1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Download 1,75 Mb.
bet1/9
Sana05.02.2023
Hajmi1,75 Mb.
#908088
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu f.j


1-mavzu: “Fuqarolik jamiyati” fanining prеdmеti, obyеkti, maqsad va vazifalari
Reja:


1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.
2. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
3. Fuqarolik jamiyati - taraqqiyotning yuqori bosqichi.
Fuqarolik jamiyati– bir qancha gumanitar fanlarning tushunchasi bo‘lib, ijtimoiy falsafiy jihatdan jamiyatdagi nosiyosiy va siyosiylashmagan ma’naviy va iqtisodiy munosabatlarning yaxlit majmuasi. Ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida ko‘pgina jamiyatshunos olimlar “fuqaro” va “fuqarolik jamiyati”ga o‘z munosabatlarini bildirgan. Fuqarolik jamiyati tushunchasining iddizlari Aristotelning «polis» g‘oyasiga borib taqaladi. Mazkur an’anada fuqaro­lik jamiyati va siyosiy davlat o‘zaro bir-birining o‘rnini bosuvchi atamalar sifatida qaralar edi. Qadimgi grek mutafakkirlari tasavvurida «siyosat» tushunchasi jamiyat hayotining barcha muhim sohalarini: oila, din, ta’lim, madaniyat va boshqalarni qamrab olgan. Ular tor ma’nodagi boshqaruv bilan bog‘lash funksiyalar, masalan, qonunlar ishlab chiqish va ularni qabul qilish, urush, diplomatiya kabilar sifatida qaralgan.

Jamiyat a’zosi bo‘lish jamiyatning fuqarosi - a’zosi bo‘lishni, binobarin uning qonunlariga muvofiq va boshqa fuqarolarga zarar etkazmasdan harakat qilish majburiyatini anglatar edi. Bu holat antik davrda va o‘rta asrlarda inson o‘zini iqtisodiy, diniy, ijtimoiy va boshqa sohalardan tashqarida tasavvur qila olmaganligi bilan izohlanadi. Ushbu sohalar o‘z navbatida davlat bilan, siyosiy tizim bilan ajralmas bir butunlikni tashkil etdi. Hayotning barcha eng muhim sohalari, aslida, davlat, siyosiy ibtidosi bilan sug‘orilgan edi.
Bunday yondashuv XVIII asrgacha o‘zgarmagan holda saqlanib keldi. YAngi davrning mashhur mutafakkirlari J. Lokk, J. J. Russo, I. Kant «fuqarolik jamiyati» va «davlat» tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalandilar. Asta-sekin fuqarolik ja­miyati bilan davlat o‘rtasida chegaralanish yuz beradi.

Fuqarolik jamiyatining kelib chiqishi, tarixiy taqdiri, qirralari, uning davlat hokimiyati bilan o‘zaro munosabatlari haqidagi «fuqarolik jamiyatini qurish bir qancha vakolatli vazifalarni davlatdan mahalliy hokimiyat organlariga, jamoat tuzilmalariga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organla­riga bosqichma-bosqich topshirishni ko‘zda tutishi rad etib bo‘lmaydigan fakt hisoblanadi.

Chinakam fuqarolik jamiyati deb ijtimoiy hayotning barcha sohalari: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada eng maqbul mutanosiblikka erishgan, jamiyatning doimiy ravishda oldga qarab harakat qilishi ta’minlangan jamiyatni hisoblash mumkin. Fuqarolik jamiyati shaxslar ittifoqi bo‘lib, ularsiz hech qanday ma’noga ega emas. Jamiyatning sifati uni tashkil etuvchi, ijtimoiy hayot shakllariga o‘z xohish-irodasi intilishlari, ma’naviy mezonlari bilan ta’sir ko‘rsatuvchi shaxslarning sifatiga bog‘liq. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi individual erkinlik g‘oyasining shakllanishi bilan uzviydir.
Fuqarolik jamiyati xususiy mulk egalarining hamjamiyati bo‘lib, bu jamiyatda ularning barchasi ijtimoiy maqomi, diniy va siyosiy qarashlari, irqiy mansubligidan qat’i nazar, huquqiy jihatdan qonun oldida tengdirlar. Fuqarolik jamiya­ti a’zolari qonunda ko‘zda tutilgan barcha vositalar yordamida o‘z manfaatlarini himoya qilishlari mumkin. CHinakam fuqarolik jamiyatining yuzaga kelishi va qaror topishining zaruriy sharti iqtisodiy va siyosiy hokimiyat hamda mulk bilan hokimiyat o‘rtasida chegaralanishning mavjudligidir.
Yuksak darajada rivojlangan fuqarolik jamiyati davlat barqarorligining asosini tashkil etadi. Agar davlatga zil keta boshlasa, fuqarolik jamiyatining mustahkam tuzilmalari uni suyab qoladi. Bu ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari uchun xos xususiyatdir.
Yuksak darajada rivojlangan fuqarolik jamiyatining belgilari quyidagilardir:
  • shaxs erkinligining asosiy sharti - odamlar tasarrufida xususiy mulkning mavjudligi;


  • jamiyatda uning turli guruhlari va tabaqalarining turlicha va ko‘pdan-ko‘p manfaatlarini aks ettiruvchi har xil ijtimoiy tuzilmalar, rivojlangan va tarmoqlangan demokratiyaning mavjudligi;


  • jamiyat a’zolarining intellektual, psixologik rivojining yuqori darajada bo‘lishi, ularning mustaqil va erkinligi, aholi qonuniy huquqlarining ta’minlanishi.




  • Download 1,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish