2. Iste’molchilarning suv tarqatuvchi tugunlardan suv olishi
Tarmoqlarning shakli va uzunligi aniqlangandan so‘ng suv olish joyi, uzatiladigan va olinadigan suvning miqdori belgilanadi, suv iste’moli grafigi va iste’molchilarning ish tartibiga asoslangan holda tarmoqga olib kelinadigan suv miqdori aniqlanadi. Suv iste’molchilari tomonidan tarmoqdan suv olish holati juda murakkab bo‘lib, uni to‘la hajmda belgilash amalda juda mushkul. Iste’molchilar kam bo‘lgan joydagina suv olishning haqiqiy holatini aniqlash mumkin.
Suv tarqatuvchi tarmoqdagi bitta A – L uchastkasini ko‘rib chiqamiz, uchastka deyilganda tarmoqning ikkita tuguni orasidagi chiziq tushuniladi. A va L nuqtalar orasidagi ayrim joylarda suv olish qiymatlari q har xildir. Bu hol tarmoqdagi suv tarqatuvchi quvurlarning boshqa bo‘limlariga A – B xosdir. A – B chizig‘i suv kiruvchi quvurlarni suv bilan ta’minlash bilan birga unga ulangan suv tarqatuvchi chiziqlarni ham suv bilan ta’minlaydi. Amalda tarmoqdan suv olish jadvaliga noma’lum bo‘lgan va to‘xtovsiz o‘zgarib turadigan juda ko‘p nuqtalardan suv olish mumkinligini inobatga olgan holda, suv tarqatish tizimini hisoblash uchun soddalashtirilgan chizma qabul qilinadi. Tarmoq uzunligining bir birligiga to‘g‘ri keladigan suv sarfi solishtirma sarf deyiladi. Bir tekisda taqsimlangan sarflar yig‘indisiga katta miqdordagi tuplangan sarflar kiritilmaydi, bularga alohida joylashgan katta sanoat korxonalari sarfi va yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv kiradi. Miqdoriy solishtirma suv sarfi qud quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
Bu erda: - tarmoqdagi umumiy suv sarfi, l/k-k
- sanoat korxonalariga sarflanadigan suv sarfi, yong‘inni o‘chirish uchun sarflanadigan suv sarfi, l/k-k
- suv tarqatadigan quvurning uzunliklari yig‘indisi, m
Uzunlik yig‘indisiga - suv uzatuvchi va tarmoqlar aholi turmaydigan joylardan o‘tkazilganda, ulardan iste’molchilarga yo‘l yo‘lakay suv berilmaydi, shu sababli ularning uzunligi e’tiborga olinmaydi. Suv iste’molining tartibi va aholi zichligi solishtirma suv sarfi qiymatini o‘zgartiradi. Agar barcha tarqatish tarmog‘ini uchastkalarga bo‘lsak, unda bir tekisda taqsimlangan sarf yig‘indisi barcha uchastkalardagi suv sarfi yig‘indisiga tengdir. har bir uchastkadagi suv sarfi buylama sarf deyiladi, u quyidagicha aniqlanadi.
.
Barcha buylama va tuplangan sarflarni hisoblash vaqtida umumiy sarf Q ga tengdir. Tarmoqning har bir uchastkasiga buylama sarf Qb dan tashqari tranzit sarflari Qtr ham oqib keladi. Bu suvlar keyingi uchastkalarni qondirish uchun ishlatiladi. Bunda uchastka boshlanishida suv sarfi Qb + Qtr va oxirida Qtr tengdir. SHunday qilib, tranzitli sarf kurilayotgan barcha uchastkalar uchun o‘zgarmasdir. Tarmoqning uzunligi L bo‘lgan uchastkadagi sarflarni izohlab berish grafigi (11 – 12 - rasmlarda) keltirilgan.
Rasm – 11. Iste’molchilar tomonidan tarmoqdan suv olish holati.
Rasm – 12. Tarmoq uzunligi bo‘yicha tarqatiladigan suv sarfi.
Tarmoqlar gidravlik hisoblanganda o‘zgaruvchan buylama va o‘zgarmas tranzit sarflar qandaydir hisobli ekvivalent sarflar bilan almashtiriladi. Bunday almashtirishda tarmoq chizig‘idagi hisobli sarf orqali aniqlanadigan bosim pasayish qiymatiga teng bo‘ladi, bu hisoblashni haddan tashqari soddalashtiradi. Uchastkadagi hisobli sarf Qx, buylama sarf Qb va tranzit sarf Qtr bo‘lganda quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin.
Bu erda: - koeffitsient uchastkadagi tranzit va buylama sarflarning o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘lib, 0,50 dan 0,58 gacha oralig‘ida o‘zgaradi, odatda koeffitsienti 0,50 ga teng qilib olinadi.
Bu holda
Hisoblash amaliyotida buylama sarflar, odatda tugun sarflari bilan almashtiriladi, faraz qilaylikki, n ta uchastkadan iborat bo‘lgan tarmoq buylama sarfiga ega. Oldingi n – 1 uchastkadagi tranzit sarf n uchastkadagi buylama va tranzit sarflar yig‘indisiga tengdir.
Agar buylama sarfni ikkiga bo‘lsak va 0,50 qiymatni kurilayotgan uchastkaning boshlang‘ich va oxirgi nuqtasiga olib borib quysak, bunda yuqorida aniqlangan sarf qiymatiga teng sarf olinadi. Bunday chizmada kurilayotgan uchastkadagi hisobli suv sarfi xuddi shunday bo‘ladi.
Tarmoqning hohlagan tugunidan olinadigan suv sarfini quyidagicha aniqlash mumkin.
ya’ni tarmoq tugunida tuplangan suvni olish qiymati bu tugunga qo‘shiladigan barcha uchastkalardagi suv sarfi buylama suv sarflari yig‘indisining yarmiga tengdir. Bunday uchastkalarning hisobli sarfi ularning tranzit sarfiga tengdir. Tranzit sarflar tarmoklar chizig‘i bo‘yicha oldindan suv oqimini taxminiy taqsimlash orqali aniqlanadi. Hisoblashda, ya’ni soddalashtirishlardan biri tugunlardan suv olish miqdori tarmoqdagi suv bosimiga bog‘liq emasligi, ya’ni tugundan suv olish tayinligi deb hisoblanadi. Amalda xar bir tugundan suv olishga ta’sir qiladigan barcha omillarni e’tiborga olish mumkin emasligi sababli shunday qabul qilinadi. Bosimli sarf xususiyatini inobatga oluvchi tugunlar tayinlanmagan deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |