§ 2. Elektroliz. Faradey qonunlari.
Toza suv, toza tuzlar, kislotalar va ishqorlar elektr tokini o'tkazmaydi. Gap shundaki, bu moddalarda elektr zaryadlarni tashuvchilar yo'q, chunki ularning atom va molekulalari neytraldir.
Tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvda qarama qarshi ishorali ionlarga ajralishi deyiladi. Ajralish natijasida vujudga kelgan ionlar suyuqliklarda zaryad tashuvchisi bo'lib xizmat qiladi, suyuqliklarni o'zi esa o'tkazgichga aylanadi.
Ikkita turli ishorali ion (eritmada) molekulaga birlashishi mumkin (ionlar rekombinatsiyasi). Eritmada, odatda, dissotsiatsiya va rekombinatsiya bir-birini kompensatsiyalaydi, ammo bu holda albatta ma'lum miqdordagi zaryadlangan ionlar mavjud bo'ladi.
Tuzlar, ishqorlar va kislotalar eritmalari elektrolitlar deb ataladi.
Elektrolitlardagi elektr toki ionlarning tartibli harakatidan iborat.
Musbat zaryadlangan ionlar manfiy zaryadlangan elektrodga yetib kelganda u neytral atom va molekulalarga aylanadi.
Manfiy zaryadlangan ionlar musbat zaryadlangan elektrodga yetib kelganda ham xuddi shunday voqea ro'y beradi. Shuning uchun elektrodlarga har doim modda o'tiradi.
Elektrolit orqali tok o'tganda elektrodlarga modda ajralishi elektroliz deyiladi.
Agar elektrolitga qattiq o'tkazgich plastinkalar (elektrodlar) tushirilsa va ularga kuchlanish berilsa, ionlar harakatga keladi va elektr toki hosil bo'ladi.
Musbat zaryadlangan ionlar manfiy elektrod (katod) ga tomon harakatlanadi, shu sababli ularni kationlar deb ataladi. Manfiy ionlar musbat elektrod (anod) ga tomon xarakatlanib, ularni ularni anionlar deb ataladi.
Ionlar tegishli elektrodga yetib borganda unga ortiqcha elektronlarini beradi yoki yetishmovchi elektronini oladi va neytral atom yoki molekulalarga aylanadi.
Elektrolit va elektrodlarning kimyoviy tabiatiga qarab neytrallangan ionlar yo elektrodlarda ajraladi, yo elektrod yoki erituvchi bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishadi.
Neytrallangan ionlar kirishadigan kimyoviy reaktsiyalar ikkilamchi deb ataladi.
Ikkilamchi reaktsiya mahsulotlari elektrodlarda ajraladi yoki eritmaga o'tadi. Demak, elektrolitlarni eritmalaridagi elektr toki, bu ikkala ishorali ionlarning qarama - qarshi yo'nalishdagi yo'naltirilgan siljishi.
Elektrolitlar ichidagi harakatida ionlar suv molekulalari va boshqa ionlar bilan o'zarota'sirlashadi, ya'ni, elektrolitlar xarakatga ma'lum bir to'siqlik ko'rsatadi va demak qarshilikka ega bo'ladi.
Elektrolitlarni elektr qarshiligi ionlarning kontsentratsiyasiga, ionlar zaryadini kattaligiga, ikkala ishorali ionlarning harakat tezligiga bog'liq. Elektrolitlar qarshiligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
,
bu yerda ρУ –elektrolitning solishtirma qarshiligi, l – uzunligi, S - suyuq o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzasi.
Elektrolitning temperaturasini ortishi uning yopishqoqligini kamaytiradi, bu esa ionlarning harakat tezligini ortishiga olib keladi. Ya'ni, temperaturani ortsa elektrolitning qarshiligi kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |