Agar haydovchilarga tushlik qilish uchun ajiratilgan vaqt 0,5 soat bo‘lsa,
avtobus ishda 17,1 soat, agar 1,0 soat ajiratilsa, 17,6 soatga teng bo‘ladi. Sutka 24
soatdan iborat ekanligi hisobga olinsa, avtobuslar ishga juda erta chiqib ishdan juda
kech qaytar ekan. Bunday hollarda haydovchilar mehnatini uchlangan usulini
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lar ekan.
Ikkitalangan usulda haydovchilar va chiptachilar mehnatini tashil etish
Bu usulda ikkita avtobusga 5 ta haydovchi va chiptachi biritiriladi. Ikkita
haydovchi har kuni bitta avtobusda yana ikkita haydovchi ikkinchi avtobusda
ishlaydi. Beshinchi haydovchi va chiptachi har ikkala avtobusda ishlab ularni
almashtirib boradi. Har to‘rt ish kunidan keyin haydovchilarga bir kun dam beriladi.
Haydovchilarni mehnatini bu usulda tashkil etilganda ularning ish vaqtini
yo‘lovchilar oqimini kunning soatlari bo‘yicha taqsimlanishiga qarab quyidagicha
tashkil etish mumkin:
1. Har bir haydovchining ish vaqti bir xil, ya’ni, 6,9 +0,38 7,28 soat.
2. Bitta haydovchining ish vaqti qisqartirilgan (o‘rtacha 5 soat) ikkinchisiniki
esa uzaytirilgan (o‘rtacha 9 soat). Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki,
ikkinchi usulni qo‘llaganda ish vaqtida avtobuslarni “tindirish” (otstoy) vaqti ham
ko‘zda tutilishi mumkin.
Ikkitalangan usulda haydovchilar ishini tashkil etish
Bu usulda har bitta avtobusda ikkita haydovchi 6 kundan ishlaydi. Ularni
almashuvi odatda oxirgi bektdalarning birida amalga oshiriladi. Har kuni bir
haydovchi birinchi smenadan keyingi kuni esa ikkinchi smenada ishlaydi. Har uchta
avtobus
brigadaga
bitta
almashtirib
boruvchi
haydovchi
biriktiriladi.
Haydovchilarning ish vaqti 7 soat, dam olish va bayram kunlaridan avvalgi ish
kunlari esa 6 soatdan qilib belgilanadi
Bir yarimtalangan usulda haydovchilar mehnatini tashkil etish
Bu usulda har ikkita avtobusga bittadan haydovchi biriktiriladi. Asosiy
haydovchilarnig dam olish kunlari (har ikki kunda) ularni uchinchi haydovchi
almashtirib turadi. Bu usulda ham uchtalangan usuldagi kabi har bir haydovchi oy
davomida 20 kun ishlaydi va 10 kun dam oladi
Bittalangan usulda haydovchilar ishini tashkil etish.
Bu usulda har bir avtobusga faqat bitta haydovchi biriktiriladi. Ish kuni 7 yoki
8 soatlik qilib belgilanadi.
Juftlangan usulda haydovchilar mehnatini tashkil etish.
Bu usulda har bir avtobusga ikki haydovchi biriktiriladi. Haydovi bir kun
ishlab bir kun dam oladi. Ish vaqti 11-12 soatni tashkil etadi.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: