Faradey qonunlari. Faradey 1836 yilda elektroliz qonunlarini ekcperimental ravishda aniqladi. Bu qonunlar juda soddadir.
1.Faradeyni birinchi qonuni: Elektrodda ajralgan modda miqdori elektrolit orqali o'tgan zaryad miqdoriga proportsional ekanligini tacdiqlaydi:
m = Kq = K idt, bunda t-ajralgan modda massasi. k-modda tabiatiga bog'liq bo'lgan va elektroximiyaviy ekvivalent deb ataluvchi koeffitsient, q-elektrolitdan o'tgan modda miqdori.
q=1 bo'lganda t son jihatidan k ga teng bo'ladi. Demak, elektrokimyoviy ekvivalent—elektrolit orqali bir birlik zaryad o'tganda ajralgan modda massasini bildiradi.
2.Faradeyning ikkinchi qonuni: moddaning elektrokimyoviy ekvivalenti uning kimyoviy ekvivalentiga proportsionaldir.
Bu yerda M- moddani molyar massasi, z – ion valentligi,
F = eNA = 9,65 • 104 Kl/mol` —Faradey doimiysi.
Moddaning k elektrokimyo¬viy ekvivalenti uning kimyoviy ekvivalenti A/z (A-atom og'irlik, z -berilgan modda valentligi) bilan bog'laydi.
Son jihatidan berilgan element massasiga teng bo'lgan, grammlarda (yoki kilogrammlarda) ifodalangan kimyoviy birikmalarda 1,0078 g. (shunga muvofiq kg) vodorodning o'rnini bosadigan o'lchamsiz kattalikka elementning kimyoviy ekvivalenti deb ataladi.
Kimyoviy birikmalarda berilgan elementning bitta atomi bilan o'rin almashinadigan vodorod atomlari soni elementning z valentligi deb ataladi.
Faradeyni umumlashgan qonuni.
§ 3. Metallar, yarim o'tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o'tkazuvchanlikning haroratga bog'liqligi.
§ 4. Termoelektr hodisalar. Termoelektr hodisa - metall va o'tkazgichlarda issiqlik va elektr jarayonlari orasidagi o'zaro bog'lanish bilan shartlashilgan fizik hodisalarning mujassami.
Issiqlik energiyasini elektr energiyasiga to'g'rida-to'g'ri aylantirish hodisasi hamda unga teskari bo'lgan o'tkazgichni elektr toki bilan sovutish va isitish hodisasi termoelektr hodisalarga kiradi.
Ikkita turli ishorali ulangan(tutashtirilgan) o'tkazgichlardan berk zanjir tuzilsa, u holda har bir tutashtirilgan joyida kontakt potentsiallar farqi hosil bo'ladi.
Agar zanjirning barcha nuqtalarida temperatura bir xil bo'lsa, kontakt potentsiallar farqi bir xil va ishora bo'yicha har xil bo'ladi. Zanjirdagi tok nolga teng bo'ladi, sistema esa umuman termodinamik muvozanat holatida bo'ladi.
Agar tutashtirilgan joyining birortasini qizdirsak yoki sovutsak, bu muvozanat buziladi. Turli tutashtirilgan joyini kontakt potentsial farqi bir-birini kompensatsiyalamaydi. Natijada, zanjir bo'ylab tok oqadi.
Zeebek, Pel`t`e va Tomson effektlari termoelektr hodisalarga kiradi. Termoelektr hodisalarning umumiy sababi, elektr zaryadining tashuvchilari oqimidagi issiqlik muvozanatini buzilishidir.
Elektronlarni metalldan chiqish ishi temperaturaga bog'liq. Demak, kontakt potentsiallar farqi ham temperaturaga bog'liq bo'ladi.
Agar bir nechta metalldan tashkil topgan berk zanjir kontaktlarining temperaturasi bir xil bo'lmasa, u holda konturning to'liq e.yu.k. nolga teng bo'lmaydi va zanjirda elektr toki vujudga keladi.