39-rasm. Zamonaviy ko‘chma yerga ulagich
Ko‘chma himoya yerga ulagichlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda, quyidagi sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi:
bunda: - simning minimal ko‘ndalang kesimi, mm2;
- qisqa tutashuv tokining eng yuqori miqdori, A;
- fiktiv vaqt, sek.
Amaliyotda, uchun ushbu elektr uskunasini asosiy rele himoyasining eng katta o‘rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak.
Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‘lgan holda, bitta yerga ulagichning termik mustahkamligi yetarli bo‘lmasa, bir nechta parallel yerga ulagich o‘rnatishga ruxsat beriladi.
2. Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqichning tuzilishi, ko‘chma yerga ulagichdan qisqa tutashuv toki o‘tganda dinamik kuch ta‘sirida o‘rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak.
Qisqichlar, yerga ulagichlarni tok o‘tkazuvchi qismlariga shtanga yordamida o‘rnatish va olishga mo‘ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
Egiluvchan mis sim qisqichga bevosita yoki mustahkam bosimlangan (pres-slangan) mis uchlik yordamida ulangan bo‘lishi shart.
Sim, ulangan joylaridan sinmasligi uchun, uni egiluvchan po‘lat simli prujina shaklidagi qobiqga joylashtirish tavsiya qilinadi.
Egiluvchan mis sim tolalarini mexanik shikastlanishlardan saqlash maqsadida, simni aniq ko‘rinadigan qobiqqa solib qo‘yish ham tavsiya qilinadi.
3. Simdagi yerga ulash uchun mo‘ljallangan uchlik, strubsina ko‘rinishida yoki yerga ulangan konstruksiya yoki yerga ulagich simiga mahkamlanuvchi qisqich tuzilishiga (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur.
4. Ko‘chma yerga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab oqartiril-gandan so‘ng, presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkamlab, qattiq ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi.
Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini yerga ulash uchun ishlatiladigan ko‘chma yerga ulagich uskunalarini, metall ustunlar konstruksiyasiga, yog‘och ustunlarni yerga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik yerga ulagichga ulash ruxsat etiladi.
Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‘chma yerga ulagich simining ko‘ndalang kesimi kamida 4 mm2, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan izolyasiyalangan yashin qaytargich trosslari, hamda ko‘chma uskunalarni (laboratoriya va h.k) yerga ulashda esa, mexanik mustahkamligiga qarab, kamida 10 mm2 bo‘lishi shart.
Har bir ko‘chma yerga ulagichda uning raqami va yerga ulovchi simlarning ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Bu ma‘lumotlar yerga ulagichga mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‘yib yozilgan bo‘lishi lozim.
Har bir ko‘chma yerga ulagichlarni 3 oyda bir marta ishlatishdan oldin va qisqa tutashuv toki ta‘sirida bo‘lgan hollarda, ko‘zdan kechirilishi shart.
Simlarning ulangan kontaktlari yemirilganda, mexanik mustahkamligi pasay-ganda, ular erib tushganda, 5 foizdan ko‘p sim tolalari uzilganda va shunga o‘xshash holatlarda ko‘chma yerga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |