Ogahiy, kim topgay erdi sozi nazmingdin navo,
Bahra gar yoʻqtur Navoiyning navosidan sango,
Deb e’tirof qilgan ustozi Alisher Navoiy:
Soʻz ayladi insonni judo hayvondin,
Bilgil, guhari sharifroq yoʻq ondin,
Deb bejiz xitob qilmagan edi.
Ruhning yaralishidan ilohiy maqsad soʻz va soʻzning yaralishidan ilohiy maqsad ruh boʻlgani kabi, mulki borliqning yaralishidan ilohiy muddao inson hamda insonning yaralishidan ilohiy istak mulki borliqdir. Ogahiyning fikricha, shuning uchun ham yaratguvchidan, Oliy san’atkordan odamzodning minnatdorligi poyonsizdir. Mulki bo ning oʻzi kabi hadbilmasdir. Naql qilinishicha, avliyolardan biriga aytibdilar: bizga shunday bir ashyoni koʻrsatki, u Ollohning borligiga dalil boʻlsin. Shunda avliyo javob beribdi: «Menga shunday bir buyumni koʻrsatinglarki, u Ollohning mavjudligiga dalil boʻlmasin!» Darhaqiqat, olamda neki mavjud boʻlsa, unda yaratganning husni zohir boʻladi. Shuning uchun barcha sinoatlarga eng kichik zarradan butun olam cheksizligicha, barcha maxluqotga ma’rifiy munosabatda boʻlish, ularning mohiyatidan voqif hayot kechirish, hayot kechirganda ham shu mulki borliq bilan mutanosiblikda hayot kechirish bizlar uchun ham farz, ham qarz. Mulki borliqdagi rang-baranglik, u mana oʻsimliklar dunyosi boʻladimi, xoh hayvonot olami boʻladimi, jismlar har xilligi yoxud tillar turlichaligi boʻladimi, bularning barchasini asrab-avaylash, kelajakka imkoni boricha bus-butunlikda yetkazish odamzodning burchidir. Bu ilohiy vazifaga amal qilmasak, shunga yarasha jazo bordir. Chunki Ogahiy hazratlari aytganlaridek:
Chu mazhar aylading olamni husni bemisolingga,
Bu koʻzgu ichra boʻldi necha naqshi bul’ajab paydo.
Ilohiy shamollarning esishidan, balki shamol emas, epkinlarning yelpinishidan necha olamlar charx urib, ahli basharga girgittonlar boʻlarkan, bizlar ilohiy nafaslar ufurib turgan ma’noning moʻtabarligini his qilish baxtidan bir lahza boʻlsin chalgʻimaymiz. Ilohiy diydorning qay darajada behudud moʻtabarligidan voqif boʻlgan odam esa aks etadigan koʻzguning butun bir olamcha kelishidan mutlaqo ajablan-maydi, balki diydor bilan koʻzgudagi aks tafovuti inson bilan uning aksi oʻrtasidagi tafovutga mutanosib ekanligidan xabardorligi sabab, ilohiy diydorni ilhaqlik bilan umid qilishda va shulumidi barobarinda inson sifatida tinimsiz kamol topishda davom etaveradi. Bu mobayn umrbod nihoyasiga yetmaydi. Negaki, olam mana shu «naqshi bul’ajab»larning majmuasi. Bulardan bahramand boʻlishga vositachi boʻlgan ruhiy elchi, ya’ni jon shuning uchun ham nihoyatda shirin. Shu boisdan ham yashab toʻymaymiz, hayratlanib charchamaymiz, sevib, tolmaymiz. Chunki yashaydigan hayotimiz, hayratlanadigan mo’jizalarimiz, sevadigan muhabbatimiz-hamma-hammasi ilohiy bir yaxlitlikning mo’tabar parchalaridir. Sevishining, sevilishining hatto kulfatida ham saodat mavjuddir. Rad boʻlgan ishqda ham qabul bordir. Inkor boʻlgan muhabbatda ham tasdiq jaranglab turadi. Sarv ma’shuq. Uning cheksiz sevilish baxtiga
turgʻunligi mone’lik qiladi. U oʻzining muhabbati sharofatidan mumkin, qomati adlikda betimsol bir tarzda gap emas. Biroq uning yolgʻiz oyogʻi yerga koʻmilgan, tuproqqa yuksalishi Kamol topishi mumkin.
Demak, inson mana shu hadsiz va adadsiz ilohiy iltifotni ma’rifat koʻzi bilan koʻrib, ma’rifat koʻngli vositasida his qiladi. Ilohiy iltifot odamzodni toʻgʻri yoʻlga boshlaydigan rahnamo. Biroq, deylik, kompasdan foydalanib, toʻgʻri yoʻl topish uchun uning ilm amalini bilish kerak boʻlgani kabi, mazkur baytdagi «Hodiyi lutf», ya’ni toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchi iltifotga muvofiq yoʻl topish uchun ham qutlugʻ bir shart bordir, bu shart shundan iboratki, bu yoʻldan yurmoqni «sidq bilan talab qilish», ya’ni istash kerak. Shu istakka yarasha izlanishda boʻlmoq zarur. Bu yoʻldan yurmoqni istash va izlanish uchun ogohlik, ya’ni ilm talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |