17-Mavzu: Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja


SPORT MAShQI YuKLAMALARINING TO’LQINSIMON O’ZGARIShI



Download 24,71 Kb.
bet5/6
Sana12.07.2022
Hajmi24,71 Kb.
#781037
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-maruza

SPORT MAShQI YuKLAMALARINING TO’LQINSIMON O’ZGARIShI
Mashq yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib o’tilgandek, ularning hajmi va shiddatligi o’zgaradi. Lekin ularning o’sa borishi barcha bosqichlarda birdek parallel ravishda bo’lmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm ko’proq yuksalsa, boshqalarida shiddatlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bo’lmagan mashq jarayonlari uchun ham, ko’p yillik sport faoliyat uchun ham xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz orttirib bora olmaydi. O’zbekiston sportchisining asosiy faoliyati – yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan sport mashg’uloti muvofiqlashmog’i kerak. Yosh o’tishi bilan tana a’zolarining ish qobiliyatlari va imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashq yuklamalarini parametr (ko’rsatkich)larining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos kelmaydi. O’rtacha va ayniqsa, katta «to’lqin»larda dastlab hajm ko’rsatkichlari (bir hafta va bir oy ichidagi mashq ishlarining umumiy miqdori) apogey (eng yuqori nuqta)ga yetadi, keyin hajm sokinlashadi va kamaya boradi, ana shu holatda esa, shiddatlikning har bir ko’rsatkichlari (mashg’ulotlarning harakat zichligi, harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat tavsifi va boshqalar) eng yuqori qiymatga yetadi.
Kichik «to’lqin»larda eng yuqori yuklamalarning aksini ko’ramiz: dastlab tezkorlik – kuch xarakteridagi (ya’ni shiddatliroq) mashg’ulotlar, keyinroq esa hajmi ko’proq mashg’ulotlar o’tkaziladi. Bu umumiy tendensiyalar mashq jarayonidagi u yoki bu mashqlarning o’rni va roliga qarab turlicha namoyon bo’ladi.
Sport mashqidagi yuklamaning to’lqinsimon o’zgarishining sabablari ilgari jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillarining bayon etilishi munosabati bilan qisman tushuntirib o’tilgan edi. Bunda kichik «to’lqin»lar avvalo charchash va kuch-quvvatni tiklash jarayonlarining o’zaro aloqasi natijasida paydo bo’lishini hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashq ta’siri ostida hosil bo’ladi va mikrosiklarda nagruzka hamda dam olishni almashtirib turish, shuningdek, yuklama miqdori va xarakterini o’zgartira borish zaruratini ko’rsatadi. Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy rejimi, fiziologik jarayonlarning tabbiy ritmi tufayli organizm funksional holati vaqt-vaqti bilan o’zgartirib turishi ham muhim rol o’ynaydi.
Katta va o’rta «to’lqin»lar avvalo kechikib sodir bo’ladigan transformasiya qonuniyatlari tufayli paydo bo’ladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning moslashuv o’zgarishlari trenirovka nagruzkalari dinamikasidan orqada qolib ketayotgandek yuz beradi. Shuning uchun organizm funksional imkoniyatlarini mutanosib orttirish maqsadida, yuklamalarni sistematik o’zgartirib turish zarur bo’lib qoldi, kechikib sodir bo’ladigan transformasiyani, jumladan, yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport natijalari dinamikasini solishtirib, keltirganidek tashqi ko’rinishda kuzatish mumkin. Natijalarning eng ko’p yuksala borishi yuklama hajmining eng ko’paygan davriga mos kelmaydi – qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga o’tishga qadar anchagina vaqt o’tishi talab etiladi. Shu misolning o’zida yuklamalar shiddatligining dinamikasi sport natijalari dinamikasi bilan ko’proq bevosita aloqador ekani ham ko’rinib turibdi: natijaning o’zgarishi deyarli shu zahoti shiddatlikning xuddi shu yo’nalishda o’zgarishini aks ettiradi. Biroq bunday holatda yuklama hajmi kamroq rol o’ynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport natijasi pirovardida hajmga ham, shiddatlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda bog’liqdir. Yuklamalar hajmining o’sib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor yaratishda ko’proq rol o’ynaydi, shiddatlikning o’sib borishi esa, o’zlashtirilgan hajmlar bazasida sport yutuqlarini amalga oshirish ishida yetakchi rol o’ynaydi.
Mashq yuklamalarining to’lqinsimon o’zgarishi, ular hajmi bilan shidatligi o’rtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. Bunday dinamika hajmi «to’lqin» apogeyi bilan shiddatlik «to’lqin»i apogeyini vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, yuklamani barcha ko’rsatkichlarining qiymati eng katta bo’lishiga erishishi imkonini beradi. Shu bilan birga u monelik ham qiladi, chunki yuklamani nisbatan kamaytirib turishni muntazam o’z ichiga oladi va shu bilan ish qobiliyatini to’liq tiklab olish uchun ham mashq ko’rganlik to’xtovsiz o’sa borishi uchun ham zarur shart-sharoitini ta’min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «to’lqin»larning «tushib qolish» hodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashq qonuniyatlaridan chekinish, deb bo’lmaydi. Mashq jarayoni ba’zi bir bo’laklarida kichik va o’rta «to’lqin» larni yuklamalar dinamikasining boshqa shakllari «bosqichli», «to’g’ri chiziqli» bilan almashtirilishi ham mumkin. Biroq bunga faqat ayrim xol sifatida yo’l qo’yiladi. Umumiy tendensiyada esa, yuklamalar dinamikasi, albatta, to’lqinsimon yoki shunga o’xshash shaklga kiradi, «to’lqin»larning turli elementlari orasidagi nisbat esa, sport mashqining bosqich va davrlariga qarab o’zgarib turadi.
Mashq yuklamlari dinamikasining to’lqinsimon xarakteri sport mashqining yuqorida ko’rib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning oliy ko’rsatkichlarga yo’naltirilganligi, mashq talablarining asta-sekin va ayni vaqtda maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olishi bilan, rasional suratda almashinib turishi bilan bevosita aloqador. Mana shu qonuniyatlarning barcha sport mashqini tashkil etishning eng muhim asosi sifatida ayniqsa, muntazamlik hamda rivojlana borish tamoyillari munosabati bilan doimo hisobga olib turilishi kerak.

Download 24,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish