Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi


«Avesto»da pedagogik g’oyalarning ifodalanishi



Download 159,56 Kb.
bet4/6
Sana04.07.2022
Hajmi159,56 Kb.
#738955
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan kurs ishi

2.2. «Avesto»da pedagogik g’oyalarning ifodalanishi
Zardushtiylik ta’limotida shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy–ma’rifiy yetukligi g’oyasi asosiy o’rin tutadi. Bu g’oya «Avesto», «Dinkard», (Din sarguzashti», «Bundahshin» «Olamning yaratilishi») kabi kitoblarda va boshqa sharhlarda muayyan voqealar bayoni, savol-javoblar yohud pand–nasihatlar shaklida o’z ifodasini topgan. Kishilar, xususan, yoshlar ongiga axloqiy aqidalarni singdirishda ezgulik tamoyili bosh me’zon vazifasini o’tagan. Bu aqidalarni egallashda, avvalo, Ahura Mazda yaratgan yaxshilik olami ma’budlarini olqishlash, ular sha’niga namoz o’qish va qurbonliklar qilish zarurligi alohida ta’kidlanadi.
Shaxs kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan qarashlar ifodasi bo’lgan mazdaparastlik ta’limotida ezgulik motivlarini kuylovchi tarbiyaviy o’gitlar, asosan, ikki yo’nalishda aks etadi. Birinchisi – Ahura Mazda va u yaratgan ma’budlar, «O’lim bilmas valiylar» va payg’ambar Zardusht faoliyati bilan bog’liq, voqealardan chiqadigan xulosalar–saboqlar bo’lib, u bilvosita rivoyatlar, ilohiy sarguzashtlar talqinida ifodalanadi. Ikkinchisi esa bevosita pand–nasihat xarakteridagi kohinlar, ustozlar, Zardusht o’gitlari bo’lib, umumga qaratilgan murojaati shaklidadir.
Birinchi yo’nalish ko’proq «Avesto»ning boshqa nasklarida, shuningdek «Dinkard» va uning alohida nusxalarida hamda «Bundahshin»da kengroq aks ettirilgan.
«Avesto»ning barcha qismlaridagi axloqiy tarbiyaga xos bosh xususiyat – ezgulik g’oyasi orqali jamiyatni ma’naviy sog’lomlashtirish, insonni manfur va yomonlik illatlaridan xalos etishga intilishning ustuvorligidadir. Shu sababli zardushtiylarning turmush tarzi, ta’lim tizimi odamlar orasidagi o’zaro munosabatlarining asosiy mezoni axloq me’yorlari ekanligi ham tasodifiy emas.
Zardushtiylar hayotida ezgulikning tarkibiy qismlaridan biri – axloqiy tarbiya yagona tizim bo’lib, unda ta’lim jarayoni muhim halqadir. Bu jarayon asosini mazdaparastlik dini aqidalari, Ahura Mazda farzlari va Zardusht o’gitlarini o’rganish tashkil etadi. Ayniqsa, Yasht va Gohlarda bu masalalarga keng o’rin berilgan. Kishilar ruhiyatiga ezgu fikr, rost so’z va halol amalni singdirish ularni axloqiy poklash yo’li deb tan olingan. Bu fazilatlar bevosita oliy iloh Ahura Mazda tilidan yohud uning payg’ambari Zardusht tomonidan bayon etiladi. Bunda axloq–odobga ilm sifatida qaralib, tarbiyachi-murabbiylar, e’zgulik targ’ibotchilari o’rniga alohida e’tibor berilgan. Ular «yaxshi» va «yomon» toifalarga bo’linib, yaxshi muallimlar Yazdonga yaqin kishilar sanalib, «aql-u farosat bilan yovuzlikka qarshi kurashganlari uchun Ahura Mazda yo’lini tutganlar» deb hisoblangan.
Yuksak axloq sohibi shunday zotki, u Osha – Haqiqat bilan andisha qilib, faqat ezgulik yo’lini tanlaydi, komillik, abadiydik va saodatga intiladi. Bu jihatdan tarbiyachining o’rni o’zgacha, Yasnaning 32 – Gohida aytilganidek, «yomon tarbiyachi o’z ta’limi bilan ilohiy so’zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob aylaydi, odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va ezgu niyatdan bahrasiz aylaydi».
Ilohiy so’zlar – bu, avvalo, Ahura Mazda nomi bilan va uning sha’niga aytiladigan duolardir, ularni «teskari qilish» durvand–devlarga qo’l kelishidan ogohlantiradi, shuningdek, «tiriklik idrokiyu», «rostlik sarmoyasi» bo’lgan axloqiy kamolotga putur yetkazishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, yomon tarbiyachi nazarida quyosh va zaminni ikki ko’z bilan ko’rmoq gunohdir. Bu o’rinda zardushtiylik ta’limotida g’oyat e’zozlangan ikki ilohiy tushuncha – quyosh va zamin (yer)ga bunday salbiy munosabat axloqiy tubanlik va yovuzlikka mayllik nishonasi bo’lib, kishilarni porsolikdan chalg’itishga qaratilgan.
«Eng daxshatlisi, - filologiya fanlari doktori H. Homidov yozganidek, yomon muallim, ustod iymon–e’tiqodni kuydirib, odamlarni Yazdon yo’lidan qaytarib, johillik sari yetaklaydi. Vatan ravnaqi odamlarning ijodiy mehnatini ko’ra olmaydi, yer ochib, qo’sh haydab, ekin ekkanlaru bog’ bunyod etganlarga rashq ko’zi bilan qaraydi, xalqni esa qutlug’ an’analaridan mahrum etadi».
Har bir yoshning poklik, haqi halol, qo’li to’g’ri, nekbin bo’lib voyaga yetkazilishi ko’zda tutilgan. Ana shu ehtiyoj va talablardan kelib chiqib «Avesto»da tarbiyachilar, muallimlar, ustod-u mudarrislarning burchlari belgilangan. Ustoz haqida gap ketganda «Avesto»ning aksariyat qismlarida «ustodlar ustodi», «barcha bilim va hunarlar kaliti» Yazdon madh etiladi: u hamma narsaning yaratuvchisi, har ikki olam sehrini bilguvchi, barcha bilimlar egasi uni bandalariga in’om etuvchidir. Zardusht esa barcha pok niyatli odamlarga Yazdon buyurgan ilmlarni «yaxshilik yo’sini ila o’rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni ajrata oladigan qiladi, to’g’ri yo’lga hidoyat etadi» deyiladi. Zeroki, «kimda–kim aql-u farosat bilan yomonlikka qarshi kurashsa, u Ahura Mazda yo’lini tutgan bo’ladi». Xullas Yashtlarda Zardusht odamlar ruhiyatiga rost so’z, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustozlar peshvozi sifatida madh qilinadi.
Yaxshi ustozlar «sog’lom aql, xushli farzandlar, jasur, dono va turli tillarni biladigan o’g’il–qizlar, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o’g’lonlar, «yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlodni» tarbiyalaydi. Bunday muallim yoshlar qalbida o’z dini, xalqi, yurtiga mehr uyg’otadi, ularni halol mehnat evaziga rizq-ro’z topib yashashga o’rgatadi.
Nekbinlik, pokdomonlik, do’stlik-u hamkorlik, hamjihatlik-u xushravobinlik odamlarga faqat yaxshilik istash o’quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi, yodgorlik bo’lib qoladi. Goh va Yashtlardagi aksariyat parchalarda yaxshilik yomonlikka, adolat zulmga, donolik nodonlikka zid qo’yib tasvirlanib, birinchisi olqishlanib, ikkinchisi illat sifatida qoralanganidek, yaxshi ustozlar nodon ustozlarga qarshi qo’yib tasvirlangan. Yomon ustoz o’z loqaydligi, farosatsizligi, uquvsizligi, hunari, bilimi, malakasini takomillashtirish yo’lida zahmat chekmasligi bilan yosh avlodning, umuman, odamlarning zehnini o’tmaslashtiribgina qolmay, aqlini zanglatadi, hayotga, mehnatga bo’lgan munosabatlarini zaiflashtirib «ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo’yadi».
Zardushtning Tangri bilan muloqoti – Miroj voqeasi bayonida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida mulohazalar mavjud. «Noshud yomon muallim o’quvchi qalbidan hiradmanlikni yo’qotar ekan, ey Yazdon! Yomon ustoddan o’z panohingda asra», - deydi Zardusht.
Ilm va tarbiya tufayli barkamollikka erishishni targ’ib etuvchi umumbashariy g’oya Qur’oni karim va payg’ambar Hadislarida alohida ta’kidlanadi. Ularda uqtirilishicha, ilm insoniy barkamollik vositasi bo’lib, beshikdan qabrgacha o’rganish zarur. Bu yo’lda to’rtta shart – olim bo’lmoq yoki ilm o’rgatuvchi bo’lmoq, tinglovchi bo’lmoq yohud ilmga muhabbatli bo’lmoq zarurligi uqtirilib, «beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan», deyiladi.
«Avesto», avvalo, ta’lim-tarbiya va ezgulik kitobidir. Unda axloq va axloqsizlik, poklik va razillik o’zaro zid bo’lib, u ezgulik va yovuzlik olamlari o’rtasidagi kurashning tarkibiy qismidir. Bunda yaxshi andisha, yaxshi so’z va yaxshi amal ilohiylashtirilib, bu uch asl nom bilan atalgan muqaddas ruhlarga uch marta namoz o’qilgan, bularning teskarisi bo’lgan yovuz ruhlar esa la’natlangan. Chunki inson komillikka intilar ekan, axloq aqidalariga e’tiqodli bo’lib, zulmat ichida qolmasligi uchun o’z qalbida haqiqat va rostlik chirog’ini yoqishi, jaholat pardasini chil-parchin qilmog’i kerak, deb ta’lim berilgan. Bu hol ma’rifatga asoslangan ezgulik olami – axloq dunyosi bilan jaholatga qoplangan yovuzlik olami – tubanlik dunyosi o’rtasidagi kurash talqinlarida yorqin aks etadi.
Zardushtiylik ta’limotida ezgulik, avvalo, yaxshi fikrni ifoda etuvchi ezgu so’zdan boshlanadi. Bunday so’zlar ancha bo’lib, har biri ezgulikning muayyan qirralarini ifodalaydi va kishilar ruhiyatiga ta’sir etadi. Bunday so’zlarni mohiyatiga ko’ra, shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin.
1) Eng ezgu so’z – Oliy iloh nomi – «Ahura Mazda» so’zi.
2) Yakka Tangri nomidan aytiladigan ilk so’zlar – ilohiy duolar.
3) Dunyoviy mohiyat kasb etuvchi rost, haqqoniy so’zlar.
Zardushtning Ahura Mazdadan «mening dilimga solgan ilk so’zing ne edi», deb so’rashi ham tasodifiy emas. «Yasna»ning 19 – Gohida Oliy Iloh bu ilk so’z – «Ahuna Vayrah» deb javob beradi. Mazdaparastlarning ushbu mashhur duosi har bir zardushtiy tilida doimo takrorlanadigan olqish va hamdu sanolar bo’lib, uning mazmuniga ezgu amal, andesha, bunyodkorlik, darveshlarga panohparvarlik Ahura yo’li ekanligi ulug’lanadi. Unga amal qilgan kishi esa ezgulik ne’matlaridan bahramand bo’ladi. Bu Ahura Mazda tilidan shunday bayon etiladi: «Kimki bu jahoniy tirikligi davomida «Ahuna Vayrah»ni yoddan tilovat qilsa yohud uni xotirasida saqlasa yohud uni lab ostida sekin zikr qilsa yohud kuylayotgan chog’ida uni olqishlasa Men–Ahura Mazda uning ruhini Chirvod ko’prigidan olib o’tib, uch karra behishtga – eng oliy tiriklik – eng oliy Osha – Haqiqat, eng oliy yorug’likka olib boraman.
Ezgulik ma’nosini anglatuvchi so’zlar muqaddas bo’lib, ularga munosabat axloqiy me’yorlarga dahldor hodisa sifatida qaralgan. Shunday so’zlar qatorida «Ahu» va «Rtu» so’zlari, ayniqsa, qadrlangan va Ahura Mazda farzlari tarkibida ularga katta o’rin berilgan. Bu ikki so’z ko’p hollarda birgalikda ishlatilib, Oliy iloh va Zardushtning sifatlari tarzida keladi va dunyoviy shodlik, jonni saqlash, inson umrini asrash ma’nolarini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu so’zlarning zardushtiylar tomonidan «aytilgan, tilga keltirilgan va o’qilgan barcha so’zlar orasida eng zaruri» ekanligini ta’kidlab, Ahura Mazda kishilarga shunday iltijo qiladi: «Bu so’z shu qadar qudratlidirki, agar insonlar uni o’rgansalar va yodlarida saqlasalar, ular o’lim nimaligini bilmaydilar. Bu bizning so’zimiz. Har bir jahon ahli Osha – Haqiqatning oliy nurlari va Hidoyati bilan uni yod olsinlar, fikr qilsinlar».
«Avesto»da ta’kidlanishicha, barcha ezgu so’zlar Ahura Mazdaga tegishlidir. Bu so’zlarning tub mohiyati axloqning uch tamoyiliga ham «ezgu» so’zining qo’shilishida (ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal) yorqin mazmun–mohiyatini izohlab, kishilarni ularga rioya qilishga undaydi (20 – Gohda). Jumladan, «Do’stlikka chinakkam do’st bo’lganlarga eng oliy ezgulik muyassar bo’ladi», «Osha – Haqiqatning jamiki fayz–shukuhi, kuch–qudrati haqiqat istovchilarga muyassar bo’ladi», «Haqiqatni aniqlovchilarga haqiqatning mukofoti nasib etadi» kabilar.
Kishilarni ezgulikka yo’llashda ezgu so’zning o’rni alohida ta’kidlanib, u pok fikrning ifodasi va inson axloqining tarkibiy qismi hisoblangan. Shuning uchun kishilarga so’zda, mulohazada va kundalik hayotda pok e’tiqodga suyanish tavsiya etilgan. Hususan, so’z va ish birligi g’oyasi alohida ta’kidlangan.
Zardushtiylar hayotida so’zning o’rni va qudrati, inson shaxsi va ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyatiga donishmandlik ramzi sifatida alohida urg’u berilgan. Subutsizlik, aytilgan so’zga amal qilmaslik qattiq qoralangan. Vendidodning 4 fargardi, 2–bo’lim, ikkinchi qismida Zardusht «Ey dunyoni yaratuvchi zot! Ey haqiqat! qasamlarning sanog’i nechtadir, deb so’raydi. Ahura Mazda mening qasamlarim oltita bo’lib, birinchisi so’z qasamidir, deb javob beradi. Qasamlar boshida so’z qasami turishi bejiz emas. Chunki insonning ichki dunyosi va fikri, avvalo, so’zda ifodalanadi, iymon e’tiqodi aytgan so’zida va qilgan ishida aks etadi. So’zdagi ma’no–mazmun shaxsning aql–farosat darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham Vendidodning uchinchi qismida kim so’z qasami yolg’iz so’zning o’zigina deb tushunsa, uni qo’l qasami bilan tuzatish va unga tavqi to’latish zarurligi aytilgan. Bundan tashqari, yaxshilik ma’budasini ulug’lovchi duolar faqat ezgu so’zlar bilan ifodalanishi so’zga e’tiborini yanada kuchaytirgan. Zardushtiylik marosimlarida «Men zardushtiylik diniga sodiq bo’lishga va’da beraman, men ezgu fikrlar, yaxshi so’zlar, yaxshi ishlarga ishonaman» kabi so’zlar orqali qasamyod qilishgani bejiz emas.
Quyoshni samoviy safarda kuzatuvchi ma’bud Mitra ta’rifiga bag’ishlangan Yashtda ham ezgu so’z talqinlariga keng o’rin berilgan. Bunda kishilar Mitraga sig’inib, «muqaddas so’zlar-u sidqidildan so’zlamoq» namunasini ko’radilar.
«Avesto»dagi ezgu so’zlar real va ruhiy olamga bab-baravar tegishlidir. U insonning jismi va ruhini poklashga, jismoniy va ma’naviy yetuklikka xizmat qiladi. Uning qalbi ezgu niyatlar va Tangriga sadoqat tuyg’ularini jo etadi, yovuz kuchlar kirdikorlarini fosh qiladi. Bunda ustozlar, kohinlar o’gitlari va murabbiylar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bunga katta e’tibor berilgan.
Inson xarakterini belgilovchi beshta asosiy xususiyat «Avesto»da ta’riflangan. Ulardan ikkitasi bevosita ezgu so’zga aloqadordir. Bular so’zning aniq va ma’noli bo’lishi hamda oliy Tangri Ahura Mazdaga e’tiqod faqat ezgu so’z bilangina ifodalanishidir. Zero, kitobda «eng muhim so’z qaysi?» savoliga «burch», «saxiylik», «yaxshi niyatni ifodalovchi so’z» kabi javoblarni uchratish mumkin. Shuningdek, inson faoliyatining mohiyatiga aloqador o’zak vositalar sifatida aql, bilim, odob qatorida ezgu ish bilan uyg’unlashgan ezgu so’z ham qayd etiladi.
Rostgo’ylik va haqgo’ylik tangrining nomi bo’lib, «Avesto»da bular odamlarni hidoyat yo’liga boshlovchi fazilatlardir. Rostgo’ylik, ezgu so’z kishilar qalbini pok, dilini ravshan qilib, unga amal qilganlar tangri inoyatiga musharraf bo’lishi ta’kidlanadi. Shuning uchun rostgo’ylikka undovchi har bir kalima ilohiylik bilan muhrlangandir.
Qadimda kishilarning so’zda sehr bo’lishi haqidagi qarashlari «Avesto»da ham aks etgan. Jumladan, Vendidodning yigirma birinchi fargardida so’zning sehrli kuchi, xastaliklarni davolashdagi o’rni xususida fikr yuritiladi. Ezgu so’zlar bilan davolashda oliy ilohni ulug’lovchi duo va oyatlarni bexato qiroat bilan o’qish, muhimi har bir kalimada haloskorlik mo’jizasi borligiga ishonish talab qilinadi. Zero, ezgu so’z ruhiyatga oziq, xasta dilga malham, kayfiyatga ko’tarinkilik bag’ishlovchi vosita sifatida e’zozlangan.
«Avesto»da ezgulikni ifoda etuvchi va bevosita dunyoviy ma’no ustuvor bo’lgan so’zlar ishtirokidagi hikmatlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
1) ta’limiy – axloqiy o’gitlar. Bular mashhur tarixiy shaxslar va murabbiylarning farzandlarga yohud umuman, kishilarga qarata murojaat nasihatlaridir. Bular ikki xil:
a) o’zgalar so’zlariga munosabatni ifodalovchi nasihatlar: «Eshitganlaringga diqqat bilan quloq sol», «Yovuz va yolg’onchilar nutqiga quloq solma», «Boshliqni ulug’la, uni hurmat qil va so’zlariga quloq tut», «Ulug’ martabali donishmand kishilarni e’zozla, so’zlariga quloq sol» va boshqalar.
b) O’zing aytadigan so’zga aloqador nasihatlar: «Hech kimga yolg’on gapirma», «Rostga ham, yolg’onga ham qasam ichma», «Aniq gapir. O’ylamay so’ylama», «O’tkir so’zni gapir, so’z – ezgu nutqdir. Ammo sukut ham bor. Sukut – nutqdan afzal», «Ikkiyoqlama gapirma», «O’zing zarar ko’rmayin desang, yig’inlarda yolg’onchining yonida o’tirma», «Shilqim va ezma bo’lma» kabilar.
2) Ta’limiy–axloqiy xarakterdagi hikmatlarga aylangan umumlashgan xulosalar: «Rost so’z sendan qoladigan qutlug’ yodgorliklar», «Haqgo’ylik va rostlik Tangri odatidir», «Kim yolg’on so’zga og’iz ochsa, baxt qushi undan qochadi», «Gapiruvchi nodon bo’lsa ham eshituvchi dono bo’lmog’i zarur», «Sukut – eng buyuk odat», «Ovqatlanish paytida gapirmoq gunohi azimdir» va boshqalar.
«Avesto»ning turli nashrlari va tarjimalaridan keltirilgan so’z fayzi haqidagi ushbu namunalarda qadim ajdodlarimizning turmush saboqlari umumlashgan bo’lib, ular asrlar davomida xalq orasida keng qo’llanilib kelindi, ba’zi hikmatlarning biroz o’zgargan turdosh variantlari paydo bo’ldi, lekin ularning tub mohiyatidagi «so’zdagi sehr, she’rdagi hikmat» ma’nosi hozirda axloqiy qadriyat sifatida yashab kelmoqda.
Ezgulik ne’matlaridan kishilarni bahramand etishda yaxshi va halol amallarning alohida o’rni bor. «Nomkammal jahonning komillik sari intilishida ezgu amal asosiy omil bo’lib, u avvalo, jaholat va zulmni qoralash, insonning ozod va erkin yashashiga, ijodiy intilishlarini quvvatlashga, umuman, har jihatdan poklanishiga qaratilgan. Jumladan, ezgu amal «...yaxshi ishlash, omonatga xiyonat qilmaslik, ojizlarni qo’llash, serg’ayrat bo’lmoq, ota–ona va ustod hukmiga farmonbardor bo’lmoq, xalq, Vatan uchun xizmat qilmoq, mehmondo’stlik, parhezkorlik, yomon ishlardan yuz o’girmoq, mehribonlik, insonparvarlik, jamiyat qonunlariga itoat etmoq, o’tganlarni esda tutmoq, haqiqat talab bo’lmoq, be’morlar holidan xabar olib turmoq, muhtojlarga yordam berish, o’z ishi va kasbiga mehr qo’yish, adolatli bo’lmoqdan iboratdir.
Bu amallarning har biri kishi qalbidan yomon niyatlarni quvishga dilini ravshan, iymonini but qilishga xizmat etadi. Shuning uchun ham ezgu amal sohibi shu yaxshi me’yorlarga rioya qilishi va boshqalarni ham shunga da’vat etishi savob sanalgan. Zero, «Har bir ayol yo er o’zi durust va yaxshi deb bilgan narsasiga amal qilishlari va boshqalarni ham ogohlantirishlari hamda ular ham o’sha narsaga amal qilishlari kerak» (Yasna, 35–Goh). Bunday kishining qalbi pok, xulqi xush bo’lib, hunar va ilm egallasa, foydali mehnat bilan shug’ullanib risqi-ro’zi halol bo’lsa, uning amali sobitqadam, so’zi chin bo’ladi. Bu esa ikki olamda ham eng go’zal sanalgan fikr, so’z va amal bo’lib, oxirat mukofoti umidida ular olamni obod aylab, unga fayz bag’ishlash» uchun donolar-u nodonlarga bayon etiladi.
Mazdani butun mavjudotga yaxshilik istovchi Yakka Tangri sifatida tan olgan insonlar uni va boshqa ezgu martabali zotlarni haqiqatdan ogoh ilohlar deb bilib, ularni har ikki jahonda ham o’z tani va jonlariga panoh bo’lishlarini» istaydilar va o’zlari ham ezgulik yo’lini tanlaganlarini bayon etadilar. «Jonu dili bilan yaxshilikka intilishiga» ahd qilgan zardushtiylar, avvalo, zamin va osmonni hamda ezgu narsalarni olqishlashga qasamyod qiladilar. «Abadiy feruzlik va saodat bag’ishlovchi» haqiqat va yaxshilik bilan o’z orzularini bog’laydilar. Bu jihatdan ezgulik olamiga boshdan oyoq osoyishtalik va kenglik orzu qilganlari haqidagi quyidagi so’zlari xarakterlidir: «yaxshilik orzusi, yaxshilik mukofoti, burungi va kelgusi ezguliklar–abadiy saodatning moyasi. Biz eng ulug’, eng a’lo, eng go’zal qismatdan bahramand bo’lg’aymiz. Amshosipandlarni (barhayot zotlarni), olqishlaymiz, e’zozlaymiz, hushnudlik tilab, tahsinlar o’qiymiz».
Bunday eng a’lo va go’zal qismat avvalo ezgulik g’oyasi, tinch mehnat, poklik va osoyishtalik tushunchalari bilan bog’liqdir. Negaki, zardushtiylik ta’limotida bosqinchilik, zo’ravonlik va tubanlikka zid tarzda osudalik, yaratuvchilik va ma’naviy poklik tuyg’ulari ustuvor darajada madh etiladi.
Olijanob fazilatlar tantana qiladigan, adolat ulug’lanadigan jamiyat hayoti go’zal hisoblangan. Ahura Mazdaga madadkor bo’lgan ilohlar «abadiy ezgulik», «yahshi fikr», «yahshi tartib», «munosib qudrat», «ilohiy tobe’lik», «sihat-salomatlik» kabi tushunchalarning homiylari bo’lib, tabiat va inson hayotiga osoyishtalik va poklik ato etishga da’vat etilganlar.
«Avesto» yigirma bir yashtining o’n oltinchisi «Din Yasht» bo’lib, bu qasida iloha Chistaga bag’ishlangan hamd va alqovlarni qamrab olgan. Etti bo’limdan iborat ushbu Yashtda zardushtiylik ta’limotining falsafiy–ahloqiy mohiyati, ezgulik talqini o’ziga hos ifodalangan. Avvalo, bu hususiyatni «Chista» so’zining ma’nosi – bilim deyish ogohlik ekanligini aks ettiradi va ilm-u zakovot ilohasidir. «Eng to’g’ri» va «oq libosda» sifatlari ham uning ma’naviy kamolotiga ishora bo’lib, unda ilm, fan va din uyg’unligi mujassamlashgan. Ikkinchidan, Mazdaga e’tiqodning kuch-qudrati va yaxshilik sharofati Zardusht misolida ibrat qilib ko’rsatiladi.
Ezgulik -insoniy qudratning asosidir. Ezgu amallar tufayli osoyishtalik va saodat vujudga keladi. Yaxshi amallarni bajargan kishi har doim haqqoniylik va rostlik yo’lidan yurib, jamiyat manfaatlarini himoya qilgan shaxsgina ezgulik sohibi bo’la oladi. Lekin yaxshilikni osongina targ’ib qilishning iloji yo’q. Yaxshilik har doim yomonlik bilan kurash jarayonida g’alaba qiladi. Zero, poklik va halollik timsoli - ezgulik o’zining zidi bo’lgan yovuzlikka qarshi kurashda shakllangan va takomillashgan. Ezgulik insonni haqiqat yo’liga da’vat etib, uni ma’naviy barkamollikka yo’llasa, yovuzlik uni razolat yo’lidan tubanlikka undab kelgan. Shuning uchun ham ezgulikka inson qanchalik mehr bilan intilsa, yovuzlikdan shunchalik nafratlanib, yiroq bo’lishga harakat qiladi.
«Avesto»da yovuzlik olami devlar timsolida ifodalangan bo’lib, uni Ahriman boshqaradi. Ahura Mazda yaratgan go’zallik, yaxshilik va axloqqa qarshi Ahriman hunuklik, yomonlik va axloqsizlikni yaratadi. Bu ikki kuch o’rtasidagi kurash talqinlarida ezgulikning g’alabasiga ishonch «Avesto» qismlarining barchasida aks etadi, yovuzlik esa qattiq qoralanadi. «Vendidod»da yovuzlik qilmishlarining bayonida bu hol yaqqol ko’rinadi. Jumladan, bu yovuzlik dastavval devlar tomonidan muqaddas zaminni bulg’ashda namoyon bo’ladi va zamin shunday qayg’u–g’am makoniga aylangan joylar Ahura Mazda tilidan uchinchi fargardning ikkinchi bo’limida shunday izohlanadi: bunday joylar beshta bo’lib, ular – «do’zax mog’orlaridan chiqqan devlar jam bo’ladigan Arizvar tog’i», «odamlar va itlarning ko’p murdalari tuproqqa ko’milgan joy», «sanoqsiz dahmalarda murdalar qalashtirib tashlangan joy», «Ahriman yaratgan maxluqlar in qurgan makon» va «ko’chada o’ldirilgan kishining ortidan xotini va farzandlari oh-u fig’on chekib borayotgan joydir».
G’oyat chuqur mazmunga ega bo’lgan bu da’vatlar insonni mukarram bo’lish, uning axloqi va ma’naviyatini birinchi o’ringa qo’yib, uni bunyodkor hilqat sifatida e’zozlash zarurligi hozirgi davrda ham dolzarblik va ahamiyat kasb etmoqda. Zero, qadimiy, lekin barhayot umuminsoniy qadriyatlarimiz bugungi ma’naviyatimizning poydevoridir



Download 159,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish