18-mavzu: Kartoshkani ahamiyati, biologiyasi,navlari va yetishtirish texnologiyasi Reja


-jadval. Kartoshkani saqlash rejimi



Download 71,2 Kb.
bet21/22
Sana21.05.2022
Hajmi71,2 Kb.
#605974
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
11-jadval. Kartoshkani saqlash rejimi



Saqlash davri

Harorat, °S

Havoning nisbiy namligi, %

Saqlash davri boshlanishida

Saqlash davri­ning oxirida

Davolash davri (10-15 kun)

10

20

85-95

Sovitish davri (20-45 kun)

20

3

85-90

Qishlash davri

3

2

85-95

Hosil yig‘ishning sifatli o‘tishi, ekishda yerni tayyorlash, ekish, ekinni parvarish qilish, qisqasi hosil yig‘ishtirishgacha bo‘lgan barcha agrotexnologik jarayonlarning bajarilish darajasiga, yig‘ishtirish oldi chora-tadbirlarga, ekin naviga va tuganaklarning pishishiga bog‘liq.


Uzoq muddatga saqlanishi uchun xo‘raki va urug‘lik kartoshka quruq sog‘lom, toza hamda mexanik shikastlanishlardan holi bo‘lishi lozim. Yig‘ishtirishda shikastlangan (kesilgan va ezilgan) tuganaklarda na­fas olish hamda so‘lish jarayonining aktivlashishi oqibatida ko‘p quruq modda yo‘qoladi va chirituvchi mikroorganizmlar kirib, ularni nobud qiladi.
Demak, yig‘ishtirish chog‘ida asosiy e’tibor kovlovchi mexanizm­lar vositasida kartoshkani iloji boricha mexanik shikastlanishdan saqlashga qaratilmog‘i lozim. Buning uchun har bir xo‘jalik sharoi­tida eng avvalo kovlash hosili pishgan nav, dalalardan boshlanishi, unda tuproq namligi 14-16% bo‘lishi lozim. Tadqiqotlarimizning ko‘rsatishicha, tuproq namligi shundan kam bo‘lsa, me­xanik shikastlan­gan tuganaklar miqdori 30% gacha oshadi. Namlikning yuqori bo‘lishi ham tuganak sifatiga, saqlanuvchanligiga salbiy ta’sir etib, yopish­gan tuproq uning yuzasida ko‘p bo‘ladi.
Kartoshka hosilini yig‘ish oldi o‘tkaziladigan asosiy agrotexno­logik jarayonlardan bo‘lib, kovlasholdi palakni o‘rib tashlash yoki de­sikatsiya hisoblanadi. Buning natijasida tuganak vv tuproq yetilishi tezlashadi, sog‘lom urug‘lik olinadi va kartoshka kovlov­chi agregatlar ish unumi va sifati oshib, hosil kam shikastlanadi.
O‘tkazilgan tajribalarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, palak o‘rilmagan paykalda kovlangan tuganaklarning po‘sti qalinligi 8,5 millimikronni, mexanik shikastlanganlari esa 33,7% ni, kovlash ol­didan 7—10 kun oldin palaklar KIR-1,5B bilan o‘rib tashlangan da­ladan olingan tuganaklar po‘sti qalinligi 13,7 millimikronni, me­xanik shikastlanganlari esa 11,9% ni tashkil qildi.
Agar gektariga 15-20 kg magniy xlorat yordamida desikatsiya yoki 20% li superfosfat suvli eritmasi bilan senikatsiya hamda palakni o‘rib tashlash o‘tkazilsa, palak qurishini tezlashtiradi, hosilni za­rarkunanda va kasalliklardan asrab, sifatini yanada yaxshilaydi.
Gollandiya navlari viruslardan holi bo‘lgani uchun ko‘p poyali, yetarli oziqlantirilganda palaklari juda kuchli rivojlanadi. Shu­ning uchun ularda kovlash oldi palaklar o‘rilishi, yoki desikatsiya, se­nikatsiya qilinishi shart.
Kovlab olingan kartoshka uzoq saqlanishgacha aralashmalardan to­zalanadi, saralanadi, shikastlangan tuganaklardan ajratiladi. Bu ishlar dalada yoki maxsus punktlarda yig‘ish usuliga, ob-havo sharoi­tiga kartoshka biologik holati va foydalanishiga, saqlash xiliga qarab kuzda o‘tkaziladi.
Saralangan va saqlashga mo‘ljallangan kartoshka partiyasida tu­proq, tosh, shag‘al va o‘simlik qoldiqlari yirik va o‘rta vaznli tuga­naklarda 1% dan, mayda vaznlilar uchun 5% dan oshmasligi, umumiy mexanik shikastlangan tuganaklar salmog‘i ham 5% dan yuqori bo‘lmasligi shart.
Kartoshka saqlash uchun asosan doimiy va vaqtinchalik omborxo­nalardan, qisman uyum va yamalardan foydalaniladi.
Eng qulay va samarali usul omborxonalardan foydalanishdir. Chunki, unda harorat va namlikni boshqarish mumkin. Istiqbolli va keng tarqalgan usul bo‘lib, jahon kartoshkachiligida maxsus sovut­gichli omborxonalarda konteynerlarda saqlash hisoblanadi.
Konteynerlarda saqlash tashish, ortish-tushirish chog‘ida bo‘ladigan 12—15% shikastlanishga chek qo‘yadi va yaxshi saqlanish uchun sharoit tug‘diradi.
Sovutgichli omborxonalarda, konteynerlarda saqlashning sama­radorligi urug‘lik sifatining yaxshilanishi, hosildorlikning kes­kin oshishi N. N Balashev (1953), A. G. Martinenko, A. Rasulov (1969), A. Qodirxo‘jaev (1969), V. D. Pryaxin (1968), S. Mejidov (1970), V. M. Kuleshov (1976) kabilarning tadqiqotlarida ham tasdiqlangan.
Uzoq saqlashga mo‘ljallangan kartoshkada uchta davr o‘tadi:

Download 71,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish