Mahsulotni tayyorlash. Mahsulot sifatida yer ustki qismi (asosan, ildizoldi to'pbarglari) to o'simlik g'unchalaguncha, yerdan 7-10 sm balandlikda o'roq bilan o'rib olinadi va brezent yoki asfalt ustida tezda quritiladi. Quritish vaqtida payshaxa yordamida 3-5 inarta ag'dariladi (quritishni tezlatish uchun). Qurigan mahsulotdan alkaloidlar olish uchun zavodlarga yuboriladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Quritilgan mahsulot, asosan, ildizoldi to'pbarglardan va qisman poyalardan tashkil topgan. Poyalari shoxlanmagan, qirrali, yuqori qismi biroz tukli. Barglari yirik (uzunligi 10-20 sm, eni 20-40 sm), bandi yordamida poyada (poyadagi barglar biroz mayda) ketma-ket joylashgan bo'lib, plastinkasi dumaloq yuraksimon yoki dumaloq buyraksimon shaklda. Barg plastinkasi 5-11 ta keng lansetsimon yoki uchburchaksimon bo'lakchalarga panjasimon qirqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |