6. To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari
To‘siq qurilmalari, ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli masofagacha yaqinlashishdan saqlash, hamda taqsimlovchi uskuna-lar uchastkalariga kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi. Shchitlar alif shimdirilgan va rangsiz lak surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektrizolyasiyalovchi materialdan tayyorlanishi lozim.
Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi yoki "Elektr uskuna-larini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari"ga muvofiq yozuvlar yozib qo‘yilishi lozim.
Shchitning tuzilishi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa, bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan bo‘lishi kerak. Shchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan 10 sm bo‘lishi shart. Shchitlar shunday o‘rnatilishi kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur.
Shchitlarning kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlariga tegib turishiga ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‘suvchi shchitdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarigacha bo‘lgan masofa, 1-jadvalda qayd etilgan masofaga mos kelishi shart.
To‘siqlarni mustahkam o‘rnatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan shchitlarni ishlatishdan oldin, ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqaror-ligini va detallarning chidamliligini tekshirish lozim.
Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan keyin plakatlar va belgilar), xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan kommutatsion apparatlar harakatini ta‘qiqlash, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga yaqin-lashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan talablari bajarilganidan so‘ng, ma‘lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli ob‘ektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘rnini ko‘rsatish uchun qo‘llanilishi zarur (23-rasm).
Plakatlar va belgilar ogohlantiruvchi, ta‘qiqlovchi, ko‘rsatmali va ko‘rsatuvchi guruhlarga bo‘linadi (13-ilova).
Plakat va belgilar qo‘llash xarakteriga qarab muntazam, hamda ko‘chma bo‘lishi mumkin. Muntazam plakat va belgilarni elektrizolyasiyalovchi material-lardan (tekstolit, getinaks, polistirol va h.k.) tayyorlash tavsiya qilinadi, beton va metall yuzalariga (havo elektr uzatish tarmog‘i ustunlari, kamera eshiklari va h.k.) esa, trafaretlar yordamida bo‘yoqlar bilan tushiriladi.
Metall plakat va belgilar o‘rnatishga ham ijozat beriladi. Ko‘chma plakatlar elektrizolyasiyalovchi materiallardan (plastmassa, karton) tayyorlanishi lozim. Ochiq elektr uskunalarida metalldan tayyorlangan ko‘chma plakat va belgilarni qo‘llashga ijozat beriladi.
Xavfsizlik plakatlari va belgilarining ro‘yxati, o‘lchami, shakli, ishlatish joyi hamda sharti 13-ilovada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |