Mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazishga
Mudofaa vazirligi huzuridagi
Jamoatchilik kengashi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot
markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi
va ularning hududiy bo‘linmalarining mutaxassislari keng jalb qilinadi.
Huquqiy tarbiya
- bu qonunni yaxshi tushunish, bilish, hayotga tadbiq etish,
ijrosini ta’minlash va har bir shaxsni ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday
faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayonidir.
Huquqiy tarbiyani, avvalo insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati,
umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabatlari belgilaydi.
Shaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi.
Huquqiy tarbiyaga ega bo‘lgan ofiser qo‘mondon talablari va qoidalariga
hurmat bilan qaraydi, harbiylarning boshqarishda o‘zini malaka va bilimlarini ishga
solib faol qatnashadi. Ko‘pincha kishilar huquq, qonun, burch, adliya kabi
atamalarni yaxshi bilmasliklari tufayli qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, javobgarlik
holatiga tushib qoladilar.
Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar oldimizga keng
ko‘lamli va o‘ta mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Ularni hal etish uchun yuksak aql-
idrok, kuch-quvvat va huquqiy bilim (tayyorgarlik) kerak. Bizning etarli darajada
katta hamda murakkab harbiy mexanizmimiz barcha bo‘g‘unlarida uyushqoqlik va
tartib intizomni yanada yuksaltirishi lozim, yakkaboshchilikni mustahkamlash va
qo‘shinlarga rahbarlik qilishni yaxshilash kerak, qism va bo‘linmalarda jangovar
shaylikni eng yuqori darajaga ko‘tarmoq lozim.
Harbiylarni huquqiy tarbiyasi bu davlatimiz tashqi va ichki siyosatining
tarkibiy qismi bo‘lib, uch asosiy tamoyilga ajiratiladi:
Siyosiy tamoyil - ular O‘zbekiston Respublikasi Konstiutsiyasiga, “Mudofaa
to‘g‘risida”gi qonunga, Mudofaa Doktorinasi va boshqa qonunchilik hujjatlarga;
Tashkiliy tamoyil - hozirgi zamon talablariga.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash tamoyili – qurolli Kuchlar
hayotiyligi va yuqori jangovar shayligining asosini tashkil etadi.
Harbiy xizmatchilarning davlat va harbiy mulkini asrash bo‘yicha huquqiy
madaniyati bilan (qonun va Nizomlar talabiga javob berishi) ifodalanadi. Huquqiy
madaniyat askarning huquqiy ongini o‘sishi, qonun va Nizom talablarini to‘g‘ri va
o‘z vaqtida bajarish uning kundalik hayotiy ehtiyojiga aylanishini ko‘zda tutadi.
Bunga tarbiyaviy ishlar tizimi, huquqiy targ‘ibot, harbiy darajadagi komandir
(boshliq)larning shaxsiy namunasi yordamida erishish mumkin.
Davlat va harbiy mulkni asrashda harbiy xizmatchilarning bu ish uchun
mas’uliyatini oshirish, javobgarlik hissini shakllantirish katta ahamiyatga ega.
Buning uchun harbiy xizmatchi harbiy mulkka keltirgan zarari (ishdan chiqarishi
yoki yo‘q qilish, foydalanish va saqlash tartibini buzganligi, o‘g‘irlash, yo‘qotish)
va boshqa qonun qoidalarni buzilishlari uchun qanday javobgarlikka tortilishini
eslatib o‘tish zarur.
Harbiy xizmatchilarga nisbatan qonun buzilishlarining turli ko‘rinishlari uchun
yuridik mas’uliyatning umumiy tomonlari amal qiladi. Harbiy xizmatning huquqiy
mavqeidan kelib chiqib javobgarlikning qo‘yidagi turlari ko‘zda tutilgan:
1. Intizomiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari Intizom
Nizomi talablari bilan belgilanadi;
2. Moddiy javobgarlik harbiy xizmatchilarning davlatga keltirgan zarari uchun
moddiy javobgarlik haqidagi maxsus Nizom orqali aniqlanadi;
3. Jinoiy javobgarlik davlat yoki harbiy mulkka nisbatan sodir etilgan
jinoyatlar uchun belgilanadi.
Xarbiy xizmat davomida har bir ofiser, serjant yoki askar xizmat mavqeiga
ko‘ra ma’lum miqdorda davlat yoki harbiy sirlaridan xabardor bo‘ladi. Bu albatta
har bir harbiy xizmatchini o‘z huquqini bilishi va unga amal qilishidir. Davlat va
harbiy sirlarini muhofaza qilish har bir shaxsning qonun va o‘z vijdoni oldidagi
muqaddas burchidir.
Konstitusiya inson va davlatning qonuniy huquq va manfaatlarini juda
muvaffaqqiyatli, uyg‘un tarzda muvofiqlashtiradi va kafolatlaydi, jamiyatda millat
va elatlarni, turli din va e’tiqoddagi odamlarni, turli partiyalar siyosatini namoyon
etuvchi va qo‘llab quvvatlovchi jamiyatning huquqiy tarbiyasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda
yaqindagina
“O‘zbekiston
fuqarolarning
huquqiy
madaniyatini tarbiyalash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Qonunni yaxshi bilmaydigan huquqiy madaniyati past odamgina o‘z
faoliyatida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yadi, qonunni hurmat qilishni bilmaydi.
Demak, biz huquqiy davlat quriyapmiz ekan, birinchi o‘rinda kelajagimiz
vorislari bo‘lmish yosh avlodning huquqiy ruhda tarbiyalashimiz kerak. Yosh
avlodni huquqiy ruhda tarbiyalash uchun barcha huquqni himoya qilish idoralari
yordamida o‘quv muassasalarida huquq darslarini o‘qitishini yaxshilash,
uchrashuvlar o‘tkazish, savol-javoblar anketasi to‘ldirib ularni talab-ehtiyojlarini
inobatga olish ahamiyatidan xoli emas.
Kishilarning jamoat joylaridagi erkinligi tinch osoyishtaligini saqlash uchun
davlat tomonidan shart-sharoit yaratilgan va kishilarning bu joylardagi erkinligi
qonun yo‘li bilan muhofaza qilinadi. O‘zaro munosabatlari, hatti-harakatlarida
kishilarning bir-birlariga bo‘lgan izzat-hurmatlari esa odob va axloq qoidalari
asosida jamoatchilik yo‘li bilan boshqariladi.
Qisqasini aytganda jamoat joylarida yurishning o‘ziga xos qonun-qoidalari va
axloq-odob talablari bor. Ana shu qoidalarga rioya qilish, jamoatchilik o‘rtasida
obro‘-e’tiborga ega bo‘lish har bir odam uchun zarur.
Odamdagi did-farosat, xulq-atvor odamlar bilan muomala va munosabatda
namoyon bo‘ladi. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar
bilan qurollantirish asosiy vazifalaridan biri hisoblandi. Toki jamiyatning har bir
a’zosi o‘z huquqi, o‘z burch va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj
sifatida anglamas ekan, bizning islohot yangilanish haqidagi barcha ishlarimiz
besamar ketaveradi.
Bugun harbiylarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu
masala bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi.
Harbiylardagi huquqiy ong, huquqiy madaniyat etarli darajada rivojlanmasa
Qurolli Kuchlarni asosiy mezonlarini buzilishiga olib keladi. Ochiq qilib aytganda
biz Konstitusiya va qonunda insonning huquqiy tarbiyasiga doir haq-
huquqlarimizni yaxshi bilmaymiz.
Harbiylarni huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy
madaniyatini balandga ko‘tarish, huquqiy axboratni keng ma’noda tushuntirib
berish-huquqiy davlatni qaror topishini negizlaridir.
Har bir kishi o‘zini o‘z mamlakatining haqiqiy fuqarosi deb his etishi, o‘ziga
berilgan huquqlar va erkinlaiklarni tushunib etishi va qadrlashi, og‘ir mehnatda, zo‘r
kurashda qo‘lga kiritilgan demokratik qadriyatlarni e’zozlash va himoya qilishi
lozim.
Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy
ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va
ularga buysunish madaniyati demakdir. Odamlarimizning eskicha g‘oyalaridan
qaytarib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lishi
kerakki, har bir kishi inson erkinliklari-ayni vaqtda muayyan burch majburiyat va
mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin.
Madaniyatimiz, tariximiz-bizning eng katta, ko‘z qorachag‘iday asraydigan
boyligimiz. Ular hech qachon eskirmaydi, inqirozga yuz tutmaydi, yaroqsiz holga
kelmaydi.
Savol tug‘ilishi mumkinki, harbiylarni huquqiy jihatdan tarbiyalash
(ijtimoiylashtirish) qachondan boshlanadi?
O‘zbek oilasi qadimdan ko‘p bolali deb hisoblangan, ko‘p bolali bo‘lib
yashashning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Masalan, oilada mehnat taqsimlanadi,
bajarilayotgan ishlar izchil uylab amalga oshiriladi. Oiladagi huquqiy tarbiya eng
muhim tomoni shundaki, avvalo oilada ota-ona o‘zlari huquqiy tarbiyalangan
bo‘lishlari kerak, chunki qush uyasida ko‘rganini qiladi. Shaxslarni huquqiy jihatdan
tarbiyalashda ularning yashab turgan sharoiti muhim ahamiyatga egadir.
A. K. Munavvarovning fikriga biz qisman qo‘shilishga majburmiz, “Sog‘lom
oiladan chiqqan jinoyatchi” - bu atama hozirgi kunda huquqshunoslar, pedagoglar
va sosiologlarni, voyaga etmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchilarni uylantirib
qo‘ymoqda.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ko‘plab shahar va viloyatlarda jinoyatga tortilgan
yoshlarning ko‘p qismi o‘ziga to‘q, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarda
tarbiyalanmaganligi aniqlangan. Bu har qanday holda asosiy sababni oiladan, uning
hayot bosqichlaridan, ma’naviy-axloqiy turmush tarzidan, qadr-qimmatidan axtarish
lozim
1
.
Harbiy qismlarda xizmat qiladigan ofiserlar, askarlar huquqiy tarbiyani vazifa
va mazmunini yaxshi bilib olishi zarur. Undan tashqari huquqiy tarbiyaning shakl
va usullarini ham tashkil qilishlari zarur.
Huquqiy tarbiyani samaradorligini shu tarbiyalanayotgan harbiylarning ongi
bilan belgilanadi. Huquqiy tarbiyaning usuli harbiylarni qonunga, hayotga,
jamiyatga, tabiatga, jamoat tartibiga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri shakllantirishiga
harakat qildiradi.
Ichki ishlar organlari faoliyatidagi huquqiy tarbiya usullariga dogma sifatida
qarab bo‘lmaydi, chunki bu usullarning rivojlanishi, shakllanishi hayotning o‘zi
ko‘rsatadi yoki boshqacharoq qilib aytganda, hech bir vaqt huquqiy tarbiyaning
tayyor resepti yo‘q, faqat huquqiy tarbiyalash metodikalari mavjud. Huquqiy
tarbiyadan keyingi bosqich-bu huquqiy ijtimoiylashtirishdir.
Harbiylarni huquqiy jihatdan ijtimoiylashtirishi ham o‘ziga xos san’atdir,
bunday san’at har kimga ham nasib etavermaydi. Harbiyni huquqiy jihatdan
ijtimoiylashtirishda ham harbiy qo‘mondon, harbiy bilim yurtlarini Nizomlarini
oldiga qo‘ygan umumiy qoidalarini roli juda kattadir.
Harbiy xizmatchilarning huquqlarini ta’minlashda quruqlash o‘zini-o‘zi
boshqaruv organlarining, harbiy boshqaruv organlari va komandirlarining
zimmasiga yuklatilgan.
Harbiy xizmatchi harbiy qasamyodni qabul qilmagunga qadar harbiy
lavozimga tayinlanishi, jangovar topshiriqlarni bajarishga jalb etilishi mumkin
emas; harbiy xizmatchiga qurol-aslaha va harbiy texnika biriktirilishi mumkin emas,
unga bandi qilish tarzida intizomiy ta’zir berilishi mumkin emas.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida, zarur
bo‘lgan hollarda esa xizmatidan tashqari vaqtda ham qurol saqlash, taqib yurish,
qo‘llash va foydalanish huquqiga egadirlar.
Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida ularning milliy
tuyg‘ulariga, urf-odat va an’analariga hurmat ko‘rsatilishi lozim. Harbiy
xizmatchilar bir-biriga hurmat ko‘rsatish, komandirlarga va kattalarga tartib
intizomni saqlashda ko‘mak berishga majburdirlar.
1
Мунавваров А.К.-«Оила педагогикаси». Тошкент, «Ўқитувчи»-1994 й. 65-бет.
Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning harbiy Nizomlarda
belgilangan qoidalari asosida tashkil qilishlari kerak. Taklif, ariza orqali murojaat
qilishda bevosita O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Intizom Nizomi
qoidalariga amal qiladi.
Harbiy xizmatchilar maxsus majburiyatlarni ijro etish uchun qonunchilik
hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarning umumharbiy Nizomlari
bilan belgilangan qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ladilar.
Barcha harbiy xizmatchilar, ularning harbiy unvoni va mansabidan qat’iy
nazar, qonun asosida tengdirlar va o‘zlarining huquqiy maqomlari xususiyatlarini
hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan
javobgarlikni zimmalariga oladilar.
O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar
boshqalarga nisbatan boshliq yoki bo‘ysunuvchi bo‘lishi mumkin. Boshliq
buysunuvchi uchun xushmuomala va bosiqlik namunasi bo‘lishi lozim.
Buysunuvchi boshliqning buyruqlarini vaqtida bajarilishi zarur. Agar u o‘ziga
nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lib, buyruqlarni bajarolmasa o‘ziga xos chora
ko‘riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |