17-Mavzu: Sport trenirovkasining tamoyillari. Reja


SPORTChINING UMUMIY VA MAXSUS



Download 24,71 Kb.
bet2/6
Sana12.07.2022
Hajmi24,71 Kb.
#781037
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
17-maruza

SPORTChINING UMUMIY VA MAXSUS
TAYYORGARLIGINING BIRLIGI
Sportda ixtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruhiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar ko’proq yutuqqa erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda ko’p ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A.N.Krestovnikov, G.V.Vasilyev, N.G.Ozolin, A.P.Matveyev, N.N.Yakovlev va boshqalar).
Sport yutuqlari sportchining har tmonlama taraqqiy etganligiga bog’liqligining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi – uning barcha a’zolari, tuzulma va funksiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayoniga o’zaro uzviy bog’liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko’proq, qaysisiniki kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o’ziga xos nisbatda bo’lsa-da, biron jismoniy qobiliyatni g’oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funksional imkoniyatlari umuman yuksak darajada bo’lishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin, degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan turli harakat malakalari va mahoratlari o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Sportchi tomonidan o’zlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo’lsa (albatta, tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq bo’lgan ma’lum me’yorda) harakat shakllarining yangi shakllarini yaratish va ilgari o’zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo’ladi. Yangi harakat shakllari ilgari tarkib topgan shakllar asosida paydo bo’ladi va ularning u yoki bu unsurlarini o’z ichiga oladi. Xilma-xil harakat koordinasiyalarini qiyinchiliklarni yenga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, mashqlanishni rivojlanishi yana ham muhimroqdir.
Demak, sportda takomil topishning obyektiv qonunlari sport mashqining chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo’lishi bilan birga, har tmonlama rivojlanishga olib kelishini talab qiladi. Shunga ko’ra sport mashqida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bir-biriga mahkam qo’shib olib boriladi.
Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikning organik hamohangligi faqat sport takomilining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama o’stirishga qaratilgan tarbiya tizimining umumiy qonuniyatlariga ham mos keladi. Shuning uchun umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy tamoyilini sport mashqida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim tamoyili deb qarash zarur.
Sportchini umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi degan so’z sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon yetkazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini sport mashqidan olib tashlab bo’lmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi, shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog’liq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo’lgan shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi.
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashq qilish vaqtida bu birlik tomonlarining har xil nisbati ishga birdek foyda keltiravermaydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo’lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga erishishga halaqit berdi. Bu me’yor tanlangan sport turining o’ziga xos xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog’liq. Amalda mashq jarayonining ayrim bosqichlarida umumiy tayyorgarlikka yetarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari ko’p o’rin berib yuborish hollarini ham kuzatish mumkin. Bu yana shu bilan murakkablashadiki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy bo’lib qolmay, balki sport takomilining turli bosqichlarida qonuniy sur’atda turlicha o’zgarib turadi. Hozircha bu muammo garchi to’liq hal etilmagan bo’lsa-da mazkur o’zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va ko’p yillik mashqni tuzilishiga xarakteristika berilishi munosabati bilan maxsus ishlab chiqiladi.



Download 24,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish