1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Download 1,75 Mb.
bet3/9
Sana05.02.2023
Hajmi1,75 Mb.
#908088
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu f.j

Siyosiy modernizatsiya tarafdorlarining asosiy tezisi quyidagilardan iborat:

  • -hokimiyatni tashkil etishning demokratik shakli texnik-iqtisodiy tuzilmalar rivojining past darajasi bilan kelisha olmaydi;

  • -kam rivojlangan mamlakatlarda demokratiyaning yo‘qligi, sanoati rivojlangan mamlakatlardagi demokratik siyosiy tizimlarga xavf tug‘diradi;

  • -demokratik fuqarolik-siyosiy jamiyatga olib boradigan texnik-iqtisodiy tuzilmalarni har qanday chora-tadbir bilan rivojlantirish va qaror topshirish orqali o‘tadi;

  • -modelning eng xarakterli belgilari - urbanizatsiya darajasining yuqoriligi, savodlilik, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning yuqoriligi, jamiyat a’zolarining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarga keng jalb qilinishi. 

    Meritokratiya nazariyasi (fransuzcha merit - xizmat, qadr-qimmat so‘zidan) alohida xizmat ko‘rsatgan va qadr-qimmatga ega bo‘lgan shaxslar, malakali mutaxassislar, texnokratlar, intellektuallar yordamida hukmronlik qilishni ko‘zda tutadi. Mazkur nazariya tarafdorlarining fikriga ko‘ra, ijtimoiy taraqqiyot darajasi siyosiy hokimiyat va intellektni birlashtirish borasidagi tadbirlarga bog‘liq bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, taraqqiyotda muvaffaqiyatga erishishni istagan jamiyat o‘z ixtiyoridagi insoniy salohiyatdan eng yuqori darajada foydalanishga o‘rganishi lozim. Meritokratiyaning vazifasi - bir tomondan ijtimoiy hayotga intellektual oqimni olib kirish, ikkinchi tomondan esa shaxs tabiiy iste’dodining namoyon bo‘lishiga ko‘mak berishdan iborat.

  • Meritokratiyaning modeli siyosiy va ijtimoiy qadriyatlarning adolatsiz taqsimotiga qarshi yo‘naltirilgan. Maz­kur model adolatning meritokratik tamoyili (har kimga xizmatiga yarasha)ni o‘zida mujassam etishi kerak.

  • Butun jahon jamiyati nazariyasining mohiyati shundan iboratki, hozirgi zamonning barcha dunyoviy muammolari echimiga faqat umumsiyosiy hayotni yuksak darajada baynalminallashtirish orqali, yangi halkaro tashkilotlarni barpo etish yoki qayta qurish yo‘li bilan kelish mumkin.

  • Rivoj­langan mamlakatlarning taj­­­­ribasi umum­lashtirilsa, zamonaviy fuqarolik ja­­­­miyatining asosiy belgi­lari quyidagicha namoyon bo‘­­ladi:

  • - iqtisodiy sohada: nodavlat tashkilotlar; kooperativ-shirkatlar; ijara ja­moalari; aksiyadorlik jami­yatlari; uyushmalar; korporatsiyalarning mavjudligi;

  • - ijtimoiy sohada: oila; partiyalar, jamoat tashkilotlari va harakatlar; ish va yashash joylaridagi o‘z o‘zini boshqarish organlari; nodavlat ommaviy axbo­rot vositalari; jamoatchilik fikrini aniqlash, shakl­­­­­­lantirish va ifoda etishning madaniylashgan tartiblari; ijtimoiy ixti­loflarni kuch ishlatmasdan, tazyiqsiz, qonunlar doirasida hal qilish amaliyotining mavjudligi;

  • - ma’naviy sohada: so‘z, vijdon va fikr erkinligi; o‘z fikrini ochiq bildira olishning real imko­ni­yati; ijodiy, ilmiy va boshqa uyushmalar mustaqilligining ham qonuniy, ham amaliy jihatdan ta’­min­langani.

  • Shuningdek, fuqarolik ja­­miyatining barqarorligini ta’minlovchi shart-sharo­itlar ham borki, ularsiz bun­day institutlar rivojlanmaydi. Eng avvalo, jamiyatdagi ijtimoiy qat­­lam­lar manfaatlarini ifoda etuvchi rivojlangan ijtimoiy tuzilmalar mav­­jud bo‘lishi za­rur. Qolaversa, jamiyat a’zolaridan mus­ta­qil faoliyat ko‘r­sa­ta olish qobiliyati, ij­­timoiy, intellektual, ru­­hiy jihatdan yuksalish ham talab etiladi. Shuningdek, har bir fu­qaro o‘z shaxsiy mulkiga ega bo‘­lishi, bu mulk­ni o‘zi is­ta­gan tarzda tasarruf qila olishi uchun bu mulkka nisbatan shaxsiy yoki jamoaviy huquqning ta’minlagan bo‘lishi shart.

    Demak, bunday jamiyatning asosini fuqarolik jamiyati institutlari — siyosiy partiyalar, fu­­qaro­larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari majmui tashkil etadi. 
    Fuqarolik jamiyati fanining prеdmеti fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o’ziga хos qonuniyatlarini va tamoyillarini o’rganishdan iboratdir.

    Download 1,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish