19-mavzu. Bilimlar menejmentstrreplA


-rasm. TIZIM ISHINI BILISHGA TALABLAR



Download 1,16 Mb.
bet19/33
Sana27.06.2021
Hajmi1,16 Mb.
#102838
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Bog'liq
Bilimlar menejmenti

19. 4-rasm. TIZIM ISHINI BILISHGA TALABLAR



Bilimlar tizimi ishi uchun mahsuslashtirilgan apparatli va dasturiy ta’minotlarga qo‘shimcha qilib tashqi bilimlar bazalari bilan kuchli aloqa o‘rnatilishi zarur.



TIZIMLAR ISHINI BILISH MISOLLARI

Asosiy qo‘llash sohalari SAPR ishchi bilimlarini, modellashtirish uchun virtual voqelik, shuningdek moliyaviy ishchi stansiyalarni o‘z ichiga olgan. Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish kompyuteri (SAPR) kompyuterlar va murakkab grafika dasturlardan foydalanib konstruksiyalarni yaratishni va ularni qayta ko‘rib chiqishni avtomatlashtiradi. Jismoniy konstruksiyalashning an’anaviy usulidan foydalaniladi, jismoniy sinovdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan prototipga mos ravishda bajariladigan modifikatsiyaning har bir konstruksiyasi press-shaklni talab etadi. Bu jarayon ko‘p marotaba qaytariladi, bu esa juda qimmat va davomiy jarayondir. CAD ishchi stansiyasi yordamida loyihalashtiruvchi loyihalashtirish jarayonining oxiriga faqatgina jismoniy prototipni yaratishi lozim, chunki konstruksiya kompyuter yordamida oson tekshirilishi va o‘zgartirilishi mumkin. SAPR dasturiy ta’minotning texnologik uskunalash va ishlab chiqarish jarayonlari spetsifikatsiyasini ta’minlash qobiliyati ham ishlab chiqarish jarayonini juda kam muammolar bilan amalga oshirib ko‘p vaqtni va mablag‘ni tejaydi.

Masalan, Ford Motor Company samaraliroq konstruksiyaga ega silindrsimon dvigatel yaratish uchun kompyuterda modellashtirishdan foydalangan. Muhandislar ishlab chiqarishdagi cheklovlarni hisobga olish uchun ush bu konstruksiyani o‘zgartirdilar hamda materiallar xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda va dvigatelning ishga tushirish tavsifnomalarida o‘n yillar mobaynida qo‘llanib kelayotgan modellarda qayta ko‘rib chiqilgan dizaynni sinovdan o‘tkazishdi. Undan keyin Ford asosiy qismni bajarish uchun keyinchalik sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilib, dvigatelga bog‘langan shakl yaratdi. Butun jarayon oylar o‘rniga kunlarni egalladi hamda narhi millionlar o‘rniga mingni tashkil etdi.

SAPR tizimlari raqamli fayldagi spetsifikatsiyalardan qatlam-qatlam olib qattiq predmetlar yaratishda mashinalardan foydalanadigan additiv ishlab chiqarish sifatida ham nom chiqargan 3-D bosma uchun ma’lumotlar taqdim etish qobiliyatiga ega. Hozirgi kunda 3-D bosmadan prototiplar ishlab chiqarishda hamda yakka ishlab chiqarish ishlarida foydalaniladi ( texnologiyalar bo‘yicha interaktiv sessiyaga qarang).

Virtual voqelik tizimlari oddiy avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimidan ancha tashqariga chiqqan vizuallashtirish, vizuallashtirish va modellashtirish imkoniyatlariga ega.

Kompyuter tomonidan yuzaga kelgan modellarni yaratish uchun interfaol grafikga oid dasturiy ta’minotdan foydalanish, bunda ular voqelikka shunchalik yaqinki, foydalanuvchilar real voqelikda ishtirok etayotganligiga deyarli ishonadilar. Voqelik virtual tizimining ko‘pida foydalanuvchilar mahsus kiyim, bosh kiyimi va qo‘llanilishiga qarab ustilariga jihoz kiyadilar. Kiyimlar datchikka ega bo‘lib, ular foydalanuvchining harakatlarini qayd etadi hamda bu ma’lumotni kechiktirmasdan qaytarib kompyuterga uzatadi. Masalan, virtual modellashtirishning voqelik uyidan o‘tish uchun sizning qo‘lingiz,oyog‘ingiz va boshingiz harakatini kuzatadigan kiyim kiyishingiz kerak bo‘ladi. Siz shuningdek videoekranga ega ko‘zoynakka ega bo‘lishingiz kerak, siz kompyuter bilan qarama qarshi aloqaga g‘arq bo‘lishingiz mumkin.

Nyu-York universitetining Nyu Yorkdagi Langone tibbiy markazida talabalar ekranga tushirilayotgan virtual jasadni bo‘laklashga qodir 3-D ko‘zoynagini taqadilar. Kompyuter yordamida ular virtual tana bo‘ylab harakatlanishlari mumkin, mushaklar qatlamini yoki qizil arteriyalar va chuqur moviy venalar bilan birga yurakni katta planda ko‘rishadi. Nyu Yorkda tibbiy vizuallashtirish markazi tomonidan virtual inson organizmi BioDigital Systems yaratilgan edi. Bu virtual kadr Langonda qo‘llaniladi, u hozircha tahminiy shakl bo‘lib, kelgusida BioDigital tibbiyot pedagoglari va shifokorlar uchun inson tanasi haritasini ishlab chiqishni rejalashtirgan. NYU tibbiy maktabi bosqichma bosqich jasadni bo‘laklashdan voz kechishni rejalashtirmagan, biroq 3-D virtual kadri o‘qitishning qimmatbaho vositasi bo‘lib qoladi (Singer, 2012).

Ford Motor Company virtual voqelikdan o‘z transport vositalarini loyihalashtirishga yordam berish uchun foydalangan. Bitta misolda Ford virtual muhitning Immersive, dizaynerni avtomobil o‘rindig‘ida, rul g‘ildiragi va bo‘sh asboblar paneli bilan ifodalagan edi. Virtual voqelik ko‘zoynagi va datchik o‘rnatilgan qo‘lqop taqib, dizayner taklif etilayotgan interer qanday ko‘rinishda bo‘lishini xis etish uchun avtomobil 3-D dizayni qurshovida o‘rindiqda “o‘tirish” qobiliyatiga ega edi. Dizayner ko‘rinmas dog‘larni aniqlay olardi yoki qo‘llar noqulay axvolda bo‘lsa buni ko‘rar edi. Ford dizaynerlari shuningdek konstruksiyaning ishlab chiqarishga ta’sirini ko‘rish uchun bu texnologiyadan foydalanishlari mumkin edi.

Qo‘shimcha qilingan voqelik (AR) vizuallikni oshirish uchun mo‘ljallangan tegishli texnologiyadir. AR bevosita yoki bilvosita jismoniy voqelik muhit to‘g‘risida yorqin tasavvurni ta’minlaydi, uning qismlari virtual kompyuter grafikasi bilan qo‘shimcha qilinadi. Foydalanuvchi voqelik jismoniy olamga asoslanadi, qo‘shimcha displey yaratish maqsadida virtual ko‘rinishlar voqelik ko‘rinishlar bilan birlashadi. Raqamli texnologiya voqelikni idrok etilishini yaxshilash uchun qo‘shimcha ma’lumot bilan ta’minlaydi, bu bilan foydalanuvchiga atrofdagi real olamni yanada interfaol va ahamiyatli qilib ko‘rsatadi. Futbol matchlari teledasturiga taqdim etilgan sariq markerlar qo‘shimcha voqelikka misol bo‘la oladi, tibbiy muolajalar kabi, xirurgiya tasvirini aks ettirishda kompyuter tomografiyasida (KT) va magnit-rezonans tomografiyada to‘plangan ma’lumotlar skanerlanadi yoki ultratovush tasviri operatsiya xonasidagi bemor ustiga qo‘yiladi. SHuningdek boshqa sohalar, unda AR harbiy tayyorgarlikni, muhandislik loyihalashtirishni, robottexnikani, iste’molchilar dizaynini o‘z ichiga oladi.

Internet uchun ishlab chiqilgan voqelikning virtual ilovalari Virtual Reality Modeling Language (VRML) deb nomlangan standartlarda foydalaniladi. VRML interfaol, World Wide Webdagi 3-D modellashtirish uchun tasniflash to‘plamini ifodalaydi, ular tarqatuvchilarning bir nechta turlarini tashkillashtirishi mumkin, jumladan animatsiya, foydalanuvchilarning tasvirini va audioni modellashtirilgan real muhitga joylashtirish. VRML platformaga bog‘liq emas, stol kompyuteri ustida ishlaydi, o‘tkazish qobiliyatini kam talab etadi.

DuPont, Uilmington, Delaver shtatidagi kimyoviy kompaniya VRML HyperPlant nomli ilova yaratdi, bu esa foydalanuvchilarga Internet orqali veb-brauzer dasturiy ta’minot yordamida 3-D ma’lumotlaridan foydalanishga imkon beradi. Muhandislar jismonan zavoddan o‘tgani kabi 3-D modellaridan o‘ta olishadi, ob’ektlarni ko‘zlar sathida ko‘zdan kechirishlari mumkin. Detallashtirishning bunday darajasi neft platformalari, neftni qayta ishlash zavodlari va boshqa inshootlar qurilishi vaqtida yo‘l qo‘yadigan hatolar sonini kamaytiradi.

Moliyaviy sanoat o‘z brokerlari, trad¬ers va menedjerlari bilimlaridan va vaqtidan foydalanish uchun Bloomberg terminallari kabi mahsuslashtirilgan investitsion ishchi stansiyalarini qo‘llaydi. Merrill Lynch va UBS Financial Services kabi kompaniyalar investitsion ishchi stansiyalarni o‘rnatgan, ular ichki va tashqi manbalardan keng ma’lumotlar spektrini birlashtirgan, shu jumladan real vaqt tartibidagi aloqalarni boshqarish ma’lumotlari va tarixiy bozor ma’lumotlari hamda ilmiy ma’ro‘zalar. Ilgani moliya mutaxassislariga ayrim tizimdagi o‘zlariga zarur ma’lumotlardan foydalanish uchun va axborotlarni elimlash uchun ko‘p vaqt sarflash kerak bo‘lardi. Bitta axborotni tez va kam hatolar bilan taqdim etayotgan ishchi stansiyalar mijozlar yozuvini yangilash uchun aksiyalar tanlashdan boshlab butun investitsion jarayonni ratsionallashtirdi. 19. 2-jadval bilimlar tizimi ishining asosiy turlarini to‘plagan.





Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish