18-Mavzu: Qurilish maydonini elеktr ta'minoti. (4-soat)
Reja:
18.1Umumiy qoidalar. Elеktr yuklamalarni hisoblash usullari. Qurilish maydonlarini yoritish. Elеktr ta'minot manbalari. Vaqtinchalik elеktr ta'minot tarmoqlari.
18.2.Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti. Umumiy qoidalar. Issiqlik ta'minotini loyihalash tartibi. Issiqlikka bo’lgan talabni (ehtiyoj) hisobi. Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti manbalari. Vaqtinchalik issiqlik ta'minoti tarmoqlari.
18.3.Vaqtinchalik suv ta'minoti va kanalizatsiya.
Umumiy qoidalar. Suvga bo’lgan talabni hisobi. Vaqtinchalik suv ta'minoti manbalari. Vaqtinchalik kanalizatsiya. Qurilishni siqilgan havo, kеslarod va atsitilin bilan ta'minlash. Qurilish davrida doimiy tarmoqlardan foydalanish.
18.1Umumiy qoidalar. Elеktr yuklamalarni hisoblash usullari. Qurilish maydonlarini yoritish. Elеktr ta'minot manbalari. Vaqtinchalik elеktr ta'minot tarmoqlari.
Umumiy qoidalar
Qurilish ishlab chiqarishini elektr energiyasiz tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Chunki qurilishda ishlatiladigan aksariyat ko‘pchilik mashina-mexanizmlar, asbob-uskunalar (yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari, titratgichlar, qorishma tayyorlovchi uskunalar va h.k.) elektr energiyasi yordamida harakatga keltiriladi va ishlatiladi. Tungi smenalarda ish joyini yoritish, qurilish maydonini qo‘riqlash maqsadida yoritish, vaqtinchalik bino va inshootlardan foydalanishda ichki yoritish chiroqlaridan foydalanish va boshqalar qurilishda elektr energiyasining qay darajada ahamiyatga ega ekanligidan yana bir bor dalolat beradi.
Shuning uchun qurilish maydonida elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni hisoblab topish, vaqtinchalik elektr ta’minoti tizimini loyihalash va vaqtinchalik elektr tarmoqlarini qurilish bosh tarxida aks ettirishga juda katta e’tibor berish kerak.
Loyihalashtirishning bu yo‘nalishida quyidagi masalalarni hal qilish zarur:
- elektr energiyasi sarflanadigan iste’molchilar, ularning quvvati va qurilish maydonida joylashtirilishi tartibi aniqlanadi;
- elektr energiyasini qaerdan olish masalasi hal qilinadi (mavjud elektr tarmoqlaridan transformator yordamida yoki ko‘chma elektr stansiyasi yordamida);
- transformatorning yoki ko‘chma elektr stansiyasining zaruriy quvvati hisoblanadi;
- qurilish maydonini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqning sxemasi loyihalanadi.
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab, unga ehtiyoj eng ko‘p bo‘lgan smena uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
R=1,1 [ ], kVt
bu yerda: Rm – mashina va mexanizmlarga o‘rnatilgan elektr dvigatelining quvvati, kVt;
Rt - texnik maqsadlar uchun foydalaniladigan elektr quvvati (payvandlash, betonning qotishi uchun isitish va shu kabilar), kVt;
Rich - ichki yoritishga sarflanadigan elektr quvvati, kVt;
Rtash - tashqi yoritishga sarflanadigan elektr quvvati, kVt;
K1 , K2 , K3 , K4 - elektr energiyasiga bo‘lgan talab koeffitsiyentlari;
Cos Ψ - quvvat koeffitsiyenti.
Talab etilayotgan umumiy elektr quvvati (R)ning qiymatini hisoblashda K1 , K2 , K3 , K4 va CosΨ koeffitsiyentlarning qiymatini aniqlashda va transformator tanlashda maxsus jadvallardan foydalaniladi.
Qurilish maydonini qo‘riqlash maqsadida tungi chiroqlar (yoritkichlar) bilan yoritish zarur. Bu chiroqlarning soni quyidagicha hisoblab topiladi:
n =
bu yerda: Yer - qurilish maydonining yoritilganligi, Yer=0,2 lk;
S – yoritilishi lozim bo‘lgan maydon, m2 ;
m - yorug‘likning tarqalish koeffitsiyenti, m=1,2;
k - koeffitsiyent, K=1,3;
Fl - chiroqning foydali ish koeffitsiyenti;
ή = 0,8 - chiroq lampasining quvvati, Fl=500-1000 Vt.
Do'stlaringiz bilan baham: |