18-mavzu: Kartoshkani ahamiyati, biologiyasi,navlari va yetishtirish texnologiyasi Reja


-jadval. Urug‘lik kartoshka dalalarining nav tozaligi va ka­sallanish darajasiga davlat standarti talablari (aprobatsiya yo‘li bilan aniqlanadi)



Download 71,2 Kb.
bet14/22
Sana21.05.2022
Hajmi71,2 Kb.
#605974
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
10-jadval. Urug‘lik kartoshka dalalarining nav tozaligi va ka­sallanish darajasiga davlat standarti talablari (aprobatsiya yo‘li bilan aniqlanadi)





Ko‘rsatkichlar

Kategoriyalar bo‘yicha normalar, %

I

II

III

1

Reproduksiyasi, kam emas

1

3

5

2

Nav tozaligi, % dan kam emas

100

97

95

3

Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha kasallangan (aynigan) o‘simliklar, %dan ko‘p emas

7,2

11,0

13,8

Shu jumladan:

a) og‘ir virusli kasalliklar (g‘adir-budur va chiziqli mozaika, barg buralish, gotika kabilar) bilan kasal­langan o‘simliklar

1,2

1,5

2,4

b) yengil virusli kasalliklar (haqiqiy mozaika, barg bujmayish kabilar) bilan kasallangan o‘simliklar

6,0

9,0

10,2

v) qorason bilan kasallangan tuplar

Man etiladi

0,5

0,7

g) xalqali va qo‘ng‘ir bakterial chirishlardan so‘ligan o‘simliklar

Man etiladi

Man etiladi

0,3

Urug‘lik kartoshka uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar haydalgan bedapoya, oraliq ekinlardan bo‘shagan dalalar, boshpiyoz va poliz ekin­lari hisoblanadi. Bunday o‘tmishdoshlar dalasiga ekilgan urug‘lik kartoshka gektaridan 3,7—5,3 tonna ziyod hosildorlikni ta’minlab, aynigan tuganaklar salmog‘ini 2—3 baravarga kamaytiradi.


Kartoshkaning aynishiga qarshi kurashning eng samarali usuli yozda kechki qilib ekishdir. Bunda tuganaklarning hosil bo‘lish va o‘sishi kech yoz va kuzning salqin davriga to‘g‘ri keladi. Natijada kar­toshka viruslar, bitlar bilan kasallanmagan, sog‘lom, aynimagan bo‘lib, mahsuldor urug‘lik hosili olinadi.
Respublikamizda sog‘lom, aynimagan, mahsuldor urug‘bop kar­toshka hosili olish uchun o‘rtapishar navlarni 15-30 iyunlarda tezpi­shar navlarni esa 1—15 iyullarda ekish eng qulay muddat hisoblanadi. Ana shu muddatlarda ekiladigan urug‘lik tuganaklar sun’iy sovutgichli maxsus omborxonalarda saqlanishi maqsadga mu­vofiq bo‘ladi.
5. Parvarishlashda kartoshka tupi atrofida tuproq va havo haroratini pasaytirish maqsadida bo‘g‘izga ko‘proq tuproq berish, qator orasini iloji boricha keng 90 sm qilib, zich (15—20 sm) ekish tavsiya etiladi. Shunday keng qatorlab va zich ekilib yetishtirilgan urug‘lik tuganaklar keyingi reproduksiyada qator orasi 70 sm va siy­rak (20—25 sm) qilib olingan urug‘lik tuganaklarga nisbatan bir xil sharoitda hosildorlikning 9—12 % yuqori bo‘lishini ta’minlaydi (T.E. Ostonaqulov, 1985).
6. Urug‘lik kartoshka o‘stirish texnologiyasining muhim element­lari o‘g‘itlash tizimi, sug‘orish rejimi va texnikasi hisoblanadi. Chunki, o‘g‘itlash hamda sug‘orish bilan o‘simliklarning o‘sish va ri­vojlanishini, ulardagi tuganak soni va yirikligini ham boshqarib, yuqori sifatli va mahsuldor urug‘bop hosil olish mumkin.
Tajribalarimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, urug‘lik kartoshka gektariga N150-200 P120-160 K75-100 kilogramm ta’sir etuvchi moddalar hisobida o‘g‘itlar solinib, tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisba­tan o‘suv davrida 75-85-85 % da ushlanib 11 marta 2-2-7 sxemada sug‘orilsa, olingan hosilda urug‘bop tuganaklar chiqimi 55-60 % ni tashkil etib, eng yuqori urug‘ sifatiga ega bo‘ladi. O‘rganilgan boshqa o‘g‘it normasi va sug‘orish rejimlariga nisbatan bir xil o‘stirish sharoitida gektaridan 2,5-3,0 tonna yuqori hosildorlikni ta’minlab, aynigan tuganaklar salmog‘i 2,1-2,6 % dan oshmaydi.
Urug‘lik kartoshka o‘stirilayotgan maydon tuprog‘ining o‘simlik ildizi tarqalgan qatlamini bir xil namlashda sug‘orish texnikasi­ning elementlari: egat chuqurligi, uzunligi va egatdagi suv oqimining tezligini aniqlash muhim rol o‘ynaydi. Bu boradagi taj­ribalarimizning ko‘rsatishicha, o‘rta nishablikdagi maydonlarda egat chuqurligi (qator orasi 70 sm bo‘lganda) 18-20 sm, uzunligi 90-120 metr, undagi suv oqimining tezligi sekundiga 0,10-0,15 litr bo‘lgani gektaridan 20-22 tonna yoki 380-407 ming dona urug‘bop tuganaklar olinishini ta’minlaydi.
7. Urug‘lik kartoshka yetishtirishning eng zarur tabdirlaridan biri paykalni (ekinni) begona o‘tlardan, boshqa navlardan, kasallan­gan o‘simliklardan toza saqlashdir. Buning uchun urug‘lik maydon­larda o‘suv davrida 3 marta tozalash (o‘toq) o‘tkaziladi.
Birinchi marta tozalash unib chiqqandan so‘ng o‘simlik bo‘yi 15-20 santimetrga yetganda, ikkinchi marta gullash davrida, uchinchi marta gullab bo‘lgach, palak sarg‘ayish davrida o‘tkaziladi. Nav tozalash dav­rida aynigan, boshqa navga xos tuplar, virus hamda bakteriya kasal­liklariga chalingan o‘simliklar yulinib (tuganagi bo‘lsa kovlanib) daladan chiqarib tashlanadi. Har bir davrda o‘tkazilgan tozalash ish­lari mutaxassislar tomonidan hujjatlashtirilib, dalolatnoma to‘ldiriladi.
8. Urug‘lik kartoshka yetishtirishda ekinni toza va sog‘lom saqlash maqsadida tup uya tanlash samarali usuldir. Buning uchun kartoshka gullash davrida sog‘lom, baquvvat tuplar belgilanib, kuzatishlar olib boriladi. Kasallangan va navga xos bo‘lmagan, aynigan tuplar brak qilinadi. Hosilni yig‘ishdan oldin tanlangan tuplar kovlanadi va har bir uya tuganaklari ko‘rinishi, sog‘lomligi, aynimaganligi, mahsuldorligi, vazni bo‘yicha tanlab olinadi. Talabga mos kelmaydi­gan tuplar uyasining tuganaklari brak qilinadi.
9. Urug‘lik kartoshka yetishtirish texnologiyasining muhim ele­mentlaridan biri hosilni kovlashdan oldin palaklarni o‘rib tash­lash yoki desikatsiya qilish hisoblanadi. Bu tadbir bir tomondan pa­lakning so‘ruvchi hasharotlardan zararlanmay urug‘lik hosilning vi­rus kasalliklardan sog‘lom, viruslar to‘planishidan himoya qilsa, ik­kinchi tomondan urug‘bop tuganaklarning yaxshi yetilishini va nati­jada mexanik shikastlanishini sezilarli kamaytiradi.
10. Urug‘lik kartoshkaning sog‘lom va hosildor bo‘lishi urug‘lik materialni saqlash usuli va sharoitiga ham nihoyatda bog‘liq. Iloji boricha urug‘lik kartoshka konteynerlarda sun’iy sovutgichli maxsus omborxonalarda saqlangani samarali hisoblanadi. Chunki, unda na­mlik, havo va haroratni boshqarish va qulay darajada saqlash mumkin.
Urug‘chilikni tashkil etish. Kartoshka tezpishar va o‘rtatezpishar navlar urug‘chiligini ertagi va ikkihosilli ekinlar, geterozisli duragay populyatsiyalar urug‘chiligini generativ ko‘paytirish asosida urug‘idan ko‘chat ekin sifatida tashkil etish eng samarali usullar hisoblanadi.
Respublikamizda kartoshkachilik asosan nisbatan salqin, chirin­diga boy, yer osti suvlari yuza joylashgan tuproqlarda yoki tog‘li hamda tog‘oldi yerlarda joylashtirilgan. Chunki kartoshka kelib chiqishiga ko‘ra, baland tog‘ rayonlar o‘simligi. Bunday joylarda tup-roq va iqlim sharoiti kartoshkaning o‘sish va rivojlanishi uchun nihoyat­da qulay bo‘lib, yoz oylarida o‘rtacha harorat tekisliklarga qaraganda 8—10° gacha past va namli bo‘ladi.
Tog‘li joylarda kunduzgi va tungi haroratlar o‘rtasidagi farqi ham tekisliklarga nisbatan ancha katta bo‘lib, o‘simlikda kunduzi to‘plangan assimilyatsiya mahsulotlari tungi soatlarda sarflanib ul­gurmaydi va natijada o‘simlik yer ustki qismlarida to‘planib, hujayra shirasining konsentratsiyasini oshiradi. Bu esa o‘z navbatida o‘simliknint sovuqqa chidamligini kuchaytiradi. Shuning uchun N. N. Balashev (1972, 1978) ta’kidlashicha, Pomir sharoitida kartoshka o‘simligi 7—8° sovuqqa bemalol chiday oladi.
Tog‘li sharoitning xarakterli xususiyati shundaki, u yerlarda quyosh radiatsiyasi kuchli bo‘lib, o‘simlikka jadal o‘sish, rivojlanish va mo‘l hosil to‘plash xos. Bundan tashqari tog‘ tuprog‘i chirindiga boy (3—5 % va ziyod), fizik xossalari yaxshi.
N.N.Balashev (1963, 1978), D.T.Abdukarimovlarning (1971, 1987) ta’kidlashicha, tog‘li sharoitlarda virusli kasalliklar va ularning tashuvchilari juda kam tarqalgan. Shuning uchun dengiz sathidan 1200 m va ziyod balandlikda yetishtirilgan kartoshka vi­rus va bakteriyalar­dan sog‘lom, va aynimagan bo‘lib, urug‘lik va boshqa sifatlari ancha yuqori bo‘ladi.
Tog‘li rayonlarda ham kartoshkaning ertapishar va o‘rtapishar na­vlarining urug‘chiligini tashkil etishda foydalanish kerak. Ular­ning urug‘lik tuganaklari may oyida ekilgani qulay muddat hisoblanadi. Bu yerlarda kartoshka o‘stirish texnologiyasi odatdagi­dek, lekin tuproq quyosh nuridan kam qizishi uchun, nam yetarli va chi­rindi ko‘p, qatlami qalin bo‘lganligi sababli, sayozroq (8 sm gacha) ekish, ekinni kam sug‘orish va fosforli o‘g‘itlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.
Viruslardan holi (virussiz) urug‘chilikning xususiyatlari. Kartoshkachilikda sug‘oriladigan yer, o‘g‘it, texnika va ishchi kuchi­dan foydalanish samaradorligi hamda olinadigan hosilning kamida 30-40 % i urug‘lik tuganaklarning sifati va sog‘lomligiga bog‘liq.
Fikrimizcha, respublikada kartoshka, maydonini talab darajasi­gacha kengaytirish va har gektardan yetarli hosil olish uchun urug‘chilikka, aniqrog‘i birlamchi, elita va ommaviy urug‘chilikka katta e’tibor berish shart.
Kartoshka urug‘lik tuganaklari surunkasiga bir necha (3-4) yildan ziyod ekilsa, issiq harorat (25° dan yuqori) tufayli so‘ruvchi hasharotlar (bitlar, tripslar, sikada kabilar) zararlab, turli vi­ruslar bilan kasallanadi. Natijada hosildorligi hosil sifati, to­varlik ko‘rinishi buzilib, ekologik va virusli aynish ro‘y beradi. Buning oqibatida hosildorlik 20-70 % gacha kamayadi. Ba’zi tuplar esa umuman hosil tugmay ham qo‘yadi. Shuning uchun jahon dehqonchiligida urug‘lik kartoshka turli xil viruslardan sog‘lomlashtiriladi va shu asosida viruslardan holi urug‘chilik tash­kil etiladi. Viruslardan holi, sog‘lom kartoshka yetishtirish faqat maxsus biotexnologik laboratoriya va teplitsalarda (issiqxonalarda) amalga oshirilib, maxsus tanlangan izolyatsiyalangan dalalarda alohida ko‘paytiriladi va elita tuganaklari olinadi.
Maxsus laboratoriya Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va O‘zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutlari qoshida tashkil etilgan bo‘lib, sog‘lom pro­birka o‘simliklari yoki mikro-tuganaklar yetishtirib berish imkoniya­tiga ega. Ertagi kartoshka yetishtirish texnologiyasi.

Download 71,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish