Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi



Download 159,56 Kb.
bet1/6
Sana04.07.2022
Hajmi159,56 Kb.
#738955
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI BT YO’NALISHI

20\13 GURUH TALABASI BABAJANOVA SABOXATNING


TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI


FANIDAN KURS ISHI
Mavzu: Tarbiyaviy ishlar jaroyonida ”Avesto”dagi ta’lmiy-axloqiy qarashlarning pedagogik mohiyati
Kurs 20\13

Bajardi:Babajanova Saboxat Qudrat qizi


Ilmiy rahbar: Salimova Aziza Jumanazarovna


Tarbiyaviy ishlar jaroyonida”Avesto” dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarning pedagogik mohiyati.



REJA:

1. «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish zaruriyati

2. «Avesto»dagi pandnomalarning pedagogik mohiyati.

3. «Avesto»dagi - ta’limiy axloqiy qarashlar.


4. Zardusht barkamol inson timsoli.


5. «Avesto»da pedagogik g’oyalarning ifodalanishi.


6.«Avesto»da mehnatsevarlik va vatanparlik g’oyalarining ifodalanishi




XULOSA


Foydalanilgan adabiyotlar



Mavzuning dolzarbligi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: «Avesto» bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo’la­mizki, bu mangu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi.


«Avesto»ning tub ma’no–mohiyatini belgilab beradigan «ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal» degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoqchiman».
Darhaqiqat, «Avesto» - hikmat va saboqlar xazinasidir. Bu asar jahon sivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga beqiyos katta ta’sir ko’rsatdi, inson­ning har jihatdan barkamol va ozod bo’lishini madh etdi. Meloddan avval­gi II ming yillik o’rtalaridan I ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga kelgan «Avesto» ko’p qirrali asar bo’lib, u ilk davlatchilik munosa­batlari, ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’rifiy-axloqiy qarashlarning ibtidosi va takomili haqida qimmatli ma’lumot­lar beradi.
Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy me­ros, jumladan «Avesto» saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo’lib yetishishlarida ajdodlar an’anasi va o’tmish qadriyatlari muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida qayd ta’kidlanganidek, «milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftihor tuyg’usining shakllanayotgani, boy milliy, madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat yoshlar tarbiyasidagi muhim omil sanaladi».
Zero, «Avesto»da ifodalangan masalalar asosini ma’naviy-axloqiy qarashlar tashkil etadi. Axloqiy me’yorlar hayotning bosh mezoni sifatida bel­gilangan bu asarda shaxsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, xulq atvori haqida ibratomuz fikrlar o’z ifodasini topgan. Xususan, shaxs tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, hunar va ta’lim hamda ustozning o’rni kabi qator masalalar yoritilgan.
Shu­ning uchun ham ko’p asrlar davomida Sharqda yoshlarga ilmu ma’rifat o’rga­tish va odob-axloq fazilatlarini singdirishda zardushtiylik ta’limotiga amal qilib kelingan. Bu esa, «Avesto»dagi pedagogik, hususan, axloqiy tarbiyaga oid qarashlarni chuqur o’rganish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunga qadar «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarga oid ayrim maqolalar e’lon qilingan bo’lsa-da, ammo bu sohada maxsus dissertatsion tadqiqot amalga oshirilmagan.
Zardushtiylarning odob, yaxshi xulqqa doir hayotiy tajribalaridan hozirgi avlod, umuman, yangilanayotgan jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy kamolotiga erishish yo’lida ijodiy foydalanish imkonini yaratadi.
«Avesto»ga qiziqish o’zining uzoq tarixiga ega. U dastlab kitob shaklida tartib berilishi, so’ngra parokanda qismlarining qayta tiklanib, tugal holga keltirilishi (VI asr o’r­talarida) hamda XVIII asrdan hozirgacha tarjima va tadqiq etilishi kabi jarayonlarni boshdan kechirdi. Zardushtiylik ta’limoti, uning payg’ambari Zardusht hamda «Avesto» haqidagi qator qimmatli ma’lumotlar Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va boshqa Sharq allomalarining ilmiy-tarixiy hamda badiiy asarlarida uchraydi.

«Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish


Zardushtiylik insonning muayyan bosqichda tabiat va jamiyatga munosabati, narsa va hodisalarni o’ziga xos tushunish tarzi, ruxiy–ma’naviy e’tiqodi kabi omillar zaminida paydo bo’lgan. Xalqimiz ma’naviyatining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan ilk milliy-tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy–ta’limiy asoslar, avvalo, ana shu ta’limot bilan aloqadordir.
Tabiiyki, bu ta’limot birdaniga shakllanmadi. Moddiy–iqtisodiy va ma’naviy hayotning barcha jabhalarini insonparvarlik tamoyili asosida isloh qilishga qaratilgan zardushtiylik murakkab yo’lini bosib o’tdi. Barcha dinlardagi qat’iy qonun–qoidaga asoslanganlik unga ham xosdir. Zardushtiylik o’z farzlari va sunnatlari bilan ko’pxudolilik, jaholat, qirg’in, qavm va elatlararo nizolar, ma’naviy tubanlik, axloqsizlik kabi illatlarga qarshi kurashda vujudga keldi, chiniqdi, tugal ta’limotga aylandi.
Ilohiy va dunyoviy salohiyat sohibi, ezgulik yalovbardori Zardusht asos solgan bu din mazmuni umumbashariy ta’limiy mohiyati bilan katta nufuzga ega bo’ldi. Zero, «Sharq dinlari nafaqat ijtimoiy ong shakli, balki turmush tarzi hamdir, chunki ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi». Bu fikr zardushtiylikka to’la dahldordir. Uning muqaddas kitobi «Avesto» boshqa diniy kitoblar kabi qomusiy xarakterga ega bo’lib, odam va olam munosabatlari, shaxs faoliyati haqida juda boy ma’lumotlar beradi. Muhimi shundaki, bu qarashlarning umumiy mazmunini yagona nuqtada jamlovchi va zardushtiylikning tub mohiyatini ifodalovchi bosh g’oya bor: bu – go’zal ahloq, ma’naviy poklik, yetuklik hamda ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amaldir. Bu g’oyaga alohida urg’u berilishi va inson tafakkurining mutloq borliq bilan aloqadorligining ustuvorligi jihatiga ko’ra zardushtiylik boshqa dinlardan farqlanadi.
Pedagogika fanlari doktori S.Nishonova uqtirganidek, «Avesto»dagi axloqiy uchlik g’oyasi eng qadim davrlardan boshlab, kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ta’limiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo’ldi. Bu fikrni professor I.Jabborov ham quvvatlab, «Turli diniy tasavvurlar bilan boyigan zardushtiylikni sinkretik (qorishiq) din hisoblaydi va uning boy axloqiy g’oyasi keyinchalik jahon dinlari ta’limotlariga ta’sir ko’rsatganini» ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, ajdodlarimizning aql–zakovoti bilan yaratilgan «Avesto» kitobida­gi ilohiy mazmun va teran pedagogik qarashlar insoniyat tafakkuri tarihi­da alohida o’rin tutadi. Asardagi ijtimoiy, ta’limiy–axloqiy, diniy–ma’rifiy fikrlar o’zining umumbashariy mohiyati bilan hamma zamonlar uchun dolzarb va ibratlidir. Zero, O’zbekiston Respublikasi еспубликРеспубликаси Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «bu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayo­tiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi». Ana shu hayotiy mazmun tarkibining katta qismi axloq-odob masalalariga bag’ishlangandir. Shu bois, «Avesto» ezgulik falsafasi, axloq kodeksi hamdir.
«Avesto»dagi axloqiy qarashlarga munosabatda zardushtiylik ta’li­moti rivojidagi bosqichlar, kishilarning turli davrlarga oid turmush tarzi va ma’naviy-maishiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Tadqiqot­larda bunday bosqichlar uchtaligi ta’kidlanadi. Jumladan:
1) Jamiyat hali sinflarga bo’linmagan davrlarda urug’, qabila va elatlarning ijtimoiy-axloqiy qarashlari aks etgan bo’lib, unda ko’pxudolilik aqidasi saqlangan va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish mavjud edi.
2) Ko’pxudolilikdan yakka Tangri Ahura Mazda ta’limotiga o’tish va Zar­dusht payg’ambarlik faoliyatining boshlanish davri.
3) Ezgulik va yovuzlik kurashi, mazdaparastlik-zardushtiylik dini ta’limoti davri.
Bu bosqichlarning har biridagi ijtimoiy-axloqiy qarashlar «Aves­to»ning muayyan qismlarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, birinchi bos­qichga xos qarashlar, asosan, Yasht va Vendidodda aks etsa, ikkinchi bosqich uchun bevosita muallifi Zardusht bo’lgan Got (goh)lar xarakterli deb hisoblanmoqda. Uchinchi bosqichda yuqoridagi davrlarda mavjud bo’lgan qarama–qarshi aqidalar, kuchlarning yakka Tangri g’oyasi uchun murosasiz kurash jarayo­ni bayon etiladi. Ikkinchidan, deyarlik ikki ming yillik davrda shaklla­nib, takomillashib borgan bu ma’naviy ta’limot tarixiy sharoit va zamon­lar taqozosi bilan muayyan o’zgarishga uchragani tabiiydir. «Avesto»ning asl nusxasi qadimgi sankrit tiliga yaqin tilda yozilgan bo’lib, turli ofat va johilliklar natijasida uning ayrim qismlari nobud bo’lgani ma’lum. So’nggi asrlarda «Avesto» qismlariga turli axloqiy–ma’naviy, huquqiy qarash­lar, diniy urf–odatlar talqinlari qo’shilib borgan. Jumladan, sosoniy­lar sulolasining dastlabki podshohi Ardasher Bobokon Hirbadan nomli do­nishmandga «Avesto»ni qayta tiklash vazifasini buyurdi. U bir qancha zardushtiy ulomalar bilan hamkorlikda obidani qayta yozib olib, tartib beradi, shuningdek Shopur II davrida Ozarpod Mehrospod ham «Avesto»ning parokanda qismlarini to’plab, alohida majmua tuzadi . IX asrda o’rta forsiy tilda yozilgan «Dinkard» asarida «Avesto»ning tarkibiy qismlari, zardushtiylikning axloqiy, diniy–falsafiy va ma’naviy mundarijasi haqida ma’lumotlar keltirilgan .
Zardushtiylik dini va «Avesto» kitobining shakllanish va qaror topi­shidagi bu uzoq davrlar, shubhasiz, ular g’oyaviy mazmunidagi qarashlarning tarkibiy takomili, ijtimoiy tuzumlar bilan bog’liq jihatlarini ham ifodalaydi. Jumladan, zardushtiylikning ilk kurtaklari paydo bo’layotgan ibtidoiy jamoa davri uchun xarakterli axloqiy–ma’naviy qarashlar umummanfaatlarini ifoda etgan bo’lsa, sinfiy jamiyat va mulkiy tabaqalashish kuchaya borgan sari ular mohiyatida yuqori tabaqa vakillarining manfaatlari ham aks etgan. Lekin «Avesto»ning asosiy mazmun–mohiyatini ezgu­likni ulug’lash, inson shaxsining kamolotini ta’minlash uchun kurash g’oyasi belgilaydi. Zero, Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy aqidalarni o’rganib, ibodat bilan shug’ullanishga da’vat etibgina qolmaydi, balki ularni fao­likka, yaratuvchilikka undab, jaholatga qarshi ma’rifat uchun intilishga ruhlantiradi. Shuning uchun ham avestoshunos olimlarning Zardusht Sharq fal­safiy tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirganligini tan olishlari tasodifiy emas.
Zardushtiylik ta’limoti voqelikni ilohiy tafakkur asosida tushunish­ga asoslangan. Bu hol bashariyat ijtimoiy ongidagi dastlabki bosqichlarga oid tabiat va jamiyat haqidagi ibtidoiy tushunchalar bilan bog’liqdir. Jumladan, eramizdan avvalgi IX asrda shakllana boshlagan bu ta’limotda insonlarning tabiat hodisalarida ilohiy qudrat va pinhoniy sirni ta­savvur qilganliklari, muayyan timsollarni ularning ifodasi sifatida tushunganliklari aks etgan. Ko’pxudolik ham shunday tasavvurlar natijasi­dir. Davrlar o’tishi bilan voqelikni ilohiylashtirish jarayoni yakka xudo­likka olib keldi. Natijada umuminsoniy qarashlar ham ilohiylashtirildi, dunyoviy hayot muqaddaslashtirildi. Bu hol zardushtiylik ta’limotidagi ta’limiy–axloqiy qarashlarda ham aks etdi.
Shu bilan birga, «Avesto» va uning turli davrlarda yaratilgan qismlari mazmunida dunyoviylik, ma’bud va ma’budalar mohiyatida insoniylik (ko’pincha hukmdor, jahonpahlavon, malika) xislatlari namoyon bo’la boshladi. Boshqacha aytganda, ilohiy mifo­logik qarashlar saqlangan holda ular aniq hayotiy va inson taqdiri muammo­lari tasviriga qaratildi. Natijada barkamol inson va jamiyat munosa­bati kontseptsiyasi vujudga keldi. Mazdaparastlik ta’limotining butun mohiyati ana shu kontseptsiya talqinida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham «Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish, undagi hayotbaxsh g’oyalardan bugungi ta’lim tizimida foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish o’ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.



Download 159,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish