19-mavzu. Metall, vakuum va gazlardagi elektr toki. Reja



Download 93,32 Kb.
bet2/8
Sana03.07.2022
Hajmi93,32 Kb.
#736309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Metall, vakuum va gazlardagi elektr toki.

ρу = ρоу ( 1 + α ∆Т ),
bu yerda, ρоу–metall o'tkazgichni T=273K temperaturadagi solishtirma qarshiligi,
α-qarshilikni termik koeffitsienti, ∆T=T-To - temperaturani o'zgarishi. ⍴(t) ni bog'lanish grafigi to'g'ri chiziqdan iborat.

α koeffitsient ancha kichik bo'lsa ham, isitish asboblarini hisoblashda qarshilikni temperaturaga bog'liqligi inobatga olish zarur.
Gazlardagi elektr toki. Atomlarni musbat ionlarga va elektronlarga ajralishi ionlanish deyiladi, teskari jarayon esa rekombinatsiya deyiladi. Gaz orqali tokni o'tishi gaz razryadi deb ataladi.
Normal sharoitlarda gazlar neytral molekulalardan tashkil topgan bo'lib, ular dielektriklardir. Elektr tokini hosil qilish uchun zaryadlangan zarrachalar mavjud bo'lishi kerak, buning uchun gaz molekulalarini ionlanishini(elektronlarni molekulalardan uzish) yuzaga keltirish kerak.
Molekulalarni ionlanishi uchun energiya-ya'ni, ionlanish energiyasini sarflanishi kerak. Uning miqdori modda turiga bog'liq. Ionlanish energiyasi ishqor metallar atomi uchun minimal bo'lib, inert gazlar uchun maksimaldir.
Molekulalarni ionlanishi gazni qizdirish, yoki, uni turli ko'rinishdagi nurlar bilan nurlatish orqali amalga oshirish mumkin. Qo'shimcha energiya hisobiga molekulalar harakatining tezligi ortadi, ularniig issiqlik harakatining intensivligi o'sadi va to'qnashish natijasida ayrim molekulalar elektronni musbat zaryadlangan ionlarga aylangan holda yo'qotadi.

Elektronlar, molekulalardan uzilib zaryadlangan manfiy ionlarga aylangan holda neytral molekulalarga qo'shilishi mumkin.

Demak, ionlanishda zaryadlarning 3 turi vujudga keladi: musbat ionlar, manfiy ionlar va elektronlar.
Tashqi maydon ta'siri ostida ikkala ishorali ionlar va elektronlar elektr maydon kuchlar ta'siri yo'nalishida harakatlanadi: musbat ionlar katodga, manfiy ionlar va elektronlar-anodga.
Demak, gazlardagi elektr toki-bu elektr maydoni ta'siri ostidagi ionlar va elektronlarning tartibli harakati ekan.
Gazda elektr toki ikki ishorali elektron va ionlarning yo'naltirilgan harakatidan iboratdir. Gaz orqali elektr tokini o'tish jarayoni gaz razryadi deyiladi.
Ionizator ta'sirida ro'y berayotgan gaz razryadi mustaqil bo'lmagan razryad deyiladi.
Ionizator ta'siri tugagandan so'ng ro'y beradigan gaz razryadi mustaqil razryad deyiladi.
Yashin – tabiatdagi gaz razryadi bo'lib bu ulkan elektr uchqunidir.
Gaz razryadining turli shakllarida ba'zan kuchli ionlashgan gaz hosil bo'ladi, bu gazda elektronlar kontsentratsiyasi musbat ionlar kontsentratsiyasiga taxminan teng bo'ladi.
Birday kontsentratsiyada taqsimlangan bunday elektronlar va musbat ionlardan iborat sistema elektron-ion plazmasi yoki oddiy qilib plazma deb ataladi. Gaz razryadidagi plazma past temperaturali (yoki sovuq) deyiladi, chunki uning temperaturasi tevarak muhit temperaturasiga tengdir.
Gazni isitish yo'li bilan ionizatsiyalash mumkin. Bu hol issiq plazma deyiladi.
Odatda 106-107 temperaturada modda plazma holatida bo'ladi. Quyosh va Yulduzlar – issiq plazmaga misol bo'ladi. Shu paytgacha biz moddani uch holati bilan tanishganmiz: qattiq, suyuq, gazsimon. Plazma esa to'rtinchi holatdir.

Download 93,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish