbilarmonlik, tadbirkorlikni ta'minlaydigan hamda ijobiy natijalarga olib keladigan boshqa shakllari rivojlanmay keldi
Do'stlaringiz bilan baham: |