2.3. Injil tarjimasi
Nasroniylik tarqalishi bilan tarjimaning vazifasi o‘zgardi, ya’ni Xudoning kalomini yoyish bo‘ldi. Din matniga nasroniylik sifatida ham tarjimon estetik va xushxabar mezonlarini o‘rab bir vazifa bilan taqdim etdi. Injil kitobining tarjima tarixi g‘arb madaniyati tarixining bir qismi hisoblanadi. Yangi da’vatning tarjimalari ancha oldin o‘girilgan. 384-yilda Papa Damasus tomonidan St. Jeromega ishonib topshirilgan edi.
Sitseronga asoslangan St.Jorema tarjimani so‘zma-so‘z shaklidan ko‘ra, ma’noviy tarjimani afzal ko‘radi.
Injilni lotin tiliga o‘girgan Ieronim Sitseronning so‘zma-so‘z tarjimaga qarshi deb hisoblashiga qaramasdan, Ksenafonning bizga yetib kelmagan asarining tarjimasi so‘zma-so‘z tarjima etilganini ta’kidlaydi va bu borada tarjimadagi til uslublari va til kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tadi.
Injil tarjimasi XVII asrning muhim bir masalalaridan bo‘lib qoldi va muammolar, milliy madaniyatlar va islohot kelishi bilan tushunchalar o‘sishini kuchaytirdi. Cherkov markazlashtirish natijasida umumiy til sifatida lotin tili qabul qilindi.
Ingliz tiliga Injilning to‘liq 1-tarjimasi (Wycliffite Bible) 1380- va 1384- yillarda tarjima qilingan. Ushbu davr Injilning inglizcha tarjima qilishning gullagan davri hisoblandi.
Oksford teologi Jon Uiklif (1330¬84), “odam Xudoning va Xudoning qonuniga so‘zsiz itoat etadi” nazariyasini ilgari surdi (Uiklifning bu nazariyasi muqaddas kitob qonunlari asosida emas, balki Injil yo‘riqnomasiga asoslangan). Uiklifning nazariyasiga ko‘ra, Injil butun inson hayoti uchun qo‘llaniladigan muqaddas kitobdir, shuning uchun har bir odam bu kitobni tushunushi va o‘z ona tilida o‘qishi kerak, deb ergashdi. Uiklifning qarashlari, bid’at sifatida qoralanadi. Uning tarafdorlari “Lollardlar” deb e'lon qilinadi, lekin uning o‘limidan keyin uning shogirdi Jon Purvey ustozining ishini 1408-yilda birinchi nashrini chop ettiradi.
Ikkinchi Wycliffite Injili umumiy muqaddimani tashkil etadi. 1395-1396 yillar oralig‘ida yoziladi va Muqadimaning o‘n beshinchi bobi tarjima jarayonining to‘rt bosqichini tasvirlaydi:
1) eski Injilni yig‘ish va Sahih Lotin manbasi matnini hamkorlikda tiklash harakati;
2) nusxalarni qiyoslash;
3) eski grammatika va muqaddas tushunchalarni, qattiq so‘zlar va murakkab ma'nolarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish;
4) guruh bo‘lib, hamkorlikda imkon qadar jumlani (ya'ni, ma'nosi) aniq tarjima qilish.
Injil 150 nusxada asosiy qismi 1408-yilning iyul oyida nashrdan chiqadi, taqiqlarga qaramay ushbu ish davom ettirilgan.
XVI asrda Injil tarjima tarixi yangi yo‘nalishlarini taqdim etdi. Viklifitning versiyalaridan keyin ingliz tilidagi tarjimasi Vilyam Tindalning (1494-1536) “Yangi nasihat”i ham rohib bo‘lmagan kishi uchun iloji boricha aniq bir versiyani taqdim etdi, tarjima 1525-nashr qilingan. 1536-yilda yangi Ahdni yunon va ibroniylarning qadimgi ahdlaridan tarjima qilgan.
XVI asr ikkala protestant va katolik versiyalarida Yevropa tillarida ko‘p sonli Injil tarjimalari dunyo yuzini ko‘rdi. 1482-yilda ibroniy Tavroti Bolonyada bosilgan edi va bu to‘liq ibroniy Injil edi. Ushbu versiya Martin Lyuterning 1522- yildagi nemis nashri uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak edi. Erasmus 1516-yilda Bazel birinchi yunon Yangi Ahd nashrini e’lon qilgan. Tugallangan Herbew Injili 1488-yilda Bolganada nashr qilingan. Tarjimalar va mavjud tarjima qayta ko‘rilib, versiyalari ingliz, golland, nemis va fransuz tillarida paydo bo‘ldi.
Vilyam Tindal, Erasmus, cherkov xizmatchilari tomonidan taqib etildi, negaki ular Muqaddas kitobni faqat bir tilda o‘qish kerakligini talab qilishgan, o‘z ona tilida o‘qishni taqiqlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |