Geografik tarqalishi. Tyan-Shan tog'-laridagi suv bo'ylarida, tog'dagi nam o'rmonlarda o'sadi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlikning ildiz tuganagi kuzda kavlab olinadi, mayda ildizlardan, tuproqdan tozalab, yuviladi va quritiladi. Jung'or parpisining yer ustki qismi o'simlik gullash davrida va undan oldin o'rib olinadi, quritilmasdan namligicha zavodlarga nastoyka olish uchun jo'natiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot quritilgan, tasbehga o'xshash bir-biri bilan birlashgan (ba'zan yakka) 2-15tacha ildiz tuganaklardan tashkil topgan. Ildiz tuganak cho'ziqkonussimon, ko'ndalangiga joylashgan jo'yakli (burishgan) bo'lib, uzunligi 2-6 sm, yo'g'onligi (yuqori tomoni bo'yicha) 1 sm. Tuganakda yon ildizlarning qirqilgan joylari va poyasining o'mi bilinib turadi. Ildiz tuganakning tashqi tomoni to'q qo'ng'ir yoki qora, ichi esa oqish-kulrang. Mahsulot hidsiz, ko'ngilni aynatuvchi mazasi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |