Spotlight kompaniyasining “Combi” yo’naltirilgan yoritish uskunasi
Profil yoritish uskunalari
Ushbu yoritish uskunalaridan keng imkoniyatlari sabab yorituvchi xodimlar tomonidan keng foydalaniladi.
Profil yoritish uskunalarining o’ziga xos tomoni shundaki, korpusda o’rnatilgan maxsus turdagi to’suvchilar va diafragma yordamida chiqayotgan yorug’lik nuriga shakl berish mumkin bo’ladi. Chiqayotgan yorug’lik nuriga to’g’ri to’rtburchak, trapetsiya, doira, yarim doira, uchburchak kabi shakllarini berish imkoniyatlari mavjud.
Bundan tashqari yoritish uskunasining old qismiga maxsus gobolar ham o’rnatish mumkin. Gobo – bu oyna yoki metall plastinaga chizilgan rasm yoki shakl. Gobolar ko’p firmalar tomonidan keng ishlab chiqariladi yoki zarur shakllarni ham buyurtma qilish mumkin.
ETC kompaniyasining “Source Four Zoom” profil yoritish uskunasi.
18.2.Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti. Umumiy qoidalar. Issiqlik ta'minotini loyihalash tartibi. Issiqlikka bo’lgan talabni (ehtiyoj) hisobi. Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti manbalari. Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti tarmoqlari.
Umumiy qoidalar
Issiqlik bilan taʼminlash — kommunal xoʻjalik va texnologik ehtiyojlar uchun isteʼmolchilarga issiklik yetkazib berish. Markaziy va mahalliy issiqlik bilan ta’minlash tizimi yordamida amalga oshiriladi. Bunda suv (t-rasi 150° gacha) yoki bugʻ (bosimi 0,5 — 4,0 MPa) issiqlik eltgich vazifasini bajaradi. Markazlashtirilgan issiqlik bilan ta’minlash tizimi sanoat yoki turar joylarning koʻplab isteʼmolchilarini (bir necha oʻnlab km da joylashgan), mahalliy issiqlik bilan ta’minlash tizimi bir yoki bir necha binoni (bir necha oʻnlab m. da joylashgan) issiklik bilan taʼminlaydi. Markaziy issiqlik bilan ta’minlashda bir yoki bir necha issiqlik manbai, issiklik tarmoklari va issiklik qabul qiladigan qurilmalardan foydalaniladi. Issiqlik bilan ta’minlash manbai — qozonlar, sanoat korxonalari va issiklik elektr markazlaridan ortgan issiqlikdan foydalanadigan qurilmalar. Issiqlik tarmoqlari — suv yoki bugʻ yuradigan quvurlar, binolarga suv yoki bugʻ kiritish va chiqarish moslamalari hamda izolyasiya materi-allari. Issiqlik qabul qiladigan qurilmalar — radiatorlar, reyestrlar, qovurgʻali trubalar va b. Issiklik isteʼmolchilari qancha koʻp, yaʼni issiqlik bilan ta’minlash tizimi qancha yirik boʻlsa, tejamlilik shuncha ortadi, ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish shuncha yengillashadi. Issiqlik bilan ta’minlash tizimida temperaturani yoki issiqlik eltuvchi miqdorini rostlab turish mumkin. Yirik tizimlarda bu ish avtomatika va uzokdan boshqarish asboblari vositasida bajariladi. Isteʼmolchilar sarf qilayotgan issiklik miqdori va parametrlarini qayd qilib turish uchun boshqarish uzellariga issiklik oʻlchagichlar va qayd qilgichlar (registratorlar) oʻrnatiladi. Oʻzbekistonda Iissiqlik bilan ta’minlash tizimi 20-asr 30-y. lar oxirlarida paydo boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |