UrDU Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Matkarimov Sanjarbek Axmedovichning Urganch akademik liseyida o'tkazgan «Master klass” bo’yicha
Bayonnoma
18 -oktyabr 2019-yil Urganch shahri
Qatnashdilar:
kafedra o`qituvchisi- Matkarimov S.A.,
kafedra dotsenti: Sharipov M., lisey direktori Kutlimuratov.A va lisey o`qituvchilari
KUN TARTIBI:
1. “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi nova Matkarimov Sanjarbek Axmedovichning “Informatika va Axborot texnologiyalari fanini o`qitishda zamonaviy o`quv texnik vositalardan samarali foydalanish” mavzusida o’tkazgan master klassi to’g’risida.
ESHITILDI :
Kun tartibidagi masala yuzasidan so’zga chiqqan kafedra dotsenti M. Sharipov darslarda zamonaviy o`quv texnik vositalardan foydalanishning afzalliklari haqida to`xtaldi. Kafedra o’qituvchisi S. Matkarimov tomonidan “Informatika va Axborot texnologiyalari fanini o`qitishda zamonaviy o`quv texnik vositalardan samarali foydalanish ” mavzusida o’tkazgan master klassi har tomonlama tahlil qilinishi lozimligini aytdi.
So’z o’qituvchi S. Matkarimovga berildi.U ma’ruza “Informatika va axborot texnologiylari fanini o`qitish metodikasi” fani bo’yicha KT: Informatika va AT yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallanganligini aytdi. Ma’ruza mavzusining asosiy maqsadi o’quvchilarning malakalarini shakllantirish va zamonaviy o`quv texnik vositalardan unumli foydalanishga o`rgatishdan iborat, bu esa hozirgi kundagi maktab oldida turgan asosiy vazifalardan ekanligini aytib o’tdi. Shuningdek, master klass orqali talabalar va o’quvchilarning o’qish dasturlari bo`yicha ko’nikma va malakalarini shakllantirish ham nazarda tutilganligini aytdi.
Liseyning direktori Kutlimuratov A master klass uchun ma’ruzachi puxta tayyorgarlik ko’rganligini, reja,tayanch tushuncha va slaydlar mavjudligini, zamonaviy o`quv texnik vositalardan unumli foydalanish bo’yicha yig’ilganlarga zarur metodik maslahatlar berganligini aytib o’tdilar.
Ma’ruza tahlilida kafedra dotsenti M. Sharipov o’z fikrlarini bildirdi. Darslarni yuqori saviyada tashkil qilishda zamonaviy o`quv texnik vositalarning ahamiyati bugungi kunning muhim vazifasi ekanligini, master klass shu jihatdan ilmiy va metodik tomondan barcha talablarga javob bo’lishini aytib o’tdilar.
Yuqoridagilarga asoslangan yig’ilish
QAROR QILADI :
1. Kafedra o`qituvchilari va lisey o`qituvchilarining axborotlari ma`lumot uchun qabul qilinsin.
2.O’qituvchi S. Matkarimov tomonidan lisey o’qituvchilari uchun mo’ljallangan “Informatika va Axborot texnologiyalari fanini o`qitishda zamonaviy o`quv texnik vositalardan samarali foydalanish” mavzusida o’tkazgan master klassi yuqori ilmiy-metodik darajada o`tkazildi deb hisoblansin.
Urganch akademik liseyi direktori : Kutlimuratov A
UrDU Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi a’zolari tomonidan Qo`shko`pir tumani ___-son maktabida “Muammoli ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida” mavzusida o`tkazilgan mahorat maktabining
BAYONNOMASI
2018-yil 17-sentabr
|
Urganch tumani
Qatnashdilar: Qo`shko`pir tumani _____ -maktabi direktori _________________, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari ________,maktab o‘qituvchilari, UrDU Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti I.Baltayeva va o’qituvchi G. Allabergenova
|
KUN TARTIBI:
1. Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti I. Baltayeva va o’qituvchi G. Allabergenova tomonidan “Muammoli ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida” mavzusidagi mahorat maktabini o`tkazish.
Qo`shko`pir tumani ____-son umumta’lim maktabi direktori _________________ bugungi ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil qilish har bir pedagogning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi. Urganch davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti I. Baltayeva va o’qituvchi G. Allabergenovalar zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilishga doir tajribalaridan namunalarni tavsiya qilish uchun kollejga tashrif buyurganini aytdi. Shundan so`ng dots. I.Baltayeva bu mavzuni tanlash va maktab jamoasi bilan birgalikda bu boradagi takliflarni ko`rib chiqish maqsadi ushbu mahorat maktabining asosiy vazifasi qilib belgilanganligini aytdi. Jumladan, u asosiy e’tiborni bugungi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri hisoblangan muammoli ta’lim texnologiyasiga qatardi. Jumladan, u shunday dedi:
Ta’lim jarayonida o’quvchilarni o’qituvchi aytganlarini bajaradigan ijrochidan ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilari darajasiga ko’tarish maqsadida o’zlashtirilgan bilimlarni tarbiyalanuvchi oldiga muammo shaklida qo’yish masalasi jahon pedagogikasida o’tgan asrning oltmishinchi, sho’rolar pedagogikasida yetmishinchi yillarda ko’tariladi. Bunday qarashni ilgari suruvchi tadqiqotchilar o’quvchini intellektual faoliyatga undovchi ichki ehtiyoj muammoli vaziyatlarda paydo bo’lishini, bu ehtiyoj uning oldiga qo’yilgan murakkab masala mohiyatini bilishga bo’lgan qiziqishdan tug’ilishini asoslaganlar. Ular o’quvchi muammoli vaziyatda butun qobiliyati, bor imkoniyati va hayotiy tajribasini to’liq safarbar etgan holda faoliyat yuritishni ilmiy-amaliy jihatdan isbotlab berganlar. Olimlarning tadqiqotlarida o’quvchi faolligini oshirish orqali bilimlarni o’zlashtirish samaradorligini ko’tarish maqsadi yetakchilik qiladi.
I.Baltayevaning bu mavzuga oid mulohazalarini o’qituvchi G. Allabergenova quyidagi fikrlari bilan davom ettirdi:
Darhaqiqat, fikrlashdan uzoqlashayotgan ta’lim oluvchilarni muammoli ta’lim mustaqil, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikrlashga o’rgatish, bu yo’lda uchragan to’siqlarni mustaqil ravishda, unga ijodiy yondoshgan holda bartaraf etishga layoqatli qilib shakllantirishda muhim rol oynaydi. U o’quv materiali o’zlashtirilganligini ko’rsatadi, uni mustahkam qiladi, bilimlarini qat’iylashtiradi. O’quvchida o’qishga ijobiy hissiy munosabat uyg’otadi, bilim olishga ichki ehtiyoj shakllantiradi. Bunday ta’limda bugungi tarbiyashunoslikning asosiy vazifasi - o’quvchida shaxslik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Muammoli ta’limga o’qitish jarayonidagi barcha kamchiliklarni bartaraf etadigan universal vosita deb qarash ham uncha to`g`ri emas, albatta. Muammoli ta’lim hamisha ham yuqori darajada samara beraveradigan hodisa emas. O’quvchilar egallanishi lozim bo’lgan bilimlar, ayrim hollarda kamroq kuch va vaqt sarflangani holda an’anaviy metodlar orqali ham maksimal darajada qabul qilishi mumkin. Bunda hamma narsani o’zlashtiriladigan materialning tabiati, o’quvchining bilimdonligi va mahorati hal qiladi. O’qituvchining rahbarlik roli muammoli ta’limda ham saqlanib qoladi. Aynan o’qituvchi o’quvchilarning umumiy va individual taraqqiyoti, egallagan bilim, ko’nikma, malakalari darajasi, qo’yilgan muammoning umumiy maqsadga qanchalik mosligidan kelib chiqib, zarur material tanlaydi.
Muammoli ta’limning asosiy xususiyati shundaki, unda o’quvchi oldiga bilim berishga yo’naltiradigan masalalarni qo`yishda ham, uning ma’naviyatini shakillantirish yo`lida ham savollar muhim o`rinni egallaydi. Ular muammoli vaziyat hosil qilishning asosiy sharti sanaladi. Bilim berishga qaratilgan savol o`quvchi uchun ma’lum qiyinchilik tug`diradigan darajada bo`lishi, bola avval egallagan bilimlarga mos kelishi, shu bilan birga, uning imkoniyatlari doirasida shakllantirilishi lozim. Ya’ni muammoli vaziyatlar bolalarning hayotiy tajribasi va nazariy bilimini hisobga olgan holda yaratilishi kerak.
Bunday masalalar qiziqarli bo`lishi ham shart. Bu muammoli ta’limdan bilimlarni o`zlashtirish jarayonida foydalanishning asosiy talablaridan birinchisidir. Bu narsa, ayniqsa, qiyin o`zlashtiradigan o’quvchilar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qiziqishning mavjudligi shaxs psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi, uni yuqori pog`onaga ko`taradi. Tafakkur jarayoni, xotira, diqqat, tasavvur faollashganda insonda ko`proq va chuqurroq bilim olish imkoniyati paydo bo`ladi. Bunday vaziyatlarda o`qituvchi tomonidan qo’yiladigan savol-topshiriqlar o’quvchining mustaqil fikrlashini talab qiladigan, ularni qiziqtiradigan, tuyg’ularini junbishga keltiradigan, ruhiyatni qo’zg’atadigan, befarq bo`lishiga yo`l qo`ymaydigan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, muammoli yo’l bilan o’zlashtiriladigan ma’lumotlar yangiligi, bugungi ilm-fan, hayot va bola shaxsi uchun dolzarbligi bilan ajralib turishi, darsda fikrlar tortishuviga, u yoki bu hodisaning hayotiy hamda nazariy jihatlarini taqqoslashga, atrofdagilarning fikrlarini qiyoslashga qaratilishi, bolani hayratga soluvchi, aqliga sig`maydigan jihatlarga ega bo`lishi kerak.
Muammoli vaziyat yaratish bilan o`qituvchi o’quvchilarni tafakkur jarayonining tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirish, tizimga solish singari jihatlaridan biri yoki bir nechtasidan foydalanishga yo’naltiradi.
Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to`liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texhologiyaga aylanib bormoqda.Shu asosda so’nggi davrda pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya sohasiga jadal kirib bordi.
Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi.Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o’quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi , tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi.
Kelajak avlod haqida qayg‘urish, barkamol insonni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati hozirgi ulkan islohotlar kechayotgan ta’lim tizimi zimmasidagi asosiy vazifadir.
Kollej jamoasi tanlangan mavzuning dolzarbligi va ma’ruzachilarning muammoli ta’lim texnologiyalariga doir fikr-mulohazalari, tavsiyalari ularning kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar. Maktab direktori _______________ maktab jamoasi nomidan kafedra dotsenti I.Baltayeva va o’qituvchi G. Allabergenovalarga minnatdorchilik bildirdi.
Qo`shko`pir tumani ____-son umumta’lim
Maktabi direktori: ______________________
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo`yicha direktor o`rinbosari: _________________
Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma UrDU Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Allabergenova Gulnoza Baxodirovnaga shu haqdakim, haqiqatan ham u 2018- yil 28-noyabr kuni Qo`shko`pir tumanidagi ___-son umumta’lim maktabi o’qituvchilari bilan “Informatika va Axborot texnologiyalari fanini o`qitishda zamonaviy o`quv texnik vositalardan samarali foydalanish” mavzusida master klass o’tkazdi.
Qo`shko`pir tuman ___-son umuta’lim
maktabi direktori : _________________________
Ma’lumotnoma
Berildi ushbu ma’lumotnoma UrDU Fizika-matematika fakulteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi Allabergenova Gulnoza Baxodirovnaga shu haqdakim, haqiqatan ham u 2018- yil 17-sentabr kuni Qo`shko`pir tumanidagi ___-son umumta’lim maktabi o’qituvchilari bilan “Muammoli ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil sifatida” mavzusida master klass o’tkazdi.
Qo`shko`pir tuman ___-son umuta’lim
maktabi direktori : _________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |