maktabgacha ta’lim muassasalarida:
- harbiy-vatanparvarlik ruhidagi she’r va qo‘shiq o‘rgatish, ertak va hikoyalar
etkazish;
- teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etish;
- tegishli mavzularda rasm chizish, shakllar yasash tanlovlarini o‘tkazish;
- harbiy-vatanparvarlik ruhidagi multfilmlarni namoyish etish;
- harbiy-vatanparvarlik bog‘lariga ekskursiyalar uyushtirish;
- maktabga tayyorlov guruhlarida “Men ham harbiy bo‘laman!” shiori ostida
estafetalar o‘tkazish;
- ofiser, serjantlar, kursant va “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari ishtirokida
uchrashuvlar tashkil etish.
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida:
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini tashkil etish;
- “Temurbeklar” harbiy-sport o‘yinlarini tashkillashtirish;
- “Vatanga xizmat-sharafli burch!” mavzusida insholar va rasmlar tanlovini
o‘tkazish;
- harbiy qismlarga ekskursiyalarni, “Ochiq eshiklar kuni”ni uyushtirish;
- harbiy-vatanparvarlik aksiyalarini o‘tkazish;
- “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqilik” darslarini o‘tkazish;
- muddatli harbiy xizmatchilar, kursantlar va Qurolli Kuchlar faxriylari
ishtirokida “Askar (kursant) – maktab mehmoni”, “Avlodlar uchrashuvi”, nomli
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil qilish;
- “Mening dadam yurt himoyachisi” mavzusida uchrashuvlar uyushtirish;
- harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari va “Temurbeklar maktabi”
o‘quvchilari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etish.
lisey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida:
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini tashkil etish;
- “Burgut”, “Yosh chegarachi”, “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh o‘t o‘chiruvchi”
harbiy-sport o‘yinlarini tashkillashtirish;
- oliy o‘quv yurtining harbiy kafedralari talabalari o‘rtasida “Alpomish”
harbiy-amaliy sport sport musobaqalarini o‘tkazish;
- harbiy-vatanparvarlik aksiyalarini o‘tkazish;
- harbiy qismlarga ekskursiyalarni tashkil qilish, “Ochiq eshiklar kuni”
tadbirida qatnashish;
- “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqilik” darslarini o‘tkazish;
- “Vatanimni ko‘z qorachig‘idek asrayman”, “YUrt taqdiri – mening
taqdirim” mavzularida insholar tanlovini tashkil etish;
- harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi badiiy va hujjatli filmlarni namoyish etish
va ularning muhokamasini tashkil qilish;
- urush va mehnat fronti faxriylari, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida
“E’zoz”, “Ehtirom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
- “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar ishtirokida
uchrashuvlar o‘tkazish;
- harbiy qismlarning targ‘ibot guruhlarini taklif etgan holda uchrashuvlar
tashkil etish.
Mahalla va tashkilotlarda:
- muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari ishtirokida va yoshlarni jalb etgan
holda “Askar – mahalla mehmoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish;
- yoshlar bilan ofiser, serjant, oddiy askarlar hamda kursantlar (ta’til vaqtida)
ishtirokida “Biz, Siz bilan faxrlanamiz” mavzusida uchrashuv va jonli muloqotlar
tashkil qilish;
- yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda muddatli harbiy xizmatdan
qaytgan yoshlarni kutib olishga bag‘ishlangan “Mahallamiz faxri” mavzusida
ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazish;
- muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni tantanali kuzatish oldidan
yoshlar ishtirokida “Oq yo‘l senga, yurt himoyachisi!” mavzusida ma’naviy-
ma’rifiy tadbir tashkil etish;
- O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hududiy kengashlari huzurida tashkil etilgan
“Jasorat” klublari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;
- mehnat yarmarkalarini tashkil etish;
- xorijga chiqqan yoshlarning ota-onalari bilan maqsadli ishlarni olib borish;
- harbiy-vatanparvarlik mavzularida sport marafonlari, festival va aksiyalar
o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: