Xodimlar va hamkorlar – Yapon korxonalarida sifatni ta’minlashning yana bir muvaffaqiyat keltiruvchi omili xodimlar va hamkorlarga strategik resurs sifatida yondashishdir. Yaponiyada korxonalar nafaqat ish joyi, balki xodimlar uchun uy, oila ham hisoblanadi. Shuning uchun xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit, shinam ish joyi, o‘zaro ishonch va sadoqat tuyg‘ulari shakllanishiga alohida e’tibor qaratiladi. “Tokio Titanium” korporatsiyasida har kuni ertalab “Mahsulotga sifat, xodimlarga mehnat kayfiyati ” da’vati yangraydi.
Bundan tashqari yapon korporatsiyalarida sifatni ta’minlashning muhim omillaridan biri “umrbod yollash” tizimi bo‘lib, “Komasu Bane Kogyo” korporatsiyasida eng yoshi katta ishchi 74 yoshga kirgan.
Muammoning yechimi – Yaponiya kompaniyalarida “dalillar asosida qaror qabul qilish” tamoyili muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham ish faoliyatida nazorat kartochkalari, grafiklar, diagrammalar, Isikava diagrammasi, Pareto qoidasi kritik yo‘l kabilar keng qo‘llaniladi.
Muammolarni hal etish uzluksiz takomillashtirishda ham o‘z aksini topadi.
Koreya menejmenti boshqa milliy modellardan ilg‘or xorijiy amaliyotni iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy etishi bilan farqlanadi. Ya’ni koreya menejmenti yaponiya menejmentining eng mukammal elementlarini boshqaruvning barcha jabhalariga tizimli ravishda yaxlit qo‘llagan amaliyotdir. Bu o‘z navbatida koreya modelining o‘ziga xosligi, mustaqil model sifatida olib qaralishiga asos bo‘ladi.
G.Xofstede indeksi asosida aniqlangan ko‘rsatkichlarga ko‘ra Yaponiyaning madaniy tafovutlari menejmentning o‘ziga xos modeli shakllanishi mumkin (17.6-jadval).
17.6.-jadval
Koreya menejmenti uchun G.Xofstede indekslari qiymati
Hukumatdan uzoqda bo‘lish
|
Individualizm/ kollektivizm
|
Gender tafovutlar
|
Noaniqlikdan qochish
|
Kelajakka yondashish yoki strategik fikrlash
|
60
|
18
|
39
|
85
|
91
|
Ikkala jahon urushini ham yutqazganlar safida qarshi olgan Koreya iqtisodiyoti juda achinarli holga kelgan edi. YaIM o‘sish surati aholining yuqori darajadagi usish sur’atlaridan juda ortda qolib ketgan, qishloq xo‘jaligi xonavayron bo‘lgan, eng achinarlisi foydalanilayotgan qazilma boyliklarning aksariyati mamlakatning ikkiga bo‘linishi natijasida Shimoliya Koreyaga o‘tib ketgan edi.
Koreya modelini o‘rganishga qator omillar mavjud. Birinchidan, bu juda qisqa muddat (30-40 yil) ichida qoloq agrar jamiyatdan industrial jamiyatga to‘liq o‘tishga erishishidir. Ikkinchidan, iqtisodiyotning an’anaviy tarmoqlari(kemasozlik, po‘lat quyish, baliq sanoati)ni yanada rivojlantirish orqali jahon darajasida ham yetakchilikka erishish, industrial jamiyatning eng muhim tarmog‘i hisoblangan yuqori texnologiyalar, biotexnologiya va elektronika bo‘yicha ham yetakchi mamlakatga aylandi. Uchinchidan, davlatning faol aralashuvi, yirik korporatsiyalar bilan davlat-xususiy mulk sherikchiligi asosidagi hamkorlik munosabatlari va qo‘llab-quvvatlanishi iqtisodiy o‘sishning juda yuqori suratlarini ta’minlab berdi va Janubiy-Sharqiy Osiyoning qator mamlakatlari uchun “Osiyo yo‘lbarslari” atamasini olib kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |