17-bob. Boshqaruvning aqsh, Yevropa va osiyo mamlakatlari modeli



Download 93 Kb.
bet13/14
Sana27.05.2023
Hajmi93 Kb.
#944678
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
17-мавзу Boshqaruvning AQSH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari modeli

17.7. Menejmentning Xitoy modeli


G.Xofstede tadqiqotlari o‘tkazilgan 23 ta mamlakatda ko‘rsatkichlar umuman iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq emasligi aniqlangan. Ayniqsa konfutsiylik an’analari tarqalgan mamlakatlarda G.Xofstede indeksi o‘rtachadan yuqori bo‘lmagan. Aksincha, ko‘rsatkichlarning sinergiya samarasini vujudga keltiruvchi “qutb” mavjud bo‘lib, taniqli tadqiqotchi sotsiolog Maykl Xerris Bond – «konfutsiylik dinamikasi” deb ataydi. Chunki Xofstede tadqiqotlarida ishtirok etgan tadqiqotchilarning aksariyati konfutsianlik falsafasidan bexabar, ushbu tamoyillarning inson hayotida bu darajada ahamiyatga ega ekanligini tasavvur ham qilishmagan. G.Xofstede M.X.Bond tomonidan aniqlangan ushbu ko‘rsatkichni o‘z so‘rovnomasiga kiritishni taklif qildi va “Kelajakka yondashish yoki strategik fikrlash” indeksini kiritdi. Ushbu indeksning asosiy parametrlariga pragmatik yondashuv, bir vaqtning o‘zida bir nechta asosli qaror variantlarining mavjud bo‘lishi, rost va yolg‘onning har qanday vaziyatda turlicha kombinatsiyalashuvi, har qanday o‘zgarishlarga tayyorgarlik, munosabatlarning qat’iy ierarxiyasi, sabrlilik va ehtiyotkorona yondashish, shaxsiy barqarorlik va qat’iylik. Kelajakka yondashish yoki strategik fikrlash konfutsiylik an’analariga e’tiqod qiluvchi barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lib, ayniqsa Xitoyda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Menejmentning Xitoy modelini tavsiflashda avvalo uning Yaponiya va AQSh kabi mamlakatlar bilan taqqoslash zarur. Chunki, AQSh va Yaponiya modellari boshqa modellar uchun o‘ziga xos “qutb”lar hisoblanadi. G.Xofstede indeksi asosida aniqlangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra Xitoyning madaniy tafovutlari menejmentning o‘ziga xos modeli shakllanishi mumkin.
17.7.-jadval Xitoy menejmenti uchun G.Xofstede indekslari qiymati

Hukumatdan uzoqda bo‘lish

Individualizm/ kollektivizm

Gender tafovutlar

Noaniqlikdan qochish

Kelajakka yondashish yoki strategik fikrlash

80

20

50

60

118

“Individualizm/kollektivizm” indeksiga ko‘ra Xitoy (20) yuqori darajada jamoaviy madaniyatga ega mamlakat hisoblanadi. Umuman olganda Xitoyda ham Yaponiya, Koreya va boshqa Osiyo mamlakatlari kabi oila asosiy rol o‘ynaydi. Ishonch hosil qilmagan taqdirda Xitoyliklar notanish yoki qarindoshligi bo‘lmagan shaxslar bilan kamdan-kam guruhda birlasha oladi.
Xitoy oilaviy rishtalarga asoslangan kollektiv jamiyat hisoblanadi.
Hukumatdan uzoqda bo‘lish indeksi (80) ning yuqoriligi vakolatlarning sust taqsimlanganligi, qat’iy vertikal ierarxiya munosabatlari bilan izohlanadi. xitosy menejerlari qo‘l ostidagilar bilan juda aniq belgilangan masofani saqlashadi. Rahbar va xodimning ishdan keyingi munosabatlari, do‘stona aloqalar xitoy menejmenti uchun xos emas.
“Xitoy menejmenti” ayniqsa xorijiy mamlakatlarda juda taniqlidir. Xitoy modelining shakllanishi uzoq tarixiy davrni bosib o‘tgan. Tadqiqotchilarning fikricha modelning muvaffaqiyati quyidagi uchta vaziyatga bog‘liq:

  • tarixiy davr mobaynida barcha iqtisodimy va ijtimoiy munosabatlar davlatning siyosiy tuzilmasining o‘zgarmasdan qolishi bilan amalga oshgan. Bu o‘z navbatida Xitoyda kuchli markazlashgan davlatning shakllanishiga, boshqaruvning eng muhim mexanizmlarining markazlashuviga olib keldi.

  • tarixan barcha islohotlar qishloqlarda sinovdan o‘tgan va o‘zini oqlagan taqdirdagina shaharlarga ko‘chgan. Chunki juda ko‘p aholini zaruriy ne’matlar bilan ta’minlash avvalo qishloq xo‘jaligidan boshlangan. Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy sohadagi islohotlarning salbiy oqibatlarini eng kam darajaga olib kelinishini kafolatlaydi.

  • tabiatga nisbatan ehtiyotkorona yondashuvning juda yuqoriligi. Xitoyda azaldan tabiiy boyliklarni o‘g‘irlash yoki talon-taroj qilish qattiq jazolangan va tabiatni muhofaza qilish milliy g‘urur darajasiga yetib kelgan.

Bevosita xorijiy investitsiyalar – Xitoy iqtisodiyoti rivojlanishining muhim omillaridan biridir. Xitoy bu borada dunyo miqyosida ham birinchi o‘rinda turadi. Eng muhimi 80% investorlar ham mamlakatdan tashqarida yashaydigan Xitoy diasporasiga taalluqlidir. “Xuasyao” – xitoy emigrantlari bo‘lib, tayvanda (23 mln), Gonkong va Makaoda (7 mln); Indoneziyada (7 mln), Malayziya (5 mln), Tailand (5 mln), Singapur (3 mln), Filippin (1 mln) va nihoyat AQShda 13 mln etnik xitoyliklar yashaydi. Shunday qilib xuasyao soni 64 mln kishidan ortiq. Ular mamlakat iqtisodiyotiga AQSh, YeI va Yaponiyadan birgalikda olgandan ko‘ra ko‘proq investitsiya kiritishgan.

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish