16-amaliy mashg’ulot: md-83 turdagi tarozini infraqizil namlik analizatorini o’rganish. Topshriqlar


Donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari



Download 57,48 Kb.
bet5/11
Sana01.04.2022
Hajmi57,48 Kb.
#523698
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Donning sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
G’alla va dukkakli g’alla ekinlarini standartlashning asosiy xususiyatlari. G’alla standartlari to’la tarzda odatda beshta qismdan iborat bo’ladi: 1 – ta’rif, 2 – tovar tasnifi, 3 – texnik shartlar, 4 – sifatni aniqlash uslublari, 5 – saqlash va tashish.
G’alla va dukkakli g’alla ekinlarining barcha standartlarida, ekin turi va donining maqsadga mo’ljallanganligidan qat’iy nazar, namlik, ifloslanganlik, zaxarlanganlik, va yaxshi saqlanganlik (rang, xid, ta’m) bo’yicha me’yorlar belgilangan. Aytilgan
ko’rsatkichlar bo’yicha standartlarda bazisli va cheklovchi qonditsiyalar belgilangan. Bazisli qonditsiyalar don uchun xisob-kitoblarga asos qilib olingan. Bazisdan namlik va ifloslanganlik bo’yicha yaxshi tomonga og’ish ro’y berganda don massasiga ustama xaq belgilanadi va aksincha, yomon tomonga og’ish sodir bo’lganda don massasiga belgilangan narxdan chegirma amalga oshiriladi.
Barcha ekinlar xosili uchun yaxshi saqlanganlik, ya’ni rang, xid va ta’m bo’yicha bir xil talab belgilangan. Don qizimaydigan sog’lom xolatda, normal donga xos rang, xidga ega bo’lishi kerak (namiqqan, bijgigan, mogor bosgan va boshqa yot narsalarsiz).
Rang me’yorlarida bo’lmasa, noxush xidlar kelib tursa, ta’m o’zgarsa, donning kimyoviy tarkibi, texnologik va iste’mol xususiyatlari keskin o’zgaradi. Barcha ekinlar xosili uchun zaxarlanganlik bo’yicha bir xil talablar belgilangan. Bazisli qonditsiyalarga ko’ra zaxarlanganlikka yo’l qo’yilmaydi, cheklovchi qonditsiyalar bo’yicha faqat kana bilan zararlanganlikka yo’l qo’yiladi. Un, Yorma olish maqsadida qayta ishlashga mo’ljallangan don uchun g’alla zaxiralarida o’lik zararkunandalarning bo’lishi quyidagi miqdorda bo’lishi cheklanadi: 1 kg da 15 donadan ortiq bo’lmasligi kerak.
G’alla va dukkakli don ekinlari uchun standartlarda namlik bo’yicha bazisli qonditsiyalar belgilangan. Aksariyat donli ekinlar uchun yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan (cheklovchi) namlik aloxida yetishtirish mintaqalari bo’yicha 17 – 19%, sholi bo’yicha xamma yerda – 19%, juxori (donga mo’ljallangan) – 25%, dukkakli don ekinlari (loviyadan tashqari) – 20% va loviya – 23% qilib belgilangan. Standartlarda namligi turlicha donni aloxida joylashtirish, saqlash va tashish talablari belgilangan. Ifloslangan me’yorlari bo’yicha jamg’arilayotgan bug’doy, javdar, sholi donida begona aralashmalarning ko’pi bilan 5%, boshqa g’alla va dukkakli don ekinlari donida – ko’pi bilan 8% bo’lishga yo’l qo’yiladi. Grechixa donida randakning 1% gacha, juxorida kasalliklar bilan shiqastlangan don 2%, kuchli bug’doy donida ajratilishi qiyin aralashmalar (yovvoyi suli, tatar grechixasi) ko’pi bilan 2% bo’lishi mumkin. Zararli aralashmada qorakosov ko’pi bilan 0,5%, qaqra, tulki quyruq, afsonak birgalikda ko’pi bilan 0,1% ,tuyakorin ko’pi bilan 0,1% bo’lishi mumkin, kampirchoponning bo’lishi umuman yo’l qo’yilmaydi.
Barcha ekinlar jamg’arilayotgan don tarkibidagi don aralashmalari, sholi va pivo pishirishga mo’ljallangan arpadan tashqari, ko’pi bilan 15%, sholida ko’pi bilan 10%, pivo pishirishga mo’ljallangan arpada ko’pi bilan 7% bo’lishi kerak. Bunda ozuqa dukkaklarda va burchoqdagi sog’lom va tuliq rus no’xati, loviya, no’xat, yasmik, soya, burchoq (don dukkaklilarda), yasmikda mayda donli rus no’xati, burchoq, loviya doni yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan don aralashmasining xisobga olinmaydigan me’yori belgilanadi.
Don aralashmasi tarkibidagi donlarning bo’lishi quyidagi miqdorda cheklanadi: yasmikda – 3% xamda boshqa don va dukkakli don ekinlarida – 5%. Tayyorlanayotgan buridukkak (lyupin) da ekinning alqaloidli uru-gi ko’pi bilan 3% bo’lishi mumkin. Xar bir ekin uchun shart bo’lgan turtta ko’rsatkichdan tashqari, standartlarda donning iste’mol va texnologik xususiyatlari tartibga solinadi. Ular ekinga va don uchun



Download 57,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish