17-mavzu. Tarbiyaning mazmuni va vazifasi. Reja


-o‘quv savoli. Mardlik va jasuriik tarbiyasi. Vijdon erkinligi va ma’naviy



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana05.05.2023
Hajmi0,57 Mb.
#935497
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
17-MAVZU

 
2-o‘quv savoli. Mardlik va jasuriik tarbiyasi. Vijdon erkinligi va ma’naviy 
javobgarlik tarbiyasi.
Mardlik bu nima? - Mardlik deganda biz avvalabor ko‘z oldimizga O‘zbekiston 
Respublikasi uchun o‘z jonini ham ayamasdan qahramonlarcha Surxondaryoning 
Uzun va Sariosiyo, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, qirg‘iziston Respublikasining 
Botkent tumanlarida terrorchilar bilan jang qilgan va halok bo‘lgan harbiy 
yurtdoshlarimizni tushunamiz. 
Azal-azaldan yurtimizda mard va jasur insonlar yetishib chiqqan ular o‘z 
Vatanlari uchun jonlarini ham ayamaganlar. Tarixdan misol keltirsak qadimda 
oilada o‘g‘il farzand dunyoga kelsa unga ot mindirishgan, qilichbozlik san’atini 
o‘rgatilgan, uni mardlik va jasurlik ruhida tarbiyalashgan. Masalan, Alpomish 
Barchinoy uchun Boysundan qalmoqlar yurtiga borib mardlarcha kurashib, ularni 
yengib o‘z yurtiga yori bilan qaytdi. Bu faqat yori uchun bo‘lgan kurash emas, balki 
Vatanni obro‘sini sha’nini himoya qilish bo‘ladi. 
Oddiy cho‘pon SHiroq mardlik namunasini ko‘rsatib quloq burnini kesadi 
dushmanni ko‘p sonli qo‘shini ichiga kirib ularni cho‘lni ichkarisiga boshlab kirib 
aqli-zakovati, mardligi va jasurligi bilan yengadi. U o‘z Vatani uchun bu ishlarni 
qiladi, o‘zbek ayollari uchun Tumaris, Bibixonim, Nodira, qurbonjon dotxoh kabi 
tarixiy ayollarimiz go‘zallik va mardlik timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. 
Nodirabegim ayol boshi bilan dushmanga qarshi kurashib ulkan davlatni boshqaradi, 
bu ham o‘ziga yarasha mardlik va jasurlik talab etadi. 
Bobomiz buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur o‘z qo‘shiniga askar 
olayotganda ularni quyidagi sifatlariga: ularni ot minishiga, qilich chopishiga, 
kurash tushushiga, uning qaddi-qomatiga, xushmuomalaligiga, sadoqatligiga katta 
e’tibor bergan va bu askarlar uni hech bir jangda yuzini yerga qaratmagan. U o‘zini 
mardligi, jasurligi va yaxshi xulqi bilan ko‘rsatgan askarlarni yaxshi taqdirlagan, 
bunday askarlardan hech narsani ayamagan. 


Yaqin tariximizni olib qaraydigan bo‘lsak, juda ko‘plab allomalarimiz 
o‘zbekning asil o‘g‘lonlari ziyoliylari qatag‘on qilindi. Bular Abdulla qodiriy, 
Abdurauf Fitrat, Abduxamid cho‘lpon, Munavvar qori, Behbudiy, Abdulla Avloniy, 
Usmon Xo‘jaev kabilar hech qanday jangu jadal qilmadilar. O‘z zamonasining yetuk 
kishilari bo‘lgan bunday shaxslar yurtimizni mustaqillikka erishuvi uchun o‘z 
g‘oyalari va asarlari bilan xalqimizga yo‘l ko‘rsatuvchi yorqin yulduz mash’ali 
bo‘ldilar. 
Mustaqillik sharofati tufayli o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz, qadriyatlarimiz 
qaytmoqda. O‘z mustaqil milliy armiyamizga ega bo‘ldik. Endigi maqsadimiz milliy 
armiyamizni milliy kadrlar bilan ta’minlab uni shakllantirish edi, buning uchun 
armiyamizni professional tizimga o‘tkazish rejasi tuzildi. Biz tarbiyaviy ishlar 
bo‘yicha bo‘lg‘usi ofitserlar qismlarga borganimizda qo‘l ostimizdagi harbiy 
xizmatchilarni vatanparvarlik mardlik va jasurlik ruhida tarbiyalab ulardan haqiqiy 
professional qurollangan Vatan himoyachisini tayyorlaymiz. 
Bizni galdagi vazifamiz yurtimizni turli burchaklarida yig‘ilgan muddatli 
shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni mardlik va jasurlik, Vatanga sadoqat 
birbiriga hurmat ruhida tarbiyalash ularga ajdodlarimizni ma’naviy-meroslarini 
to‘laligicha yetkazish bir-birini og‘ir vaz’iyatlarda tashlab ketmaslikni doimo 
yordamga shay turishga sadoqat bilan xizmat qilishga yo‘naltirishdir. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mardlik va jasurlik bu bizga 
ajdodlarimizdan qolgan merosdir. Endi bizni vazifamiz shu merosni yoshlarimiz 
askar, serjant, zobitlarimiz ruhiyatiga to‘laligicha singdirishdir. Harbiylik-mardlar 
kasbi deb bekorga aytilmagan, harbiy bo‘lish vatan himoyachisi bo‘lib yetishish 
hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi, shuning uchun biz harbiy libos 
kiyganimizdan faxrlanishimiz mumkin va kelajakda askarlarga ham buni o‘qdirish 
bizning vazifamizdir. 

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish