Faza rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish. Faza rotorli asinxron motorlar maxsus uch fazali ishga tushirish reostati yordamida ishga tushiriladi. Ishga tushirish toki quyidagi formula bilan aniqlanadi:
.
Ishga tushirish reostati rotor chulg‘amiga ketma-ket ulanadi.
Uning yordamida rotor chulg‘amining aktiv qarshiligi oshirilib, ishga tushirish toki kamaytiriladi, momenti esa oshiriladi.
Aylanish chastotasini rostlash.
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini rostlash muammosi muhim ekspluatatsion ahamiyatga ega. Sanoatning ayrim sohalarida motorlarning rostlash tavsiflariga juda yuksak (keng ko‘lamda rostlanishi, bir tekis rostlanishi va iqtisodiy samarali bo‘lishi kabi) talablar qo‘yiladi.
Asinxron motorning aylanish chastotasi formula, ya’ni
bo‘yicha aniqlanadi. Bundan ko‘rinishicha, motorning aylanish chastotasini rostlash uchun unga berilayotgan kuchlanish chastotasi f1 ni, juft qutblar soni «p» ni va sirpanish «s» ni o‘zgartirish kerak ekan.
a) Kuchlanish chastotasini o‘zgartirish yo‘li bilan aylanish chasto-tani rostlash (chastotali rostlash). Motorning aylanish chastotasini bunday usul bilan rostlashda o‘zgaruvchan aylanish chastotali sinxron generator, elektr mashinali yoki boshqariladigan yarim o‘tkazgich ventilli (tiristorli) statik chastota o‘zgartgichlardan foydalaniladi.
CHastotali rostlashning asosiy qonunini birinchi marta akademik M.P. Kostenko ta’riflab bergan va u quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:
U1 / U1 = (f1 / f1) ,
bunda: U1 va M – f1 chastotadagi kuchlanish va moment; U1 va M – o‘zgartirilgan f1 chastotaga mos keladigan kuchlanish va moment.
Motorning o‘ta yuklanish qobiliyati, quvvat koeffitsienti, aylantiruvchi moment, foydali quvvat va FIKlardan birini yoki birnechtasini talab qilingan qiymatda o‘zgarmas holda saqlash zarur bo‘lsa, chastota f1 ni o‘zgartirish bilan bir vaqtda stator chulg‘amiga berilayotgan kuchlanish U1 qiymatini ham o‘zgartirish shart ekan.
Agar motorning aylanish chastotasi yuk momenti o‘zgarmas (M=M=const) bo‘lgan shartda rostlansa, unda motorga beriladigan kuchlanishni tok chasto-tasining o‘zgarishiga mutanosib ravishda o‘zgartirish zarur bo‘ladi, ya’ni:
U1 = U1 f1/ f1 .
unda motorning quvvati aylanish chastotaning ko‘payishiga mutanosib ravishda oshadi. Agar aylanish chastotani rostlash motor quvvati o‘zgarmas (Rem=M1=const) bo‘lgan shartda amalga oshirilsa, unda beriladigan kuchla-nishni quyidagi qonunga mos o‘zgartirish kerak bo‘ladi:
U1 = U1 .
Asinxron motorlarning aylanish chastotasini stator toki chastotasi f1 orqali rostlashda uning energetik tavsiflari o‘zgarmasdan qolishi va aylanish chastotaning bir tekis rostlanishi uning afzalligi bo‘lsa, bu usulning murakkabligi va qimmatligi esa uning jiddiy kamchiligidir.
v) Rotor zanjiriga reostat ulab asinxron motorning aylanish chastotasini rostlashda aylanish chastota bir tekis va keng ko‘lamda o‘zgartiriladi. Bu usul bilan amaliyotda aylanish chastota kichik oraliqlarda o‘zgartirilishi mumkin, chunki rotor zanjiridagi qo‘shimcha qarshilik oshirilganda rotordagi elektr isroflar oshib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |