Vaqtinchalik issiqlik ta’minoti tarmoqlari
Issiqlik ta’minoti tizimlari: markazlashgan va markazlashtirilmagan bo’lishi mumkin. Markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimlari quyidagi elementlardan iborat: issiqlik manbai, issiqlik tarmog’i, issiqlik almashtirgichlar, xarorat rostlagich, bevosita isitish asboblari.
Markazlashtirilmagan tizimlarda issiqlik manbalari bilan iste’molchiniki issiqlikni qabul qiluvchi moslamalari yagona bir qurilmaga birlashtirilgan bo’ladi.
Markazlashgan issiklik ta’minoti tizimi asosan kuyidagi elementlardan: issiklik manbai, issiklik tarmoklari, iste’molchiga kirish joyi(vvod) va maxalliy issiklik iste’mol tizimlaridan iborat buladi. Issiklik manbalarining tizimlari markazlashgan va markazlashti rilmagan bo’ladi.
Markazlashtirilgan issiklik ta’minoti tizimlarida issiklik manbai va iste’molchilarning issiklikni kabul kiluvchi moslamalari bir-biriga nisbatan aloxida kupincha
Uzoq masofada joylashgan buladi va manbaidan issiklikning iste’molchilariga uzatilishi issiklik tarmoklari orkali amalga oshiriladi. Markazlashtirish darajasi buyicha issiklik ta’minoti tizimlari kuyidagi guruxlarga bulinishi mumkin:
Guruxli- binolar guruxining issiklik ta’minoti
Rayon –bir necha bino guruxlarning isiklik ta’minoti
Shaxar – bir necha rayonning issiklik ta’minoti
Shaxararo- bir necha shaxarning issiklik ta’minoti .
Markazlashgan issiklik ta’minoti tizimlari issiklik tashuchisiga karab suvli va bugli turlariga bulinadi.
Suvli issiqlik ta’minoti tizimlarida suv issiqlik tashuvchi agent hisoblanadi va bir, ikki, uch, to’rt va ko’p quvurli bo’lishi mumkin. Tizim tuzilishi bo’yicha ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Yopiq tizimlar suv uzatish va qaytish quvurlaridan iborat. Texnologik issiqlik yuklamasi mavjud bo’lgan sanoat rayonlarida uch quvurli tizimlar qullanishi mumkin, ikkita uzatish quvuri va bitta qaytish quvuri. Ayrim hollarda ko’p quvurli tizimlar qo’llaniladi.
Isiqlik ta’minotida bo’g’li tizimlar bir quvurli va ko’p quvurli, yuqori va kichik bosimli, kondensatning qaytishi va qaytmasligi bo’yicha ajratish mumkin.
18.3.Vaqtinchalik suv ta'minoti va kanalizatsiya.
Umumiy qoidalar. Suvga bo’lgan talabni hisobi. Vaqtinchalik suv ta'minoti manbalari. Vaqtinchalik kanalizatsiya. Qurilishni siqilgan havo, kеslarod va atsitilin bilan ta'minlash. Qurilish davrida doimiy tarmoqlardan foydalanish.
Qurilish ishlab chiqarishini suv bilan ta’minlash ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun suv ta’minotini loyihalashda bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir ehtiyoj uchun suvning sarfini hisobga olish darkordir. Suvning qurilish maydonidagi sarflarini shartli ravishda 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ishlab chiqarish ehtiyojlari (qorishmalarni tayyorlash, suv talab ishlarni bajarish, g‘ishtlarni sug‘orish uchun va h.k.) uchun suvning sarflanishi.
2. Xo‘jalik va maishiy ehtiyojlar (yuvinish, suv sepish, ichimlik suvi, ovqat va choy tayyorlash va h.k) uchun suvning sarflanishi.
3. Yong‘inga qarshi ehtiyojlar suv sarflanishi
Qurilish maydonidagi vaqtinchalik suvning sarflanishi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
q= q + 0,5 ∑ q, l / sek
bu yerda: qen - ehtimolli yong‘inga qarshi suvning sarfi bo‘lib, 30 gektargacha maydon uchun har biri 5,0 l /sek sarflanishga ega 2 ta kran hisobidan olinadi: qen = 2 x 5=10 l /sek.
∑ q – ishlab chiqarish, xo‘jalik ehtiyojlariga zarur bo‘lgan suv sarflarining yig‘indisi:
∑ q = qich + qxo‘j + qdush + qmash , l /sek
qich- alohida qurilish ishlariga bir smenada sarflanadigan suvning maksimal sarfi:
qich = l /sek
bu yerda: R – ko‘rilayotgan smenadagi birlik ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan suvning miqdori, l.
Q – ushbu ishning hajmi;
K1 – suv sarfining o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, K =1,5;
t - ish smenasining davomiyligi, t=8,2 soat.
Xo‘jalik ehtiyojlari uchun suvning sarfi quyidagicha hisoblanadi:
Qxo‘j= , l /sek
bu yerda: v = 15 l;
Num - smenadagi quruvchilarning umumiy soni, kishi;
K2 - suv sarfining o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K2 =2,0 l.
Dush qurilmalari uchun suvning sarfi quyidagicha hisoblanadi:
qdush = , l /sek
bu yerda: s - dush qabul qiluvchi 1 kishi uchun suvning sarfi, S=30 l m - dushga tushish davomiyligi, m = 45 min.
Agar ko‘rilayotgan smenada suv sarflaydigan mashina va qurilmalar ishlasa, u holda ular uchun ham suvning sarfi hisoblanadi:
qmash = l /sek
∑Q – ko‘rilayotgan smenada ishlaydigan mashinalar uchun suvning sarfi, l ;
K3 - suv sarfining o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent, K3=3;
Qurilish maydonidagi vaqtinchalik suvning sarfi (l /sek larda) hisoblab topilgach, ichki suv quvurining diametri quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
D =
bu yerda: v - quvurdagi suv oqimining tezligi, v =1,5 l /sek.;
Hisoblab topilgan diametrdagi quvurlar bo‘yicha suvning ta’minoti qurilish maydoniga asosan vaqtinchalik yo‘llar bo‘ylab (yo‘l chetidan 1,0 - 2,0 m oraliqda joylashtiriladigan) keltiriladi .
Qurilish maydonida vaqtinchalik kanalizatsiyani tashkil qilish ko‘p miqdordagi ishchi kuchi va kapital mablag‘larni talab qilgani uchun bu ishlarni iloji boricha kamroq hajmda loyihalanadi.
Agar ob’yektda fekal tarmoq bo‘lsa, konteyner tipidagi sanuzellarni quduqlarga yaqinroq qilib joylashtiriladi, hamda u yerga vaqtinchalik suv va elektr tarmog‘i olib boriladi. Agar qurilish maydoniga yaqin joydan fekal kanalizatsiya tarmog‘i o‘tmagan bo‘lsa, u holda sanuzel kabinalarini yerda chuqur kavlab o‘sha yerga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |