17.1. Menejmentning AQSh modeli 17.2. Menejmentning Germaniya milliy modeli 17.3. Menejmentning Fransiya milliy modeli 17.4. Menejmentning Umumevropa modelining shakllanish xususiyatlari
Zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyoti aynan AQShda shakllanganligi barchamizga ma’lum. Menejment amaliyoti 7000 yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsada, XIX asrning oxirida, ayniqsa XX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Bugungi kunda menejmentning AQSh modeli Angliya, Yangi Zelandiya, Kanada, Avstraliya va boshqa ko‘plab mamlakatlarning kompaniyalarida keng qo‘llaniladi.
AQSh menejmenti dastavval klassik(ma’muriy) maktabning asosiy tamoyillariga asoslangan bo‘lsa, keyinchalik inson munosabatlari maktabi g‘oyalariga asoslandi, bugungi kunda esa strategik menejmen va jarayonli yondashuv keng qo‘llanilmoqda. AQSh menejmentining eng muhim xususiyatlaridan biri baynalminallashuv darajasining yuqoriligidir.
AQSh menejmentining shakllanishiga ayniqsa turli diniy-madaniy an’analar, milliy an’analar ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayniqsa, 19asrning yarmidan boshlab mintaqaga ko‘chib kela boshlagan yevropa tadbirkorlari yangi dunyoda o‘z-o‘zini namoyon qilishga juda katta resurs sarflashgan, o‘z navbatida ish qidirib kelgan dehqonlar, missioner va ishchmlar esa o‘z turmush sharoitini yaxshilash maqsadida bor aqliy va jismoniy mehnatini sarflashga majbur bo‘lishgan. Yillar mobaynida bu harakatlar o‘z natijasini bergan va menejmentning fan sifatida shakllanishiga turtki bergan.
AQSh aholisining boshqaruvga oid asosiy xulq-atvori kirishuvchanlik, o‘ziga bo‘lgan ishonchning yuqoriligi, optimizm, haqgo‘ylik va individualizmning kuchli namoyon bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. shuning uchun ham AQSh fuqarolari uchun umr mobaynida 30 ga yaqin ish joyini almashtirishi odatiy holatga aylanib qolgan.
Bundan tashqari AQShliklar uchun huquqiy dunyoqarashning ustunligi ham xos. Huquqshunoslik biznesning barcha sohalariga keng kirib borganligi sababli barcha o‘z ishini huquqiy hal bo‘lishi tarafdori hisoblanadi. Mehnat jamoalarida “kuchlilar g‘alaba qozonishi kerak” tamoyili ustunlik qiladi. Bunday vaziyatda mehnat jamoasi raqobat muhitidan iborat bo‘ladi, ishchilar rahbarga, rahbarlar esa ishchilarga ishonishmaydi. Chunki barcha kelajakda bir-birini raqib sifatida ko‘radi.
Menejerlar avvalo o‘z qo‘l ostidagilarning to‘g‘riso‘zligini, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlarini to‘g‘ri baholay olishi kerak. Ishchilarning kasbiy va xizmat martabasi ularning firmaga qo‘shgan hissasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Aynan shu tamoyil ham AQSh menejmentining asosini tashkil etadi. Menejerlar oddiy ishchilar bilan emas, balki shaxslar bilan ishlaydi. AQSh menejerlari yuqori darajada individuallikni namoyon qiladi, firmaning foydasi uning kelajagini belgilab beradi.
AQShda boshqaruvning asosiy tamoyillari quyidagilar:
boshqaruv tuzilmasi va nazorat tizimining aniq belgilab qo‘yilganligi;
qaror qabul qilish jarayonining individuallik xususiyati;
menejerlar tomonidan nazoratning individual hal qilinishi;
boshqaruv uslubi individuumlarga bevosita yo‘naltirilgan;
qo‘l ostidagilar bilan rasmiy munosabatlarning afzalligi; shaxsiy yutuq va muvaffaqiyatlarga asoslangan holda kasb va xizmat
martabasining oqilona baholanishi va siljitilishi;
innovatsiyalarga bo‘lgan yuqori intilish:yangi bilimlarni muntazam joriy etish; yangi g‘oyalarning ishlab chiqilishi; har bir xodimning ijodiy yondashuvining yuqori baholanishi;
ishga yollashda eng asosiysi talabgorlarning ishbilarmonlik jihatlari;
mehnatga haq to‘lashning shaxsiy natijalar va mehnat unumdorligiga bevosita bog‘liqligi;
xodimlarni o‘qitish va qayta o‘qitishga kam mablag‘lar sarflanishi;
xodimlarning juda tor kasbiy ixtisoslashuvi;
mehnat munosabatlarining yetarli darajada kafolatlanmaganligi.
G. Xofstede tasnifi bo‘yicha AQShning madaniy indekslari quyidagicha: