18-AMALIY MASHG‘ULOT
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVCHILARNI TASHISHNI
TASHKIL ETISHNI O‘RGANISH
1. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish turlari va ularni tashkil etish.
2. Yo‘lovchilarni shaharlarda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro
yo‘nalishlarda tashish. Yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositalari va
haydovchilarga qo‘yiladigan talablar.
3. Yo‘lovchilar oqimi va uni kuzatish usullari.
4. Haydovchilar va boshqa xodimlar mehnatini tashkil etish.
5. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va bagajni tashish qoidalari.
1. Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish turlari va ularni tashkil etish
Shahar aholisiga ish joylariga, yashash joylariga, dam olish va boshqa maishiy
talablarini qondirish joylariga qisqa vaqtlarda etib borishlari uchun transport
vositalari talab etiladi.Tashishga bo‘lgan talab shahar hududining o‘lchamiga,
aholining moddiy ta’minlanganligi va madaniyat darajasiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. SHahar transportining eng ko‘p tarqalgan turlariga tramvay, avtobus,
trolleybus, yengil taksi avtomobili va metropoliten kiradi.
Ushbu yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari quyidagi
belgilariga qarab guruhlarga bo‘linadi:
Vazifasiga ko‘ra – umumfoydalanishdagi, yakka tartibdagi foydalanishdagi va
korxonalarga tegishli. Umumfoydalanish transport vositalariga: tramvay, trolleybus,
avtobus, metropoliten, yengil avtomobil-taksi, ikkinchisiga shaxsiy foydalanuvdagi
yengil avtomobillar, mototsiklllar, velosiped va mopedlar, uchinchisiga esa korxona
va tashkilotlarga qarashli avtobus va yengil avtomobillar kiradi.
Foydalanish tavsifiga ko‘ra – oldindan ma’lum yo‘nalishlarda tashishlarni
amalga oshiruvchi va yo‘lovchilar tomonidan belgilangan yo‘nalishlarda
harakatlanuvchi (turistik, buyurtmali) hamda yengil avtomobil-taksilarga bo‘linadi.
Tashish turiga ko‘ra – shahar ichida, shahar atrofida, mahalliy, shaharlararo,
xalqaro va turistik.
SHahar ichida ishlovchi avtobuslar ma’lum yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni
tashishga mo‘ljallangan bo‘ladi.
SHahar atrofi yo‘nalishlarida ishlovchi avtobuslar yo‘lovchilarni shahardan
shahar atrofiga tashishga mo‘ljallangan.
Mahalliy yo‘nalishlardagi tashishlar tumanlar markazlari, jamoa xo‘jaliklari,
aholi yashash joylarini birlashtirishga mo‘ljallangan.
SHaharalararo tashishlarga shahar va posyolka chegarasidan 50 km dan ortiq
masofaga tashishlar kiradi.
Xalqaro avtomobil transporti bilan yo‘lovchilarni tashishda davlatlararo
chegaralar kesib o‘tiladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlari mulkchilik
shakllaridan qatiy nazar tashuvchilar o‘rtasida tender asosida joylashtiriladi.
Yo‘lovchilarni muntazam (yo‘nalishli) tashish yo‘nalishlarida ishlash
huquqiga yo‘lovchilar tashishni tashkil etish bo‘yicha xududiy komissiya yoxud
boshqa vakolatli organ bilan tender kontrakta tuzgan tashuvchi ega bo‘ladi.
Avtobus haydovchisi nazorat punktlarida (avtovokzallar, avtostansilar,
nozimlik punktlari), harakat jadvalida nazarda tutilgan xollarda, chipta-hisobga olish
varaqasida kelgan va jo‘nab ketgan vaqti to‘g‘risida belgi qo‘ydirishi kerak.
Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo
bo‘lganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon his etganda avtobus harakati darhol
to‘xtatilishi kerak. Bu hakda eng yaqin avtovokzal (avtostansiya) nozimiga yohud
avtobus yoki haydovchini almashtirishi, tashishning bajarilishini ta’minlash
choralarini ko‘rishi majburiy bo‘lgan tashuvchiga xabar qilinadi.
Muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi xujjatlari yo‘nalish hududlari orqali
o‘tadigan davlat vakolatli organlarida hamda tashuvchilarda bir nusxadan saqlash
uchun etarli bo‘lgan nushalarda tuziladi.
Yo‘nalish xujjatlari zaruriyatga ko‘ra, yo‘lovchi oqimlarini o‘rganish asosida,
harakat sxemasi va avtobuslarning texnik tavsifi o‘zgarganda qayta ko‘rib chiqiladi
va tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |